Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАВЫК РАЗВИТИЯ ХАРАКТЕРОВ В ИСТОРИЯХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna · Saidova Shaxina Habibovna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article discusses the skill of creating characters in the stories of the great writer Abdullah Kahhor, important issues related to the life of the writer, the protection of motherhood and childhood, the importance of the native language in the development of the nation, moral qualities necessary for humanity, invisible things in everyday life that cause social crisis, at the moment special attention was paid to factors and educational, literary and critical views. Key words: personal spirituality, social vices, moral and educational views, literary critical thinking, column articles, conversations. НАВЫК РАЗВИТИЯ ХАРАКТЕРОВ В ИСТОРИЯХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА Аннотация. В данной статье рассматриваются мастерство создания персонажей в рассказах великого писателя Абдуллы Каххора, важные вопросы, связанные с жизнью писателя, защитой материнства и детства, значение родного языка в развитии нации, нравственные качества, необходимые человечеству, невидимые вещи в повседневной жизни, вызывающие социальный кризис, в настоящий момент особое внимание уделялось факторам и воспитательным, литературным и критическим взглядам. 156 30-Sentabr, 2024-Yil Ключевые слова: духовность личности, социальные пороки, нравственно- воспитательные взгляды, литературно-критическое мышление, рубрикаторские статьи, беседы. Abdulla Qahhor ijodining dastlabki bosqichlaridanoq yangi sohalarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘ra boshladi. Bu izlanishlar birdaniga kutilgan samara beravermagan bo‘lsada, 30-yillarda ko‘p yo‘nalishlarda erishilgan natijalar ana shu izlanishlarning qilib ko‘rilgan tajribalarning natijasi sifatida yuzaga chiqdi. Adabiy hayotga katta bir to‘lqin sifatida kirib kelgan bunday iste’dod sohiblari safida G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Uyg‘un, K.Yashin, Mirtemir va yana talay ijodkorlar bor edi. Abdulla Qahhor mana shu avlodning davomchisidir. “ Qahhor tug‘ma hikoyanavis edi,-deb yozadi unga zamondosh bo‘lgan rus adibasi Bat, -garchi u romanlar ham yozdi, lekin baribir kichik janrga muhabbati ularda ham sezilib turadi”.1 Abdulla Qahhor butun umri bo‘yi hajviy asarlar yaratish ustida ishladi. Taniqli yozuvchi va adabiyotshunos Vera Smirnova shunday yozadi: “Katta o‘zbek prozasi haqida o‘ylaydigan bo‘lsangiz avvalo romannavislardan A.Qodiriy, Oybeklar ko‘z oldingizga keladi, hikoyanavislar ichida esa birinchi o‘rinda albatta Abdulla Qahhorga tegishlidir”.2 Hajviy asarlar yaratishga qiziqish Abdulla Qahhorning ilk ijodidayoq ko‘zga tashlangan edi. Abdulla Qahhorga dastlabki yozuvchilik shuhratini keltirgan asar “Boshsiz odam” hikoyasidir. “Boshsiz odam” da o‘zim holis turib, o‘sha vaqtdagi hayot lavhalaridan birini ko‘rsatishga va bunda birinchi marta odam xarakteriga qo‘l urishga harakat qilgan edim”3. Abdulla Qahhorning ushbu hikoyasidan tashqari “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot muaalimi”, “San’atkor”, “O‘jar”, “Jonfig‘on”, “Qizlar” va boshqa hikoyalaridagi tasvirlarda insonlardagi turli illatlar g‘oyat sezgirlik bilan kuzatilgan, iste’dodli yozuvchining o‘tkir nigohi orqali mahorat bilan ifoda etilgan. Hozirgi kunga qadar ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Hajviy hikoyalarining qahramonlari ham uning boshqa hikoyalari kabi oddiy odamlardir. Agar biz hayotda shunday odamlarga duch kelsak, ulardagi bunday kamchiliklarni dabdurustdan payqamasligimiz mumkin, lekin yozuvchining o‘tkir nigohi bizga tanish bo‘lgan bu odamlar yana bir bor ko‘z tashlashga e’tibor berishga undaydi. Shundagina ulardagi kamchiliklarni qusurlarni payqagandek bo‘lamiz. Abdulla Qahhor hajviy xarakter yaratishda portret tasviridan ham samarali foydalangan. Yozuvchi bu tasvir vositasiga tez-tez murojaat qiladi. Chunki badiiy asarda bu tasvir vositasining bajaradigan vazifasi beqiyosdir. Portret yaratish orqali yozuvchi qahramonning faqat tashqi ko‘rinishigina chizib qolmasdan, balki uning individual-psixologik qiyofasini ham yaratib beradi. Yozuvchi qahramonning portreti orqali uning ruhiyatiga ham 157 30-Sentabr, 2024-Yil kirishga harakat qiladi. Portret elementlaridan bo‘lgan ko‘z, yuz, kulgi, ko‘z yoshi, umumiy tashqi ko‘rinishi va boshqalar yozuvchi uchun qahramon ruhiy dunyosini ochuvchi kalit bo‘lib xizmat qiladi. Abdulla Qahhorning “Qizlar” hikoyasida ham yozuvchining diqqat markazida hajviy xarakter hisoblangan Nurmatjon obrazi turadi. Yozuvchu bu noshud va notavon shaxs obrazini yaratishda uning portreti bilan bog‘liq belgilariga alohida e’tibor beradi. Masalan, “Labining ikki burchi hamisha oqarib turadi deyishadi”. Afsuski qo‘li ikkita-da , bo‘lmasa shu turishi eng chiroyli nasha chilimiga o‘xshaydi” kabilar . A.Qahhor “Qizlar” hikoyasida, voqealarni yarim hazil-yarim chin formada beradiki, bu asar ruhiga tamomila mosdir. Yozuvchi personajning ajoyib xarakterini, dunyoqarashini xarakterli detallarda ochib tashlaydi. U qahramonini kalaka qiladi va uni yana nimalar bilandir oqlamoqchi bo‘ladi. Nurmatjon o‘tgan asrdan qolgan odam. Dunyo o‘zgarib, yangi zamonlar barqaror bo‘libdi- yu, u bexabarligicha qola beribdi. Lekin uni bu dunyo ishlaridan butu
Доказательный фрагмент
«This article discusses the skill of creating characters in the stories of the great writer Abdullah Kahhor, important issues related to the life of the writer, the protection of motherhood and childhood, the importanc…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the skill of creating characters in the stories of the great writer Abdullah Kahhor, important issues related to the life of the writer, the protection of motherhood and childhood, the importanc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personal spirituality, social vices, moral and educational views, literary, духовность личности, нравственно-воспитательные взгляды, социальные пороки, shаxs mаʼnаviyаti, column articles, аdаbiy- tаnqidiy fikrlаsh, рublitsistik mаqоlаlаr, беседы., suhbаtlаr., аxlоqiy-tаʼlimiy qаrаshlаr, literary critical thinking, литературно-критическое мышление, рубрикаторские статьи, conversations., ijtimоiy illаtlаr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026