К содержанию
РецензированоRU2023

Важность использования информационных и коммуникационных технологий на уроках элементарной математики

Nodira MUKHIDDINOVA

Общество и инновации · 4 · 47-51 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлены предложения о важности начальное образование, использования информационно-коммуникационных образовательные технологий на уроках математики в начальных классах. технологии, информационные технологии, интерактивные методы. 1 Associate Professor, Tashkent State pedagogical university named after Nizami. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani o‘qitishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda. Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va umuman, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda davlatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyev shunday deb ta’kidlagan: “...yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi”. Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan, sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo‘lgan talab kuchaymoqda. Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi. Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy holatlarga chidamli, bu holatlardan chiqa oladigan bo‘lishi kerak. Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish va boʻlajak pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar yordamida fan asoslari bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda. Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimidan qat’iy nazar, ta’lim jarayoniga qadam qo‘yar ekan, pedagogik – psixologik bilimlar, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish-o‘rgatish uslublari yig‘indisi bo‘lgan zarur pedagogik ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi lozim. Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, asosan o‘quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o‘zini tahlil qilishni va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi bu yerda o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatish, yo‘nalish berish, eng to‘g‘ri xulosani aytishdan iborat. 48 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib o‘tib ketadi, natijada o‘quvchi xatosini o‘zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslanadi. Quyida biz boshlang‘ich sinfda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir masalalar yechishga oʻrgatish yuzasidan darsni tashkil qilish boʻyicha takliflarimizni keltiramiz. Yangi mavzu ekran orqali tushuntiriladi. Darslikdagi masalada bo‘ri va quyonning qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakati ekran orqali kuzatilib, masala yechimi o‘rganiladi va oʻquvchilar b

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлены предложения о важности начальное образование, использования информационно-коммуникационных образовательные технологий на уроках математики в начальных классах.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлены предложения о важности начальное образование, использования информационно-коммуникационных образовательные технологий на уроках математики в начальных классах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, образовательные технологии, информационные технологии, information technology, интерактивные методы, boshlangʻich ta’lim, interaktiv metodlar, axborot texnologiyalari, interactive methods, educational technology, начальное образование, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники