Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗАБОЛЕВАНИЯ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI · Salimova Dildora Erkinovna · Normurodov Fazliddin Qaxramonovich · Nizamova Aziza G'ayratovna · Muqumova Rayhona Bahadurovna · Norboev Abror Yo'ldoshevich
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
The article analyzes the types of thyroid gland diseases. The causes of thyroid gland diseases are shown, and the methods of its treatment are briefly described. Key words: Thyroid gland, glandula thyreoidea, diffuse, nodular, mixed goiter, Thyroid tumors. ЗАБОЛЕВАНИЯ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ Аннотация. В статье проанализированы виды заболеваний щитовидной железы. Показаны причины заболеваний щитовидной железы и кратко описаны методы ее лечения. Ключевые слова: Щитовидная железа, железистая железа, диффузный, узловой, смешанный зоб, опухоли щитовидной железы. Jahon adabiyotida qalqonsimon bez xaqida qisqacha ma’lumot birlamchi Galen tomonidan berilgan bo’lsa ham, uning anatomik tuzilishi xaqida batafsilroq ma’lumotlarni Vezaliy (1543 y.) yozib qoldirgan. Bezning qalqonga o’xshashligiga qarab, Wharton 1656 yili unga qalqonsimon bez deya nom berdi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatida uning tutgan o’rni va ahamiyati xaqidagi taxminlar King ga (1836 y.) tegishli bo’lib, Baumann (1896 y.) bu bezda yod moddasining alohida yig’ilishini ko’rsatgan. Qalqonsimon bezning inson organizmi uchun bo’lgan biologik ahamiyati, o’tgan asrning ikkinchi yarmiga kelgandan keyingina oydinlashdi. Tireotoksik buqoq jarrohligidagi ilk qadamlar, qalqonsimon bez subtotal subkapsulyar strumektomiyasini amalga oshirish texnikasining O.V. Nikolaev (1951) tomonidan batafsil ishlab chiqilishi, bu sohadagi katta 254 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 yutuqlardan biri bo’ldi. O’zbekistonning endemik buqoq o’chog’i ekanligi o’tgan asrlardan beri ma’lum edi, lekin yurtimizda qalqonsimon bez kasalliklarini o’rganish, uni davolash jarayoni, profilaktikasi va xirurgiyasining rivojlanishi XX asrning o’rtalaridan boshlandi. Uning rivojiga mamlakatimiz tadqiqotchilaridan: M.S. Astrov, S.A. Ma’sumov, R.Q. Islombekov, Yo.X. Turakulov va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Jumladan, S.A. Ma’sumov bir qator ilm ahli bilan birgalikda, O’zbekistonda buqoqning endemik o’choqlari bo’yicha qator ekspeditsiyalar uyushtirib, tadqiqot ishlarini olib borgan, hamda buqoq kasalligi profilaktikasi va davosiga doir qator chora-tadbirlar ishlab chiqqan. Jumladan, O.V. Nikolaev taklif etgan, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan – subtotal strumektomiya operatsiya usulini takomillashtirgan. “Buqoq – qalqonsimon bezning mazkur geografik muhit uchun xos bo’lgan kattalashuvidir”, – degan ta’rif ham S.A. Ma’sumovga tegishlidir. Mamlakatimizda bugungi kunda 15 dan ziyod endemik o’choq bo’lib, aholining qariyb 10-20% da qalqonsimon bezning kattalashuvi kuzatiladi. Bu birinchi galda, atrof muhit va suv havzalaridagi ichimlik suv va ozuqa moddalarda yod moddasining tanqisligi oqibatida kelib chiqishi isbotlab berilgan. Anatomik-fiziologik ma’lumotlar. Qalqonsimon bez (glandula thyreoidea) degan nomni Wharton, uning qalqonga (thyreos – yunoncha qalqon) o’xshashligi tufayli 1656 yilda bergan. Bez bo’yinning oldingi sathida, uzuksimon tog’aylarning I-IV traxeal halqalari sohasida joylashgan bo’lib, ikkita bo’lak va ularni birlashtirib turuvchi – bo’yincha qismidan tashkil topgan. Bezning vazni balog’atga etgan odamda normada ≈ 25-30 grammga etadi, O’zbekistonda sharoitida esa, birmuncha kattalashgan bo’lib, ayniqsa endemik o’choqlarda ≈ 40- 50 grammgacha bo’lishi mumkin. Bez bo’yinning to’rtinchi fastsiyasi bilan qoplangan bo’lib, ichki (yupqa) va tashqi (qalin) varaqalari orasida joylashgan, ular orasidan arteriya qon tomirlari o’tadi Qalqonsimon bezni asosan 4 ta arterial tomiri: tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlaridan juft – yuqori qalqonsimon arteriyalar va o’mrov arteriyasidan keladigan juft – pastki qalqonsimon arteriyalar qon bilan ta’minlab turadi. Ba’zan qon ta’minotida aorta ravog’i va nomsiz arteriyadan tarmoqlanadigan beshinchi toq arteriya qatnashadi. Innervatsiya – simpatik va parasimpatik nerv tolalarilari orqali amalga oshiriladi. Qalqonsimon bez yodlangan gormonlar – tiroksin, triyodtironin (T3), tetrayodtironin (T4), shuningdek yodlanmagan tireokal, tireokaltsitonin gormonlarini ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok etadi. Gormonlar hosil bo’lishi uchun yod va tirozin aminokislotasi asosiy tarkibiy qismlar bo’lib xizmat qiladi. Yod inson organizmiga ovqat, suv, havo bilan va organik, hamda noorganik birikmalar tarkibida tushadi. Organizmda yod miqdori birmuncha o’zgarib turadi, uning ortiqcha qismi siydik (98%) va o’t suyuqligi (2%) bilan ajralib chiqadi. 255 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Yod birikmalari qonda kaliy va natriy yodidlarini hosil qiladi, ular oksidlovchi fermentlar (peroksidaza va tsitoxromoksidaza) ta’siri ostida oddiy yodga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bezda esa, yod moddasining oqsil bilan birikmalari hosil bo’ladi. Yod atomlari tirozin oqsili (tirozin aminokislotasi qoldig’i) bilan gormonal aktivlikka ega bo’lmagan (yodlangan tirozinlar) birikmalarini: monoyodtirozin (MYT) va diyodtirozin (DYT) hosil qiladi. Bular esa, o’z navbatida a
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the types of thyroid gland diseases.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the types of thyroid gland diseases. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Thyroid gland, glandula thyreoidea, diffuse, nodular, mixed goiter, Thyroid, tugunli, diffuz, Qalqonsimon bez o’smalari., Qalqonsimon bez, Thyroid tumors., узловой, Щитовидная железа, смешанный зоб, диффузный, опухоли щитовидной железы., железистая железа, aralash buqoq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026