Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Совершенствование содержания развития научно-исследовательских компетенций у магистрантов
Umida USMANOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Received in revised form students. In the process of studying at the university and)
Общество и инновации · 4 · 222-226 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается совершенствование инновации, содержания развития научно-исследовательских наука, компетенций у аспирантов. В процессе обучения в вузе и научно-педагогическая последующего профессионального развития особое деятельность, исследования, внимание уделяется тому, чтобы магистранты были в научное исследование, курсе содержания научных подходов, концепций, теорий и открытие, последних научных достижений в своей области. самосознание, научные конференции, интеллектуальное развитие. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash maqsadida yoshlarning ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar ochib berildi. Chunki mamlakat taraqqiyoti jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligi va ilmiy salohiyati bilan belgilanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga e’tiborni kuchaytirishdan asosiy maqsad jamiyat va tabiatdagi o‘zgarishlarni insoniyat ongli ravishda anglab yetishi, uning qonuniyatlari asosida inson manfaatlarini yuksaltirish, ilmiy nazariyalarni yaratish orqali milliy va madaniy boyliklarga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat [1]. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga muvofiq: magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi [2]. Ilmiy tadqiqot jarayonida hissiy idrok etish, abstrakt tafakkur, amalda sinab ko‘rish o‘z ifodasini topadi. Ilmiy tadqiqot jarayoni yaxlit tizimga ega bo‘lib, asosan uzluksiz ta’lim jarayonida shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Uning dastlabki bosqichi maktab davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilarda ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar shakllanadi. Keyingi bosqichlarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tizimning yuqori bosqichlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning amaliy tatbiqini ifodalaydi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda oliy ta’lim, xususan magistratura bosqichi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi va unda talabalar tadqiqotchilik faoliyatlarining aniq yo‘nalishlariga ega bo‘ladilar. Tadqiqot ishining maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, biz dissertatsiyaning asosiy tayanch tushunchalarini quyidagicha izohlashni maqsadga muvofiq deb hisobladik: Magistr (magister – boshliq, ustoz) – ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi [3]. Ilm-arab tilidan olingan bo‘lib, o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui. Fan [3]. Ilm – arab tilida bor “Ilmun” tarzida yoziladi, ilm deb talaffuz etiladi. Bu so‘z arab tilida [fe’lun] qolipida yasalgan bo‘lib I bob fe’lining masdaridir, ma’nosi “bilish” – “o’rganish”, ma’nosini anglatadi. “Ilmiy” so‘zi ham arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan 223 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 bo‘lib, ilm so‘zi ma’nosida “iy” qo‘shimchasi asosida arab tilidan fors tiliga, fors tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan. Bu qo‘shimcha asosan o‘zbek tiliga arab va fors tilidan o‘zlashgan nisbiy sifat yasaydi. Uning “viy”" shakli ham mavjud. Masalan: ma’no-ma’naviy “shuro” – shuroviy [4]. Tadqiqot- arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan bo‘lib, “tadqiq” so‘zining to’g‘ri ko‘plik shaklidir Arab tilida– [tadqiqotun] deb yoziladi, talaffuzda esa [tadqiqat] deb aytiladi. Ma’nosi: “maydalab o‘rganish”, “tadqiq” so‘zi “dakkaka” fe’li bo‘lib “aniq bo‘lmoq, aniqlamoq” kabi ma’nolarini beradi. [3]. Ilmiy mavzu – ilmiy tadqiqot talab etadigan, ma’lum sohaning dolzarb muammosi yechimiga qaratilgan ilmiy xarakterdagi vazifadir. Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqarish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga ob’yektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos [3]. Ilmiy tadqiqotning hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir – biri bilan bog‘langan ikki qism – tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni tadqiqot sohasidagi shart – sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalaridan fanning o‘zidagina emas, balki ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda kam keng foydalaniladi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda oliy ta’lim jahon an
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается совершенствование инновации, содержания развития научно-исследовательских наука, компетенций у аспирантов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается совершенствование инновации, содержания развития научно-исследовательских наука, компетенций у аспирантов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2023 in Science LLC, o‘zini o‘zi anglash, kashfiyot, innovation, инновации, research, scientific conferences, science, ilmiy konferensiyalar, structure, scientific-pedagogical activity, научные конференции, научное исследование, самосознание, ilmiy-pedagogik faoliyat, исследования, tadqiqot, intellectual development, discovery, открытие, тузилиши, self-awareness, ilmiy tadqiqotchilik, научно-педагогическая деятельность, intellektual-rivojlantiruvchi, yangilik, интеллектуальное развитие, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024