Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PR - как важный инструмент общественно-политических процессов
Tolibjon BABAEV
Общество и инновации · 4 · 355-359 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: Сегодня PR стал важным механизмом, используемым не PR, только в системе общественной деятельности и бизнес сетей, политические процессы, но и в государственном управлении и всевозможных информационный поток, политических процессах. Представители PR-индустрии общественное мнение, имидж, активно участвуют в моделировании различных предвыборная агитация, избирательных кампаний, пропаганде и создании политическая политического имиджа. В данной статье рассматриваются коммуникация. некоторые соображения, связанные с “public relations” и его влиянием на общественно-политическую жизнь страны. PR – ingilizcha “public relations”, ya’ni jamoatchilik bilan aloqalar ma’nosini anglatadi. PR tashkilot yoki shaxs va ularning auditoriyasi yoki jamoatchilik fikrini yaxshiroq tushunish va ijobiy jamoatchilik fikrini yaratish maqsadida kanallar va axborot oqimini boshqarish san’ati va fani sifatida talqin etiladi. Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ixtisoslashtirilgan aloqa rejasini tuzadi va ijobiy brend imijini va maqsadli auditoriya bilan mustahkam aloqani yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositalardan foydalanadi. Oddiy qilib aytganda, jamoatchilik bilan aloqalar – bu tashkilot va uning brendlari obro‘sini saqlab qolish uchun tashkilotga tegishli ma’lumotlarni ommaga chiqarish va tarqatishni boshqarishning strategik jarayonidir. Ushbu jarayon quyidagilarga qaratilgan bo‘ladi: ▪ qanday axborotlar e’lon qilinishi kerakligi; ▪ axborotlarni qanday tuzish lozimligi; ▪ axborotlar qanday taqdim qilinishi zarurligi; ▪ axborot chiqarish uchun qanday ommaviy axborot vositalaridan foydalanish kerakligi [1]. Qadimgi Misr sivilizatsiyasidan to o‘rta asrlargacha – odamlar muhim ma’lumotlarni bir-biriga yetkazish va sub’yektlarini qanday voqeliklar sodir bo‘layotganidan xabardor qilishda yordam berish uchun qurilmalar va kanallardan foydalanganlar. Ushbu muloqot usullari bugungi kunda biz bilgan PRning shakllantirishga yordam bergan. Tarixdan ma’lumki, qadimgi dunyoda PR qo‘llanilganiga ko‘plab misollar mavjud (garchi u paytda PR deb nomlanmagan bo‘lsa-da). Masalan: miloddan avvalgi V-IV asrlarda yunon faylasuflari Sukrot, Platon va Aristotellar jamoatchilik fikrining ahamiyatini anglab yetib, zodagonlarga ritorika orqali aholini ishontirish san’atini o‘rgatishgan (ya’ni , notiqlik san’ati yordamida). Eramizdan 2200-yil oldin yashagan misrlik adabiyotshunos Ptaxotep odamlar bilan muloqot qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratib, “Ptaxotepning Maksimlari” kitobini yozgan. Miloddan avvalgi 50-yilda Yuliy Sezar o‘zining harbiy g‘alabalarini birinchi bo‘lib siyosiy kampaniya biografiyasida e’lon qilib, rimliklarning jamoatchilik fikrini u eng yaxshi davlat boshlig‘i bo‘lishi mumkinligiga ishontirdi – bu amaliyot bugungi kunda ham siyosiy nomzodlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladi. Ushbu hujjat birinchi ommaviy axborot byulleteni sifatida qabul qilindi [2]. 356 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 Miloddan avvalgi 390-yillarda Avliyo Avgustinning imperator saroyida qilgan vazifasini biz bugungi kunda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor qiladigan vazifalarga taqqoslashimiz mumkin. U cherkovga foyda keltirish uchun imperatorga va jamoatga muntazam ravishda murojaatlar yo‘llagan. Avliyo Avgustinning bu faoliyati hozirgi matbuot anjumanini eslatadi. PR dastlab sotsiologiya va ommaviy psixologiya orqali jamoatchilik fikrini boshqarish va manipulyatsiya qilish usuli bo‘lib xizmat qilgan. Dastlab, PR ba’zan propagandaning asosiy shakli bo‘lgani uchun tanqid qilingan. 2000-yillarning boshlarida PR nihoyatda ommalashdi, chunki Internet axborotlarni ommaga osonlikcha taqdim etadigan platformani yaratgan edi. O‘z dolzarbligini saqlab qolish uchun PR o‘zgaruvchan media landshaftiga mos kelishi va muloqotning yangi usullariga moslashishi kerak edi. 2008-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida siyosatchilarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash uchun ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanilganini ko‘rish mumkin [3]. Sobiq prezident Barak Obama Facebook, Myspace, Twitter, Linkedln va YouTube kabi ijtimoiy media platformalaridan Amerika yoshlari orasida o‘z imijini mustahkamlash uchun foydalandi. Saylovda qatnashib chiqayotgan fuqarolardan olingan so‘rovnomalar (exit poll) shuni ko‘rsatdiki, bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ldi va Obama 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning deyarli 70 foizi ovozini qo‘lga kiritgan edi. Bu 1976-yilda AQShda exit-polling tashkil etilganidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Obamaning PR strategiyasi ijtimoiy media ta’sir doirasi kengayib borayotganini isbotlagan edi. So‘nggi bir necha yil ichida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar kommunikatsiya olamida hukmronlik qilib, mutaxassislar tomonidan PR uchun ishlatiladigan ommabop va samarali vositaga aylandi. Doimiy ravishda yangi va innovatsion texnologiyalar yaratilishi bil
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Сегодня PR стал важным механизмом, используемым не PR, только в системе общественной деятельности и бизнес сетей, политические процессы, но и в государственном управлении и всевозможных информационный…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Сегодня PR стал важным механизмом, используемым не PR, только в системе общественной деятельности и бизнес сетей, политические процессы, но и в государственном управлении и всевозможных информационный… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- saylov targ‘iboti, общественное мнение, политические процессы, jamoatchilik fikri, imij, политическая коммуникация, image, public opinion, election campaign, PR, political communication, информационный поток, information flow, siyosiy jarayonlar, axborot oqimi, имидж, предвыборная агитация, political processes, siyosiy kommunikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014