К содержанию
РецензированоRU2023

О некоторых инновационных способах повышения качества занятий по математике в начальном образовании Шахноза Тухтаева

Shakhnoza TUKHTAYEVA

Общество и инновации · 4 · 307-311 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена проблеме заинтересованности понятие, учащихся в изучении математических материалов и проблема, повышении качества занятий, поиске решений проблем, математическая задача, с которыми учащиеся постоянно сталкиваются каждый уравнение, корни уравнения, день, и описании их в виде математических формул. теорема, аксиома, качество образования, инновационное образование, интегрированное образование, теоретические знания, практические знания. Joriy 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi pedagoglar oldiga o‘quvchi va talabalarga sifatli ta’lim berish ayniqasa majburiy ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limda va ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha pedagogik ishlarimizni qaytadan rejalashtirib olishni oldimizga qo‘ydi. Ma’lumki, hamma fanlarni o‘zlashtirishning kaliti hisoblangan matematika fanida ta’lim sifati katta ahamiyatga egadir. Matematik matnli masalalar matematika o‘qitishni o‘quvchilarning kundalik amaliy hayotlari bilan bog‘lashning eng yaxshi vositasi bo‘lib, matematik matnli masalalar esa o‘z navbatida tenglama tushunchasi bilan uzviy bog‘langandir. Biz bu maqolamizda anashu uzviy bog’liqlikdan va o‘quvchilarning bilim darajalaridan kelib chiqib tenglama va masala tushunchalarini bir vaqtda o‘rgatishning ba’zi bir masalalariga to‘xtalamiz. Bizni o‘rab olgan olam o‘z qonuniyatlariga ega bo‘lib, bu qonuniyatlar quyosh sistemasidan quyosh va uning atrofida doimiy ravishda uzluksiz harakatlangan planetalarga bog‘liqdir. Bu qonuniyatlarning asosiylari ularning doimiy harakatda bo‘lib, bu harakatlardan tashqari ularning har biri quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida ham aylanadilar. Inson va uning ongi bu harakatlarga hech qachon ta’sir ko‘rsatishga qodir emas. U, ya’ni inson tabiat qonunlarini kashf qilib undan foydalanishda bu qonunlarga zid kelmaydigan ishlarni bajarishi kerak, aks holda u avvalambor o‘ziga, qolaversa, atrofidagilarga zarar yetkazishi mumkin. Insonlar tomonidan yaratilgan sub’yektiv qonunlar tabiat qonunlariga qarama-qarshi qonunlar bo‘lmasa bu jamiyat doimiy rivojlanadi va gullab yashnaydiBuning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim bo‘ladi. – yoshlarga dunyoviy bilim asoslarini yaxshi o‘rgatishimiz kerak; – o‘quvchilarga ta’lim berish bilan birga ularni tarbiyalashning turli metod, vosita va formalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak; – tabiat va jamiyatga zarar keltiruvchi turli xil illatlarning yoshlarda paydo bo‘lmasligi uchun amaliy ko‘rgazmaviy vositalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim; 308 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 – bu masalaga butun jamiyatchilikning e’tiborini qaratishimiz kerak (jumladan, oila va maktab, maktab va mahalla, oila va mahalla va h.z.). Bunda biz “ta’lim berib tarbiyalaymiz, tarbiyalab ta’lim beramiz” degan pedagogikaning oltin qoidasini hech qachon esdan chiqarmasligimiz darkor. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilariga she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh kabidir” qanotli iborasi asosida hamma fanlarni o‘zlashtirishning kaliti bo‘lgan matematika fanini nazariy bilimlarini o‘quvchilarning amaliy kundalik hayotlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilishiga asosiy e’tiborni qaratishimiz lozim. Birinchi sinf o‘quvchilariga Peano akseomalaridan foydalangan holida birinchi qo‘shish amali va uning xossalari o‘rgatiladi. Qo‘shish amali natijalarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish uchun unga mazmunan teskari bo‘lgan ayirish amali va uning xossalari o‘rganiladi. Birinchi sinf matematika darsligidan birinchi matnli matematik masalalar sodda masalalar bo‘lib, uning yechimi bir amalli sonli ifodalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi tur sodda masalalar yechimi ayirish amali bilan berilgan sodda bir arifmetik amalli sonli ifodadan foydalanib topiladi. Bunday masalalarning yechimi ayirish amaliga teskari bo‘lgan qo‘shish amali yordamida tekshriladi. Bularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchilariga dastlabki birinchi 10-darslarda atrofimizdagi narsa va predmetlarning o‘ziga va boshqa narsaga nisbatan joylashishlari (o‘ngda, chapda, pastda, balandda ularni bir-biriga nisbatan o‘zaro uzun-qisqa, og‘ir-yengil, qalin-yupqa, baland- past) rangi va shakllari bo‘yicha taqqoslashni o‘rganadilar. Darslikning [4] ikkinchi bobida esa bir xonali sonlarni og‘zaki nomerlashni (sanashni) va yozma (sonlarning yozuvidagi ko‘rinishi) raqamlashni va katta sonlarning kichik sonlardan tashkil topishini (masalan 2=1+1, 3=1+2 yoki 3=2+1, 4=1+1+1+1, 4=2+2, 4=1+2+1 va h.z.) qarab chiqadilar. Sonlarni o‘zaro taqqoslashni ularning tarkibiy qismlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Kitobning uchinchi bobidan boshlab 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari va ularning xossalari o‘rganila boshlanadi. Bu ikki amal bir vaqtda (oldin qo‘shish keyin ayirish) o‘rganilishiga asosiy sabab ularni bir-b

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена проблеме заинтересованности понятие, учащихся в изучении математических материалов и проблема, повышении качества занятий, поиске решений проблем, математическая задача, с котор…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена проблеме заинтересованности понятие, учащихся в изучении математических материалов и проблема, повышении качества занятий, поиске решений проблем, математическая задача, с котор… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, nazariy bilim, теоретические знания, innovative education, корни уравнения, аксиома, ta’lim sifati, practical knowledge, integrallashgan ta’lim, matematik masala, theorem, teorema, structure, теорема, tushuncha, уравнение, понятие, математическая задача, theoretical knowledge, concept, tenglama, masala, innovatsion ta’lim, problem, tenglama ildizlari, aksioma, quality of education, практические знания, equation, интегрированное образование, инновационное образование, проблема, axiom, качество образования, mathematical problem, integrated education, amaliy bilim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники