Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Основы уголовной ответственности участников преступления
Sirojiddin KUVVATOV · Jizzakh Regional Court
Общество и инновации · 4 · 206-210 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются вопросы уголовной преступление, ответственности за преступления, совершенные лицами, лица, действующими совместно. Автор обращает внимание на действующие совместно, различные взгляды на преступления, совершенные уголовная 1 Judge, Jizzakh Regional Court. E-mail: s.quvvatov@gmail.com Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 ответственность, совместно действующими лицами, и высказывает свое индивидуальные мнение. Кроме того, в статье представлены представления действия, о теории совместимости ответственности лиц, соучастие. действующих совместно. Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni hal etish uchun birgalikda harakat qilgan shaxslarning javobgarligi masalasi hozirgacha adabiyotlarda yetarli darajada tahlil qilinmagan. Albatta jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslarini qarab chiqishdan oldin, eng avvalo, jinoiy javobgarlikning umumiy asoslariga to‘xtalish lozim. Buning uchun jinoyat huquqida juda ko‘p bahslarga sabab bo‘layotgan yakka shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga jiddiy e’tibor berish zarur. Bu sohadagi bahslar respublikamiz olimlari bilan birgalikda xorijlik olimlarni ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. “Jinoiy javobgarlik – bu sub’yektning qonun bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishda ifodalangan xulqi uchun qo‘llanadigan davlatning majburlov chorasidir”, – deb ko‘rsatadi, M.X. Rustamboev[1]. Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o‘z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa jinoyatga huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi [2]. Albatta jinoiy javobgarlikning yuzaga kelishi shaxs tomonidan jinoyat sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmish bilan bog‘liqdir. Shu sababli aytish mumkinki, jinoiy javobgarlikning asosi shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish bilan izohlanadi. Jinoiy javobgarlik shaxsning Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan qilmishni sodir etganligi uchun shaxs va davlat o‘rtasidagi vujudga kelgan huquqiy munosabatdir [3]. Shaxs harakatlarining ijtimoiy xavfli ekanligini aniqlash uchun, avvalo, unga jamiyatdagi axloq normalariga mos kelishi yoki kelmasligi nuqtai-nazaridan baho berish lozim. Agar shaxsning harakatlari jamiyatdagi umumiy axloq normalariga zid keladigan bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi uning harakatlarini jinoiy-huquqiy nuqtai-nazardan baholash imkoniyatiga ega. Ya’ni bunda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning harakatlarida jinoyat bor-yo‘qligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Shu sababdan ham juda ko‘p mualliflar jinoiy javobgarlikning yuridik asosi sifatida jinoyat tarkibi mavjudligini va ayni vaqtda shaxs tomonidan jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish fakti, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun faktik asos bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi. Ko‘pchilik mualliflar o‘zlarining tadqiqot ishlarida jinoiy javobgarlikning yuridik va faktik asoslari to‘g‘risida emas, balki umumiy asoslari to‘g‘risida gapirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. “Qonunda jinoyat tarkibi belgilarining mavjudligi deb yozadi A.A. Chistyakov, – jinoiy javobgarlikning asosi emas. Bu haqiqatda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qilmishning qonun chiqaruvchi tomonidan berilgan tavsifidir. Jinoiy qilmishning tavsifi o‘z-o‘zidan jinoiy javobgarlikning asosi bo‘la olmaydi, ular yuridik shartlar sifatida ko‘rinadi. Qilmish ham o‘z-o‘zidan asos bo‘la olmaydi, uning tavsifi me’yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlanmas ekan, hech narsani anglatmaydi, huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi”. 207 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 Biz bunday fikrga qo‘shila olmaymiz, chunki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasi jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lganda, sodir etilgan qilmish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan asos yagonadir. Bu shuni anglatadiki, shaxs uning qilmishida jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lgandagina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Aks holda jinoiy javobgarlik to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin emas. Yuqorida aytib o‘tilganlar ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarga ham taalluqlidir. P.I. Grishaev va G.A. Kriger to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, “Hech qanday shubha yo‘qki, ijtimoiy qilmish sodir etgan ishtirokchilarning javobgarligi yakka harakat qilgan shaxslarning javobgarligi kabi asoslantirilishi kerak”. Ammo, ba’zi sovet tadqiqotchilarining fikricha, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi ishtirokchilarnin
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются вопросы уголовной преступление, ответственности за преступления, совершенные лицами, лица, действующими совместно.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются вопросы уголовной преступление, ответственности за преступления, совершенные лицами, лица, действующими совместно. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp206-210, jinoyat, лица, birgalikda harakat qilgan shaxslar, уголовная ответственность, преступление, criminal liability, соучастие, complicity, persons committed in complicity, jinoiy javobgarlik, actions of a person, crime, индивидуальные действия, действующие совместно, ishtirokchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025