Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЩИЕ СВЯЗИ ФОЛЬКЛОРНЫХ ЖАНРОВ С ЛИТЕРАТУРОЙ
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna · Jabborova Durdona Nosir qizi
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article expresses an opinion about the folklore literary type, the concepts of genre and genre diversity, their unique structure, ideological and artistic features, and place of use. Key words: folklore, written literature, work of art, plots, images, motives, style and visual means, personal spirituality, speech art. ОБЩИЕ СВЯЗИ ФОЛЬКЛОРНЫХ ЖАНРОВ С ЛИТЕРАТУРОЙ Аннотация. В данной статье высказывается мнение о фольклорно-литературном типе, понятиях жанра и жанрового многообразия, их своеобразной структуре, идейно- художественных особенностях, месте использования. Ключевые слова: фольклор, письменная литература, художественное произведение, сюжеты, образы, мотивы, стиль и изобразительные средства, духовность личности, речевое искусство. Azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Bu borada folklorning o‘rni ham beqiyosdir. 170 30-Sentabr, 2024-Yil Folklor asarlari ham, barcha san’at asarlarida bo’lganidek, o’zlarigagina xos tuzilish, g`oyaviy-badiiy xususiyatlar, qo’llanish o’rni va bajaradigan vazifalariga ega va shu fazilatlariga ko’ra muayyan guruhlarni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishni ifodalash uchun folklorshunoslikda ham, adabiyotshunoslikda keng qo’llanuvchi bir qator tushuncha va istilohlardan foydalaniladi. Adabiy tur, janr va janriy xilma-xillik tushunchalari shunday hodisalardan bo’lib, ular hayotni badiiy tasvirlash usul va shakllari sifatida uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan barqarorlikka ega bo’lib, juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Tur, janr va janriy xilma-xillikni farqlash asar ijrochilari uchungina emas, balki ularni tinglovchilar uchun ham, xalq og`zaki ijodini tadqiq etuvchilar uchun ham ahamiyatli bo’lib, bu o’sha hodisalarning shakllanishi, almashinuvi, so’nishi kabi jarayonlarni kuzatish asosida adabiyot va folklorga xos qonuniyatlarni, tarixiy jarayonlarni o’rganish va umumlashtirish imkonini beradi. Demak, tur va janrlarning paydo bo’lishi, taraqqiyoti, o’rin almashishi va inqirozi folklor va adabiyot taraqqiyotida asosiy jarayon hisoblanadi. Folklorshunoslikda gohi-gohida turlararo yoki janrlararo chatishmalar hosilasi tarzida liro- epik qo’shiq yoki ertak, afsona singari hodisalar tilga olinsa-da, aslida bu hodisa folklor uchun umumiy emas. Shu sababli ularni folklor janrlari tasnifi doirasiga kiritib bo’lmaydi. Chunki bunday qo’shilma yoki oraliq janrlar hech qachon qat’iy turg`unlikka ega emas va folklordagi tarixiy taraqqiyot jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Turlar va janrlar taraqqiyotini turlar va janrlarning oraliq namunalarini yoki qo’shilmalarini emas, balki yangi badiiy shakllarning yuzaga kelishi va eskilarining so’nishi belgilaydi. Folklor janrlarining yuzaga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotidagi muhim omillardan biri ijtimoiy ehtiyoj zaruriyatidir. Chunki voqelikning o’zi xilma-xil obrazlarga boy bo’lib, xalq ijodiyoti oldiga uni g`oyaviy - tarbiyaviy hamda estetik mohiyatini idrok etgan holda qay bir shaklda ifodalashni zaruriyatga aylantiradi. Aytaylik, uzoq ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashi afsonalar yoki qahramonlik dostonlarini yuzaga keltirgan bo’lsa, tabiat kuchlari oldidagi ojizliklari so’z magiyasiga sig`inish asosidagi janrlarning bunyodga kelishini ta’minlagan. Demak, voqelik tabiati ifoda shaklini yuzaga keltirishga xizmat qilgan, bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ijtimoiy hayot (voqelik)dagi turli-tuman, yanayam aniqrog`i, tasvirlanishi ko’zlangan voqelikdagi xilma-xillik janrlar rang-barangligini ta’min etadi. Xalq badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasi ham u yoki bu janrning yuzaga kelishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Chunonchi, inson o’z ma’naviy taraqqiyotining ilk bosqichida murakkab shakllarni bunyodga keltirishga qodir emas edi, shu sababli dastavval oddiy va kichik 171 30-Sentabr, 2024-Yil shakllar yuzaga kelgan, keyin esa ularning takomillashuvi zamirida katta va murakkab janrlar paydo bo’lgan. Shu tariqa janrlarning qaror topishi qonuniy hol bo’lib, bu jarayon ham ijtimoiy tarixiy omillar, ham folklorning ichki taraqqiyot qonunlariga muvofiq kechadi. Ayonlashayotirki, folklorda janr hodisasi yozma adabiyotdagi janr hodisasiga aynan teng emas. Ular farqli xususiyatlarga ega. Masalan, yozma adabiyotda janr hodisasi ikki jihatga ko’ra: a) o’ziga xos hayotiy qamrovga egaligi b) yaxlit badiiy tizimda namoyon bo’lishi bilangina belgilanadi. Folklorda esa, janr hodisasi, V.Ya.Propp qayd etganidek, to’rt belgisiga: a) yaxlit adabiy tizim tarzida namoyon bo’lishi; b) maishiy mohiyatga yo’nalganligi yohud maxsus vazifadorligi; v) o’ziga xos ijro shakliga egaligi g) musiqa bilan uzviy aloqadorligiga qarab belgilanadi.1 Yozma adabiyot janrlarida maishiy yo’nalganlik va ijro o’rni bo’lmaydi. Aytaylik, qissa yo romanni to’yda o’qib bo’lmaganidek, azada hikoya o’qish ham ajablanarlidir, biroq to’yni yor- yorsiz, azani esa yig`i va yo’qlovsiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek folklorining janrlar tarkibi g`oyat
Доказательный фрагмент
«This article expresses an opinion about the folklore literary type, the concepts of genre and genre diversity, their unique structure, ideological and artistic features, and place of use.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article expresses an opinion about the folklore literary type, the concepts of genre and genre diversity, their unique structure, ideological and artistic features, and place of use. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, written literature, work of art, plots, images, motives, style and visual, personal spirituality, syujetlar, so’z san’ati., речевое искусство., мотивы, motivlar, Folklor, obrazlar, yozma adabiyot, образы, стиль и изобразительные средства, фольклор, style and visual means, письменная литература, speech art., сюжеты, духовность личности, badiiy asar, kishilik ma’naviyati, uslub va tasviriy vositalar, художественное произведение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026