Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль использования электронных образовательных средств в процессе урока
Mukhlisakhon ABDUJALILOVA
Общество и инновации · 4 · 90-95 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье раскрываются возможности и значение информация, современных информационных технологий в системе методическое образования. Рассматривается современная система обеспечение, глобализации в информационном мире. электронные учебные материалы, гипертексты. The summary Modern information and computer technology capabilities have increased dramatically due to the emergence of the global Internet network and the introduction of multifaceted human activities. Information technology is crucial when it comes to innovative approaches to the formation of young people in educational institutions, by creating an educational process related to their knowledge, skills, and abilities, and raising their education to a new qualitative level. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining dunyo miqyosida rivojlanishi, inson turmushining turli jihatlarida, jumladan iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ta’lim jabhalarida bir-birlariga bog‘liqliklarining keskin namoyon bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi zamon axborot va komputer texnologiyalarining imkoniyatlari, global Internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi va insoniyatning ko‘p qirrali faoliyatiga kirib borishi munosabati bilan yanada keskin ortib ketdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan “axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etiilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audioviziual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqalishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish” sifatsiz o‘quv materiallari tarqilishining oldini olishga qaratilgan. Sifatli elektron o‘quv materiallarni yaratish sifatli ta’lim tizimini shakllantirish uchun omil hisoblanadi [1]. Zamonaviy o‘quv-metodik majmualar o‘quv-metodik materiallarining turli shakllari kompleksi bo‘lib, ular har bir fanning kasbiy ta’lim dasturlariga mos keluvchi, auditoriya darslarining barcha turlari va mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha o‘quv- metodik ta’minotdan foydalanish metodikasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Hozirda zamonaviy didaktik materiallarga quyidagi talablar qo‘yilmoqda: – tuzilishining modulliligi; – mazmunining to‘laqonligi; – mantiqiy bayon etilganlik; – o‘quv materiallarini o‘rganish bo‘yicha yo‘riqnomaga egaligi; – nazorat topshiriqlarining mavjudligi; – izohli lug‘at va manbalar ro‘yxati mavjudligi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida elektron o‘quv-metodik majmuaning o‘qitish vositalariga quyidagilar kiradi: 91 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 – o‘quv darsliklari, qo‘llanmalarning elektron versiyalari; – komputer multimediali o‘rgatuvchi tizimlar; – audio o‘quv-axborot materiallari; – video o‘quv-axborot materiallari; – komputer laboratoriya ishlari; – mashq qildirgichlar; – ma’lumotlar va bilimlar bazasi; – elektron kutubxonalar; – ekspert o‘rgatuvchi tizimlar asosidagi o‘qitish vositalari; – virtual haqiqiylik asosidagi o‘qitish vositalari; Ta’kidlash lozimki, o‘qitishning elektron vositalari yangi axborot texnologiyalari vositalari orqali joriy etiladi. An’anaviy darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va boshqa nashr materiallarning elektron formatdagi nusxalari elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda ishlatiladi. Elektron didaktik materiallarni yaratishda dastlab quyidagilarga alohida e’tibor qaratmoq kerak: – elektron o‘quv qo‘llanmalari mazmunan shunday tuzilgan bo‘lish kerakki, ulardan qo‘shimcha o‘quv axborotlarini olish uchun o‘quvchi aslo qiynalmasligi kerak; – o‘quv materiallarini tarkibiy tuzilmasini shakllantirishda modul tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqligi; – mustaqil ta’limni tashkil etish va o‘quv materiallarini o‘rganish bo‘yicha to‘liq yo‘riqnoma keltirilgan bo‘lishi; – nazorat topshiriqlari, o‘z-o‘zini tekshirish savollari va javoblari, mashq qildiruvchi topshiriqlarning bo‘lishi [4]. Elektron shakldagi o‘quv darsliklari eng oddiy holda nashr o‘quv materiallarining elektron varianti ko‘rinishida bo‘ladi. Ammo elektron shakldagi darsliklar komputer xotirasida yoki boshqa tashqi magnit eltuvchida qulay saqlanish, tezkor o‘zgartirish va elektron pochta orqali uzoq masofalarga uzatish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turadi. Elektron o‘quv-metodik majmualar: – tashkiliy-metodik; – axborot-o‘rgatuvchi; – nazorat qiluvchi didaktik funksional bloklardan tashkil topadi. Majmuaning pedagogik-psixologik vazifalari o‘quv materiallarini gipermedia muhitida taqdim etish, o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasidagi didaktik muloqot va o‘qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. O‘quv maqsadlaridagi dasturiy vositalar: – ta’lim jarayonini individuallashtirish va differentsiyalash; – o‘quv faoliyatini o‘zi nazorat qilishi va to‘g‘ri yo‘naltirishi; – komputerning hisoblash im
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье раскрываются возможности и значение информация, современных информационных технологий в системе методическое образования.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье раскрываются возможности и значение информация, современных информационных технологий в системе методическое образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information, methodological support, электронные учебные материалы, методическое обеспечение, hypertexts, axborot, информация, uslubiy yordam, electronic educational materials, gipermatnlar axboroti, elektron o‘quv materiallari, гипертексты
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026