К содержанию
РецензированоRU2023

ФОРМИРОВАНИЕ ЭТИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИК УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Yegenmuradova Nurgoʻzel Annamurat qızı

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

In this article, based on personality-oriented education, it is envisaged that the young generation will grow up as a well-rounded and well-rounded person. Key words: person, education, upbringing, person-oriented education, ethics, pedagogical technology, method. ФОРМИРОВАНИЕ ЭТИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИК УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье на основе личностно-ориентированного воспитания предусмотрено, что молодое поколение вырастет всесторонне развитой и всесторонне развитой личностью. Ключевые слова: человек, образование, воспитание, личностно-ориентированное образование, этика, педагогическая технология, метод. Mamlakatimiz nufuzining rivojida yosh avlodning uzluksiz ta’limni to‘laqonli egallashi muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod qachonki uzluksiz ta’lim jarayonining xaqiqiy egasi sifatida ta’lim mazmunini o‘zi uchun katta ehtiyoj sifatida qabul qilib, his etsa shundagina ular nafaqat shaxsiy hayotda, balki ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarda ham faol ishtirokchiga aylanadi, o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlaydi. Savol tug‘iladi, o‘quvchi qachon ta’lim jarayonining egasi bo‘ladi. Qachon u ta’limni hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi? Bu savollarning amaliy yechimi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga ta’rif va uning mohiyatini anglash bilan bog‘liqdir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘z nomi bilan ta’lim-tarbiya jarayoni markazida bola – o‘quvchi ekani bilan tavsiflanadi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bola shaxsining har tomonlama, ya’ni 74 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 ham huquqiy, ham ma’naviy, ham ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi. Bolaning ta’limi, tarbiyasi, jismoniy, ma’naviy va ruhiy kamolini ta’minlash kabi umummilliy maqsadning ro‘yobga chiqishida uniing ta’limga qiziqishini oshirish asosiy omil hisoblanadi. Dunyo ta’lim tizimlarining xalqarolashuvi jarayonlari milliy ta’lim tizimi oldiga yangidan- yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda maktablarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarash, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribalarni integratsiyalash orqali jahon innovatsionintegrativ ta’lim muhitini kengaytirish, akmeologik yondashuv asosida innovatsion-kasbiy o‘sish dinamikasini maqbullashtirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, o‘qitish mazmuni va sifatini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini integratsiyalash, o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘rinli va samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. “Maktab o‘qituvchilarini belgilangan xalqaro standartlar asosida bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishini ta’minlash ta’lim muassasalari faoliyati sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan”. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasida yagona o‘quv-me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida takomillashtiri zaruriyatini yaratib beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim joriy etilgan muassasa o‘quvchi uchun quvonch maskanidir. Chunki, unda: -bolaning turfa imkoniyatlarga yo‘naltirilgan, uning qiziqish istaklari bilan optimal darajada hisoblashadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; -ta’lim jarayonida har bir o‘quvchini tushunish va unga ishonish; -o‘quvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasida o‘zaro faol do‘stona munosabat o‘rnatilishini ta’minlash; -ta’lim jarayoni zamonaviy yondashuvlardan, faol usullardan, axborot texnologiyalardan keng foydalanish kabi vazifalar ustuvor hisoblanib, vaqt, inson, moddiy resurslarning barcha imkoniyatlari shunga yo‘naltiriladi. Demak, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, yosh avlodning tez o‘zgarayotgan murakkab zamonga mos, davlat va jamiyat rivojlanishi uchun ko‘p qirrali, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ko‘zda tutadi. Rivojlangan mamlakatlar tizimida shaxs ijtimoiyllashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz. 75 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayonlari bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki, o‘zida axloqiy hislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishini ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim) ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g‘oyani ilgari suramiz. Bilim insonning intellektual salohiyatini oshiradi keng dunyoqarashni shakllantiradi. Shunday ekan bu o‘rinda “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo‘llanishi, shuningdek, asosiy etiborni faqat ta’lim jarayonini sa

Доказательный фрагмент

«In this article, based on personality-oriented education, it is envisaged that the young generation will grow up as a well-rounded and well-rounded person.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, based on personality-oriented education, it is envisaged that the young generation will grow up as a well-rounded and well-rounded person. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
person, education, upbringing, person-oriented education, ethics, pedagogical, этика, личностно-ориентированное образование, axloq, человек, воспитание, образование, shaxs, метод., method., shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim, ta'lim, metod., tarbiya, pedagogik texnologiya, pedagogical technology, педагогическая технология
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ПедагогикаENРецензированоОткрытый доступ
ASPECTS OF NAVRUZ AND NEW YEAR'S HOLIDAYS

Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025

8
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти