Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Приемы выполнения черновиков в процессе обучения студентов на занятиях изобразительного искусства
Azizbek BOLTABOEV
Общество и инновации · 4 · 209-213 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье описаны способы, с помощью которых черновик, студенты могут рисовать карандашом на занятиях художественный, изобразительного искусства. Предоставлены помощью изящный, несколько техник, которые помогают студентам выбрать и графитный карандаш, эффект, проиллюстрировать оптимальный способ рисования. построение, штрих. Qalam bilan chizish uzoq vaqtdan beri mashhur san’at turi bo‘lib kelgan va buning sababi sir emas. Qalam bilan qoralama ko‘p qirrali, ko‘chma va faqat bir nechta asosiy badiiy materiallarni talab qiladi. Bir nechta vositalar yordamida siz nihoyatda batafsil va chiroyli san’at asarini yaratishingiz mumkin. Qalam bilan qoralamalar yordamida chizishingiz mumkin bo‘lgan ko‘plab uslublar mavjud, ularning barchasi soddalashtirilgan chiziqlardan tortib, murakkab chizmalar va qoralamalargacha bo‘lishi mumkin. Turli xil qoralama chizish usullarini o‘rganish qalam bilan chizilgan rasmlaringizni butunlay yangi bosqichga ko‘tarib, siz yaratgan san’at asariga yanada nafislik olib keladi. Bu yerda biz keyingi ijodingizda sinab ko‘rish uchun qalam chizishning turli usullari haqida ma’lumot beramiz. Bizning eng yaxshi eskiz bo‘yicha maslahatlarimiz va texnikalarimiz quyidagilardan iboratdir. Qog‘ozga yaratishingiz mumkin bo‘lgan soyalar va to‘qimalar sizning texnikangiz kengligi bilan to‘liq cheklanmaydi. O‘quv qurolingiz haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, o‘zingizni sezilarli darajada cheklashingiz mumkin [1]. Umuman olganda, yumshoqroq grafit qalamlari quyuqroq, yumshoqroq ohangni beradi, qattiqroq grafit esa qattiqroq chiziq va ko‘proq uchli uchini taklif qiladi. Eng samarali ish uchun eskiz asboblari to‘plamida bir nechta qalam variantlari bo‘lishi juda muhimdir. Ta’lim jarayonida xomaki rasmlarni bajarish ham davomli о‘quv rasmini chizishdagi kabi tasviriy san’atning asosidan bо‘lgan “Umumiylikdan xususiylikka va xususiylikdan umumiylikka” tasvirlash usuli bilan bosqichlarda amalga oshiriladi. Tasvirlanayotgan predmet shaklini umulashtirilishining sо‘nggi yakuniy bosqichi – qog‘ozga tushirilgan narsani yaxlit birlikka yig‘ish va birlashtirishdan butun rasm bо‘ylab aniqlik kiritish va nur-soya nisbatlarini bitta yaxlitlikka keltirish, ya’ni tasvirlanayotgan shakl va ana shu shakl turgan kenglikni tutashtirishdan iboratdir. Naturadan uning о‘ziga xos xususiyatlari bilan qisqagina xomaki rasm chizib olish, asosan, tez kо‘rish va idrok qila bilish qobiliyatlarini о‘stirish uchun mо‘ljallanadi. Kuzatish, idrok qilish va xomaki rasmni ijro etishlar kо‘p hollarda bir vaqtning о‘zida sodir bо‘ladi. Shuning uchun xomaki rasm ustida ishlashning yakuniy bosqichi sifatida umumlashtirish haqida alohida gapirish shart bo‘lmaydi. Xomaki rasmlar chizishda foydalaniladigan usullarni farqlashning quyidagi oltita turini belgilab olish imkonini beradi. 1. Naturani kuzatgan holda undan boshidan oxirigacha bevosita ijro etiladigan xomaki rasmlar; 2. Kombinatsiya usulida (dastlab naturadan kuzatib, keyinchalik naturasiz – xotira bо‘yicha) tasvirlanadigan xomaki rasmlar; 210 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 3. Faqat xotiradan bajariladigan, ya’ni kuzatishdan keyin biroz vaqt о‘tgandan sо‘ng, ongda kо‘rish qobiliyati mustahkamlanganidan keyin chiziladigan xomaki rasmlar; 4. Insonning avval ongida qabul qilingan ba’zi predmetlar, tirik ob’yektlar va atrof– borliq hodisalar haqidagi tasavvurlarni jonlantirish qobiliyati bilan bog‘liq tasavvurlar bо‘yicha xomaki rasmlar; 5. Kompleks usul bilan, ya’ni yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan hamma ish usullarini, jumladan tasavvur bо‘yicha usullarini qо‘llagan holda bajariladigan xomaki rasmlar; 6. Xayolga keltirish bо‘yicha – biron-bir ijodiy fikr yoki badiiy obraz, mavzu, syujet va hokazo buyum va hodisalar haqida о‘z tasavvurlarini jonlantirib tiklash asosida tasvirning umumlashgan xomaki rasmlarini chizish [2]. Xomaki rasmlarning ikkinchi, uchinchi va beshinchi turlari bitta umumiy alomatlar bilan birlashadi, chunonchi: xomaki rasm chizish bilan bir vaqtda sodir bо‘ladigan yoki xomaki rasm chizishdan sal oldin (uning yakunlanishi endi naturasiz, xotiradan yoki tasavvurda kechadi) bо‘ladigan naturani ancha yuzaki va tez kuzatish bilan yuzaga keladigan majburiy alomat bilan. Agar bunda ijro vaqti cheklanmasa, u holda bunday naturadan chiziladigan xomaki rasm chizg‘ga aylanib qolishi mumkin. Xomaki rasmlar о‘quv vazifasini bajarishda, bir vaqtning о‘zida tasvirlanadigan ob’yektning holati, soni va murakkabligi (xotirjam holat yoki harakatda), boshqacha aytganda, xomaki rasmning о‘z mazmunidan, shuningdek amalda duch keladigan ob’yektiv shart-sharoitlar. Bu shart-sharoitlardan bittasi – naturani kuzatish va xomaki rasm ijrosi uchun vaqtning cheklanganligi yoki cheklanmaganligida. Bu о‘z navbatida naturaning qо‘zg‘almasligi yoki qо‘zg‘alish darajasi (harakat tezligiga)ga bog‘liq bо‘ladi. Boshqacha aytadigan bо‘lsak, xomaki rasm chizish usuliga eng avvalo ikkita omil ta’sir qilad
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье описаны способы, с помощью которых черновик, студенты могут рисовать карандашом на занятиях художественный, изобразительного искусства.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье описаны способы, с помощью которых черновик, студенты могут рисовать карандашом на занятиях художественный, изобразительного искусства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- draft, artistic, изящный, effect, построение, elegant, badiiy, shtrix, черновик, effekt, эффект, stroke, construction, художественный, nafis, штрих, graphite pencil, графитный карандаш, qoralama, konstruksiya, grafit qalam
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014