К содержанию
РецензированоRU2023

Методы повышения эффективности и финансирования инновационных проектов предприятий

Muhayyo TOKHTASINOVA · Orifjon KARIMOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Fergana Polytechnic Institute)

Общество и инновации · 4 · 44-49 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Внедрение эффективных методов финансирования инновации, инновационных проектов в соответствии с национальными и инновационная стратегия, международными шаблонами является чрезвычайно важной управление инновациями, задачей. Опыт ведущих инновационных предприятий предприятие, финансирование, показывает, что применение и совершенствование инвестиции, современных методов моделирования крупных конкуренция, инновационных проектов в условиях дефицита ресурсов стартап. является жизненной необходимостью, которая создает высокую эффективность производства. Bugungi kunda innovatsion rivojlanish ilm-fan va yuqori texnologiyalarning muttasil ortib borayotgan kuchiga asoslanadi va zamonaviy sivilizatsiya sharoitida jamiyat taraqqiyotining asosiy yo‘liga aylanib bormoqda. Innovatsion yondashuvning asosiy xususiyati shundaki, ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasi hududlarni rivojlantirishda ustunlik qiladi va iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhitni muhofaza qilishning maqbul kombinatsiyasini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotida korxonalar o‘rtasida raqobatning kuchayishi davrida ishlab chiqarishga innovatsiyani joriy qilish moslanuvchanlikni oshishini ta’minlaydi. Shuning uchun ular o‘z faoliyatida istiqbolli tadqiqot guruhlarini tashkil etib, oxirgi bosqichda sotish va sotishdan keying xizmatlarni faol rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Innovatsiyani shartli ravishda ikki darajaga bo‘lish mumkin. Birinchi, ilk bor ishlab chiqarishga tatbiq etiladigan yangilik, kashfiyot, g‘oya hisoblanib, ular tashabbuslarni tatbiq etish evaziga birlamchi ustunlikka ega bo‘ladi. Ikkinchi, qayta tatbiq etilayotgan kashfiyot, nou-xau, g‘oya va yangilik bo‘lib, ular jahonda yangilik hisoblanmaydi. Birinchi darajali innovatsiya barcha korxonalarda tatbiq etilmasada, lekin ikkinchi darajali innovatsiyalar raqobatda saqlanib qolishni xohlagan barcha korxonalarga tatbiq etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonani innovatsiyaga, yangi texnika va texnologiyani amaliyotga joriy etishga, yangi mahsulot va xizmatlardan foydalanishga undaydi. Xo‘jalik yuritishning zamonaviy shart-sharoitlarida iqtisodiy o‘sishning surʼati va sifatini taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari mutanosib rivojlanishiga erishish innovatsion xarakterga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunga erishishning bir muncha murakkabligi korxona doim tanlov oldida turishi, yaʼni agar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilmasa ertami-kechmi tanazzulga uchrashi, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning katta xarajatlar bilan bog‘liqligi kabi omillar bilan izohlanadi. 45 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning oqilona tizimini yaratish orqali moliyaviy resurslarni jamlash va ularni innovatsion jarayonlarning ustuvor sohalariga yo‘naltirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish, tadqiq etish va tashkil qilish, ishlanmalar va tashkiliy jarayonlarni, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni, ish va xizmatlarni, shuningdek, boshqaruvning yangi shakl va uslublarini yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanishdir. Innovatsion loyihaning mahsulot hayotiylik sikli barcha bosqichlarida zarur moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganligining yuqori darajasi bozor tomonidan mahsulot yetarli darajada qabul qilinmasligi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi va innovatsion faoliyat samaradorligini oshiradi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning quyidagi shakllari mavjud: 1. davlat tomonidan moliyalashtirish; 2. korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish; 3. bank kreditlari orqali moliyalashtirish; 4. venchur moliyalashtirish; 5. lizing; 6. forfeyting; 7. aralash moliyalashtirish va boshqalar. Yangidan tashkil etilayotgan innovatsion kompaniyalarning (startup) moliyasi zamonaviy korporativ moliya nazariyasi va amaliyotini o‘rganishning obʼyekti hisoblanuvchi o‘rta va yirik biznes korxonalari moliyasidan sezilarli darajada farq qiladi. Har qanday startupdan farqli o‘laroq, taraqqiy etgan, operatsion faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kompaniyalar moliyasi zamonaviy korporativ moliyani o‘rganish obʼyekti hisoblanadi. Ushbu holatda kompaniyaning operatsion faoliyati deyilganda, kompaniyaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, xizmatlarni taqdim etish, ishlarni bajarish bilan bog‘liq asosiy faoliyati tushuniladi. Bunday kompaniyadagi moliyachilarning vazifasi – moliyaviy oqimlarni kompaniya faoliyatining samaradorligini oshirish uchun yo‘naltirishdan iboratdir. Moliyachi kompaniya kapitali qiymatini oshirish uchun uning tarkibini qayta ko‘rib chiqishi lozim, shu bilan birgalikda u kompaniya uchun eng foydali bo‘lgan dividend siyosatini belgilashi, foiz to‘lovlarini to‘lash borasida optimal

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Внедрение эффективных методов финансирования инновации, инновационных проектов в соответствии с национальными и инновационная стратегия, международными шаблонами является чрезвычайно важной управление…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Внедрение эффективных методов финансирования инновации, инновационных проектов в соответствии с национальными и инновационная стратегия, международными шаблонами является чрезвычайно важной управление… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2023 in Science LLC, Innovation Strategy, innovation, инновации, Innovation Management, предприятие, финансирование, инновационная стратегия, competition, управление инновациями, startup, innovatsiyalarni boshqarish, конкуренция, investitsiya, korxona, enterprise, тузилиши, investment, financing, инвестиции, moliyalashtirish, стартап, innovatsiya, raqobat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники