Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Анализ демографической ситуации в городах Ташкентской области (на примере рождаемости и смертности)
Malika SAIDMURODOVA · August -/© in Science LLC. (National University of Uzbekistan)
Общество и инновации · 4 · 452-457 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проведен анализ новой Демографическая демографической ситуации, сложившейся путем ситуация, выявления характера социально-экономических процессов, общая рождаемость, происходивших в промышленно развитых городах Ташкентская область, естественное Узбекистана в годы независимости путем изучения воспроизводство, демографии городов Ташкентской области. смертность, уровень урбанизации, миграционный баланс, годовой прирост. DOLZARBLIGI Jahon miqyosida shaharlarning demografik rivojlanishi masalalarida olib borilayotgan tadqiqotlarda bu borada turli mintaqalarda mavjud muammolarning tarixiy ildizlarini aniqlash hamda tanqidiy tahlil qilish asosida ularning taraqqiyot istiqbollarining dolzarb vazifalarini aniqlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu jumladan, shaharlarda yangi demografik vaziyat shakllanishida tabiiy resurslarni qazib oluvchi korxonalar va korxona ishchilari uchun turar joylar birlamchi omil boʻlib xizmat qilganligi, keyinchalik ularning ishlab chiqarishi hamda ijtimoiy – iqtisodiy hayotida katta turg‘unlikka olib kelganligi shunday muammolardan biri sifatida juda koʻp mamlakatlarda namoyon boʻlib, ularning toʻg‘ri yechimini belgilash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Soʻnggi yillarda respublikaning rivojlanishida Toshkent viloyati shaharlarining ahamiyati oshib bormoqda. Bu esa oʻz oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent viloyatining ertangi kuni – bu sanoatdir”, degan soʻzlarida namoyon boʻladi. Shu oʻrinda ushbu shaharlarning yaqin oʻtmishdagi tarixi va bugungi kundagi muammolari, ularni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlarga ajratish mumkin. Bundan tashqari, xorijiy tadqiqotchilarning mazkur masala yuzasidan olib borgan izlanishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. METODLAR VA OʻRGANILGANLIK DARAJASI Ushbu maqolada qiyosiy, miqdoriy, dinamik hamda germenevtik tahlil, og‘zaki tarix usullaridan foydalanildi. Oʻzbekiston Milliy arxivi, Toshkent viloyati davlat arxivi, Angren, Chirchiq, Olmaliq hamda Bekobod shaharlaridagi 20 dan ortiq arxiv jamg‘armalaridagi 100 dan ortiq tarixiy hujjatlar, rasmiy statistika toʻplamlari ma’lumotlari, oʻnlab davriy matbuot maqolalari, shahar hokimiyatining yillik hisobotlarini tahlil qilish asosida shaharlarning rivojlanish bosqichlari, ularga ta’sir qilgan omillar, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar va ularning shahar aholisi hayotiga ta’siri, urbanizatsiya jarayonlari davriy izchillikda tahlil qilindi. Tadqiqotga Toshkent viloyati shaharlaridagi demografik koʻrsatgichlarni tadqiqiga oid tarixiy adabiyotlar hamda geografiya, iqtisodiyot, kabi yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar natijalari ham qiyosiy tahlil asosida jalb qilindi. 453 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 Sovet davrida sanoat shaharlariga oid – M. Rahimov, Sh.A. Zuhriddinon, E. Ahmedov, M. Teshaboyev tadqiqotlarida [1], mustaqillik yillarida tarixiy tadqiqotlar [2] bilan bir qatorda geografiya [3] – M.M. Egamberdiyeva, arxitektura [4]– Z.K. Niyazov, [5] Vey Sin esa – iqtisod kabi yoʻnalishlarda ham ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ularda shaharlarning tabiiy resurslari, iqtisodiy salohiyati, demografik va urbanizatsion jarayonlardagi oʻrni, ishlab chiqarish kuchlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari mintaqaviy yondashuv asosida va respublika miqyosida oʻrganilgan [6]. Xorijiy tadqiqotchilar izlanishlariga toʻxtalib, ularda migratsiya masalalariga e’tibor qaratilganligini e’tirof etish lozim. Xususan, amerikalik siyosatshunos Skott Radnits [7] Toshkent viloyati sanoat shaharlardagi tashqi migratsiya jarayonlarini iqtisodiy omillar bilan bog‘lasa, britaniyalik antropolog Moyya Flinn [8] hamda rossiyalik tadqiqotchi. Siryapkina masalaning ijtimoiy omillariga e’tibor qaratganlar [9]. Shuningdek, xorijiy tadqiqotchilarning Oʻzbekistondagi shaharlar tarixiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarida sovet hukumati tomonidan olib borilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatga tanqidiy munosabat bildirganliklarini ham qayd etish lozim [10]. TADQIQOT NATIJALARI Aholi – mamlakatning eng katta boyligi boʻlib, u ishlab chiqarish jarayonlarida muhim va hal qiluvchi rol oʻynaydi. Oʻzbekiston aholi soni jadal oʻsib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ayrim prognozlarga koʻra, 2030-yilga borib mamlakat aholisi 40 millionga, 2040-yilda esa 50 millionga yetishi mumkin. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, respublika boʻyicha doimiy yashovchi aholi soni 36 mln 373 ming kishini tashkil etadi. Bu qiymat 2022-yil mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaygan [11]. Oʻz oʻrnida ta’kidlash lozimki, mustaqillik davrida butun respublikada boʻlgani singari Toshkent viloyatida ham demografik jarayonlar oʻziga xos kechmoqda. Jumladan, mintaqa urbanizatsiya darajasining nisbatan yuqoriligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha mamlakatimiz viloyatlari orasida oldingi oʻrinlarning birini egallaydi. Toshkent viloyati respublika hududining 3,4
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проведен анализ новой Демографическая демографической ситуации, сложившейся путем ситуация, выявления характера социально-экономических процессов, общая рождаемость, происходивших в про…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проведен анализ новой Демографическая демографической ситуации, сложившейся путем ситуация, выявления характера социально-экономических процессов, общая рождаемость, происходивших в про… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, o‘lim ko‘rsatgichi, естественное воспроизводство, миграционный баланс, Tashkent region, tabiiy ko‘payish, urbanizatsiya darajasi, general birth rate, annual growth, демографическая ситуация, уровень урбанизации, demographic situation, tug‘ilishning umumiy koeffitsenti, urbanization level, Ташкентская область, migratsiya saldosi, demografik vaziyat, годовой прирост, общая рождаемость, Toshkent viloyati, migration balance, mortality, смертность, natural reproduction, yillik ko‘payish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026