К содержанию
РецензированоRU2023

Инновации и передовой зарубежный опыт обучения модулю «Художественный образ, персонаж, тип»

Nilufar USAROVA

Общество и инновации · 4 · 216-221 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается значение обучение, художественной литературы в жизни человека, а также технологические средства, новаторские идеи по обучению модулю «Художественный игры, образ, персонаж, тип». Кроме того, в статье приводятся методики, инновационные уроки. примеры передового зарубежного опыта в данной области. 1 Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (yoki o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi) asosiy figuraga aylanadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda, asosan, interfaol uslublardan foydalaniladi. Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul- kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllaridan biri amaliy o‘yinlar bo‘lib, dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi. O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda. Amaliy o‘yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar. Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’yekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi. O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi. 217 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hordiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini sse

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается значение обучение, художественной литературы в жизни человека, а также технологические средства, новаторские идеи по обучению модулю «Художественный игры, образ, персона…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается значение обучение, художественной литературы в жизни человека, а также технологические средства, новаторские идеи по обучению модулю «Художественный игры, образ, персона… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, games, обучение, технологические средства, o‘yinlar, методики, ta’lim, игры, technological tools, methods, innovatsion darslar, инновационные уроки, metodlar, innovative lessons, tehnologik vositalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники