К содержанию
РецензированоRU2023

Модель обеспечения конкурентоспособности руководителей системы дошкольного образования

Anvar ESHKURBONOV (preschool education system)

Общество и инновации · 4 · 230-236 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируется модель обеспечения конкурентоспособность, конкурентоспособности руководителей системы модель, дошкольного образования. Моделирование в педагогике – моделирование, это материальное или мысленное подражание тому, что формирование конкурентоспособности, реально существует в системе, путем создания модель специальных аналогов, из которых вырабатываются профессионального принципы организации и функционирования системы. Для развития, достижения цели образования должны быть рационально профессиональная реализованы содержательные основы модели деятельность. профессионального развития формирования конкурентоспособности руководителей дошкольной образовательной организации. Tadqiqotimiz jarayonida raqobatbardoshlikning mohiyati, tuzilishi va mazmunini aniq tasavvur qilish, shuningdek tanlangan yondashuvlar to‘plamidan foydalanish uning shakllanish jarayonining modellashtirishga o‘tishiga imkon berdi. Falsafada, psixologiyada, pedagogikada “model” tushunchasiga yondashuvlar turlicha. Falsafada model “ob’yektlarni o‘z modellari bo‘yicha o‘rganish usuli – tabiiy yoki ijtimoiy voqelikning ma’lum bir bo‘lagining analoglari, haqiqatan ham mavjud bo‘lgan predmetlar, hodisalar va quriladigan ob’yektlarning modellarini qurish va o‘rganish” deb ta’riflanadi [7]. Umumiy ilmiy nuqtai nazardan, modellashtirish deganda qandaydir ob’yektning xususiyatlarini uni o‘rganish uchun maxsus yaratilgan boshqa, model deb ataladigan ob’yektda ko‘paytirish tushuniladi. Bu tushunishga asoslanib, pedagogik modellashtirishni pedagogik model deb ataladigan maxsus yaratilgan ob’yektda mavjud bo‘lgan pedagogik tizimning xususiyatlarining aksi deb atash lozim. E.V. Yakovlevning fikricha, pedagogik model quyidagi shartlarga javob berishi kerak: 1) tizim bo‘lishi; 2) asl nusxaga nisbatan o‘xshashlikning qandaydir mutanosibligida bo‘lishi; 3) ma’lum parametrlar bo‘yicha asl nusxadan farq qilishi; 4) tadqiqot jarayonida asl nusxasini muayyan mutanosibliklarda almashtirish; 5) tadqiqot natijasida asl nusxa haqida yangi bilim olish imkoniyatini ta’minlash [13]. Modellashtirishning mashhurligi va modellar turlarining xilma-xilligi olimlarni modellar tasnifini tuzishga urinishga undadi. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, modellar an’anaviy tarzda moddiy va idealga bo‘linadi, bunda ularning qurilish uslubiga urg‘u beriladi. Model va asli mutanosibligining tarkibiy xususiyatlariga ko‘ra, model va asl nusxaning substansional, tarkibiy va funksional mosligi farqlanadi, shu munosabat bilan modellar substansional, tuzilmaviy, funksional va aralashga bo‘linadi; modelni tuzish uslubiga ko‘ra, ular eliminativ va ijodiyga bo‘linadi. Bugungi kunga kelib, modellarning kichik doirasi shakllandi, ularning qurilishi tadqiqotchilar tomonidan pedagogik hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari, tavsiflari va xossalarini chuqur o‘rganish uchun olib boriladi. 231 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2023) / ISSN 2181-1415 Eng keng tarqalgan modellarga quyidagilar kiradi: 1) strukturaviy-funksional va funksional-strukturaviy, ularning mohiyati o‘rganilayotgan ob’yektning tuzilishi va bajaradigan funksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berish; 2) tashkiliy birliklar va muvofiqlashtirish mexanizmlarini hisobga olgan holda, pedagogik jarayonlarni sub’yektlarning o‘zaro ta’siri va vakolatlarning taqsimlanishi nuqtai nazaridan o‘rganishga qaratilgan tashkiliy; 3) tarbiyaviy – o‘zaro bog‘liq, muvofiq elementlar guruhi (tuzilma, maqsadlar, mazmun, uslublar va o‘quv jarayonini baholash); 4) o‘rganilayotgan hodisaning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish ketma -ketligini aks ettiruvchi jarayonli; 5) o‘z mazmunida protsessual emas, balki statik hodisalarning xususiyatlarini ochib beradigan kompetentli; 6) matematik belgilar yordamida ifodalangan tashqi dunyo hodisalari qandaydir sinfining taxminiy tavsifini ifodalovchi matematik [9, 123–143-b.]. Modelni tuzish usuli integrativ bo‘lib, u pedagogik tadqiqotlarda empirik va nazariy birlashtirishga imkon beradi. Pedagogikada model yaratish – bu tizimni tashkil etish va ishlash tamoyillari ishlab chiqariladigan maxsus analoglarni yaratish orqali tizimda haqiqatan ham mavjud bo‘lgan moddiy yoki ruhiy taqlid qilishni anglatadi. Bizning tadqiqotimiz uchun V.A Shtoff tomonidan berilgan model ta’rifi eng yaqin: “Model shunday aqliy tasavvur qilingan yoki moddiy jihatdan amalga oshirilgan tizimki, u tadqiqot ob’yektini aks ettirib va takrorlab, uni shunday o‘zgartirishi mumkinki, bunda uni o‘rganish bizga bu ob’yekt haqida yangi ma’lumot beradi” [12, 19-b.]. Modelni bunday tushunish raqobatbardoshlikni shakllantirish jarayonini modellashtirishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik modelni o‘rganishda olingan bilimlarning qiymati ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlaydigan vositalarni topishga imkon beradi. Demak, modellashtirishning maqsadi – raqobatbardoshlikni shakllantirish modelini yaratish va natijada modelni pedagogik shartlar bilan birgalikda amalga o

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируется модель обеспечения конкурентоспособность, конкурентоспособности руководителей системы модель, дошкольного образования.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируется модель обеспечения конкурентоспособность, конкурентоспособности руководителей системы модель, дошкольного образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competitiveness, the preschool educational organization should be rationally, kasbiy-rivojlantiruvchi model, professional development model, модель, kasbiy faoliyat, модель профессионального развития, конкурентоспособность, professional activity, raqobatbardoshlikni shakllantirish, профессиональная деятельность, formation of competitiveness, raqobatbardoshlik, modellashtirish, формирование конкурентоспособности, modeling, моделирование, model
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники