К содержанию
РецензированоRU2023

Политико-концептуальные основы децентрализации государственного управления

Maksad ISABAEV

Общество и инновации · 4 · 1-12 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируются научные государственное интерпретации управленческой функции государства, управление, рассматривая его как политический институт. Особое государство, внимание уделяется значению децентрализации власть, децентрализация, управления, изученному научно. Также выделяются гражданское общество. существующие подходы к децентрализации, ее виды и формы, основные черты, а также конкретное содержание и динамика данного процесса. Boshqaruvning turli xil talqinlari mavjud bo‘lsa ham, boshqaruvni siyosiy jarayon deb ataydigan yondashuv hukumat tuzilmalarida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun asos bo‘ladi. Boshqarish – bu boshqaruv jarayonlarini tushuntirish uchun keng qo‘llanilgan tushunchadir. Boshqarish konsepsiyasidan foydalanish chalg‘itishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu konsepsiyada ikkita asosiy izohni aniqlash mumkin: biri davlatlarning boshidan kechirgan o‘zgarishlarga va ularning boshqaruv jarayonlariga uning tashqi muhitiga javob sifatida murojaat qilishi bo‘lsa, ikkinchisi davlat va xususiy munosabatlarni muvofiqlashtirishda davlatning roliga ishora qiladi. Boshqarish, siyosiy maydonda, turli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy manfaatlar va maqsadlarga ega bo‘lgan boshqaruv jarayonida ishtirok etayotgan o‘yinchilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasini aks ettiradi. Shu maqsadda boshqaruv davlat ichida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni hamda davlat va boshqa sektorlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishini anglatadi. Boshqaruv jarayonida ko‘plab sub’yektlar ishtirok etadilar va ulardan har biri siyosiy-ijtimoiy natijalarga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bu jarayon boshqaruv deb nomlanib, u ijtimoiy muammolarni yechishga yoki yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat siyosatiga ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan ayrim ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladigan barcha harakatlardan iboratdir. Boshqaruvni hokimiyat, hukumatlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi hamda muayyan davlatni tavsiflovchi normativ elementlar to‘g‘risida muhokama qilishga imkon beradigan “tahliliy tushuncha” sifatida ham qarash mumkin. Boshqaruv barcha sohalarda (iqtisodiyot, jamiyat, siyosat va menejment) sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi va davlat tomonidan qabul qilinadigan yangi siyosiy yondashuvlar nuqtai nazaridan tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat jamiyatdagi rolini aniqlash, balki tashqi o‘zgarishlarga moslashishdir. Boshqarish konsepsiyasining ushbu elementlari, ya’ni davlatlarning jamiyat bilan munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshiradigan xatti-harakatlar, jamoalar yoki alohida shaxslar hukumatlar tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar tahlili uchun asosdir. Boshqa tomondan olib qaraganda, boshqaruv instituti bu nafaqat “jamiyat manfaatlariga tegishli 2 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 masalalarni hal qilish jarayonlari va an’analarini o‘z ichiga olishi kerak, balki bu qarorlar qanday qabul qilinayotgani hamda unda fuqarolarning ovozi qay darajada ekanligi bilan ham bog‘liqdir”. Boshqaruvning bir nechta tushunchalari yoki ta’riflari mavjudligi sababli, boshqaruvga oid turli xil nazariya va yondashuvlar mavjud. Jumladan, o‘z-o‘zini tashkillashtiradigan tarmoqlar yondashuvi mahalliy hokimiyat idoralari xususiy va davlat sektori tashkilotlarini jamoat ishlari bilan shug‘ullanishga jalb qila boshlaganida amalga oshirilgan o‘zgarishlarga asoslanadi. “Boshqaruv” markaziy va mahalliy hokimiyat organlariga qiyin vazifa bo‘lib qolganligidan davlat sifatida “nazoratning susayishini oldini olishga qaratilgan” moliyaviy nazoratni markazlashtirish bo‘lgan. Ammo, ba’zi davlatlar tomonidan amalga oshirilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, globallashuv hamda ichki omillar natijasida vaziyat davlat rolining pasayishiga olib kelmasligi ham mumkin. Aksincha, bu boshqaruvning yangi shakllariga moslashishidir. Vaziyatni hukumat va fuqarolik jamiyati munosabatlaridagi “hukumatning rolini kamaytirish” o‘rniga “o‘zgarib turuvchi rol” sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotchi Pierre fikriga ko‘ra, boshqaruv bu siyosiy shaxslar, institutlar, korporativ tashkilotlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘rnatilgan muvofiqlikni aks ettiruvchi jarayondir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan boshqaruvning turli xil nazariy jihatlari boshqaruv haqidagi akademik fikrlashning kengligini namoyish etgan bo‘lsa-da, haligacha ko‘rib chiqilmagan yana bir siyosiy nazariya ham boshqaruv bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar demokratik boshqaruvni belgilashda hal qiluvchi element hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv qonuniylik va samaradorlikni aks ettiruvchi hayotiy siyosiy tizimlarga erishish vositasi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Hozirgi kunda demokratiya tushunchasi dunyo xalqlari tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy o‘zgarish jarayonlari tuf

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируются научные государственное интерпретации управленческой функции государства, управление, рассматривая его как политический институт.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируются научные государственное интерпретации управленческой функции государства, управление, рассматривая его как политический институт. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp1-12, государственное управление, fuqarolik jamiyati, power, государство, public administration, davlat, state, децентрализация, davlat boshqaruvi, civil society, власть, decentralization, гражданское общество, nomarkazlashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники