К содержанию
РецензированоRU2023

Научно-теоретические взгляды на изучение категории словоизменения в японском и узбекском языках

Muslima TEMIROVA

Общество и инновации · 4 · 271-277 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В грамматике японского и узбекского языков категория категория наклонения, склонения, относящаяся к группе глаголов, неоднократно грамматическая форма, становилась объектом исследования. Хотя на эту тему виды наклонения, выполнен ряд научных работ, она до сих пор привлекает категории времени, функциональные формы. внимание лингвистов в области компаративистских исследований. Потому что потребность в новом восприятии действительности охватывает не только экономику и политику общества, но и развитие науки и культуры. В частности, большой интерес наверняка вызовет попытка по-новому осмыслить проблемы языкознания. Harakat va sub’yekt o‘rtasidagi turli aloqa munosabatlar, ularning yuzaga kelish hodisalari tilshunoslikning har doim diqqat markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu hodisa qiyoslanayotgan tillarda ham har tomonlama tadqiq qilingan masalalardan biridir. Yapon tili dunyodagi murakkab tillardan biri sifatida e‘tirof etilar ekan, u nafaqat yozuvi (iyerogliflari) bilan, balki murakkab grammatikasi orqali ham tilshunos olimlarni qiziqtirib keladi. Ma’lumki, yapon tili, uning kelib chiqishi va rivojlanish masalalari haligacha to‘liq o‘z isbotini topmagan bo‘lsa-da, yapon tili grammatikasining turli masalalari azaldan nafaqat yapon tilshunosligining, balki umumiy tilshunoslikning qiziqishiga sabab bo‘lib kelgan va bu hozir ham davom etib kelmoqda. Yaponshunos olim M. Kieda izohlaganidek, yapon tili grammatikasi sistemasi Tokugava davrining oxirlarida shakllantirilgan bo‘lsa-da, ilmiy tadqiqot ishlari so‘nggi o‘ttiz-qirq yillarda olib borildi xolos. Demak, bu orqali yapon tili grammatikasida hali o‘rganilishi, tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan hodisalar ko‘pligi kuzatiladi. Lingvistik adabiyotlarda yapon tilining mayl kategoriyalari masalasi o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab o‘rganila boshlangan. Bu davrda olib borilgan ilmiy ishlarda mayl alohida kategoriya sifatida emas, balki ularning formalarigina tahlilga olingan xolos. Natijada tilshunos olimlar orasida qarama-qarshi fikrlar, yondashuvlar kelib chiqa boshladi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, yapon tilida mayl kategoriyasi, uning turlari masalasi bo‘yicha yagona sistematik yondashuv kuzatilmaydi. Ko‘plab yapon tiliga oid adabiyotlarda ularning semantik jihatdan guruhlarga ajratishdan ko‘ra, har birini alohida “yordamchi qo‘shimcha” sifatida o‘rganishni munosib hisoblashgan. Bunga asosiy sabablardan biri – olimlar orasida fikrlar yakdilligi kuzatilmasligidadir. Mayl kategoriyasining masalalari to‘g‘risidagi dastlabki ilmiy ishlar sirasiga M.Kiedaning yapon tili grammatikasiga oid asarini keltirish mumkin. Ushbu yaponshunos 50-yillarda ijod qilgan tilshunos olimlarning qarashlarini har tomonlama tahlil qiladi va uning fikricha, fe’l ning bir turi bo‘lib, mustaqil so‘zlarni tashkil etadi va mustaqil bo‘lmagan so‘zlar fe’l bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Uning asarida fe‘llarning tuslanishini izohlash paytida fe’l mayllarini ifodalovchi formalarni mayl sifatida emas, balki yordamchi fe’l deya izohlaydi. Shuningdek, shart maylini ifodalovchi formalarni ham yordamchi formalar sifatida keltirib o‘tadi. U bir qator yapon tilshunoslari, jumladan 272 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 Mr.Yamada, D. Maizaburo, N. Yoshitaro kabilarning ham ushbu hodisada keltirgan umumiy fikrlarini tahlil qiladi.Uning fikricha, so‘z – qurilish materiali bo‘lsa, gapning o‘zi binodir. Fe’l ana shu binoni qurilishida yetarli bo‘lgan asoslardan biridir. Shuningdek, so‘z gapdan tashqarida ishlatilmasligini e’tirof etadi. Bundan tashqari yapon tilshunoslaridan A. Hanusuma hamkorlikda shart maylini ifodalovchi と (to), ば (ba)hamda taxminiy maylni ifodalovchi たら(tara), なら(nara) formalarini tahlil qilish va barcha formalarni 条件表現(joukenhyougen) deb nomlagan. Unda formalar semantik jihatdan guruhlarga ajratilgan. Ammo mayl kategoriyasi sifatida tahlil qilinganligi kuzatilmadi. Bir necha yapon tiliga oid lingvistik adabiyotlarda条件表現 ning uchta guruhga, ya‘ni 仮定条件(kateijouken), 原因・理由(genin, riyuu)va 逆説 (gyakusetsu) ajratib ko‘rsatiladi va bu mayl bog‘lovchilar orqali ifodalanishi izohlanadi. Tahlilga olingan ko‘plab yapon tilshunosligiga oid asarlarda shart maylini ifodalovchi formalardan tashqari buyruq-istak, xabar mazmunini ifodalovchi formalar fe’lning tuslanishi tarkibida ko‘rib chiqilgani kuzatildi. Shunga qaramay, ularning semantik jihatdan misollar orqali tahlil qilingani ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida keltirilgan yapon tilshunoslarining qarama-qarshi fikrlari qatoriga rus yaponshunos olimlarining ham qarashlarini inobatga olish ahamiyatlidir. Yapon tilida mayl kategoriyasini izohlab berishda ham aynan ularning xizmatlari katta bo‘ldi. Mashhur akademik yaponshunos olim V. Alpatov kollektivdagi yapon tilining nazariy tadqiqiga bag‘ishlangan kitobida yapon tilshunosi Suzukining fikrlarini inobatga olgan holda, mayl kategoriyasini to‘rt turga, ya’ni aniqlik (indikativ) mayli, taxmin

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В грамматике японского и узбекского языков категория категория наклонения, склонения, относящаяся к группе глаголов, неоднократно грамматическая форма, становилась объектом исследования.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В грамматике японского и узбекского языков категория категория наклонения, склонения, относящаяся к группе глаголов, неоднократно грамматическая форма, становилась объектом исследования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mood category, interpret the problems of linguistics in a new way is sure to, функциональные формы, mayl kategoriyasi, виды наклонения, types of mood, vazifadosh shakllar, grammatik shakl, категории времени, mayl turlari, категория наклонения, tense categories, грамматическая форма, functional forms, grammatical form
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники