К содержанию
РецензированоRU2023

Кредитно-модульная система и принципы ее внедрения в практику

Ilkhom KILICHEV

Общество и инновации · 4 · 218-226 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассказывается о реформе системы высшего Кредитный модуль, образования в Узбекистане и об истории Кредитной Charles Eliot, модульной системы, ее актуальности, возможностях. ERASMUS, Проведён анализ механизмов оценки Кредитного SOCRATES, ECTS, модуля, принятых в европейских, американских и Болонская система азиатских странах, на основе сравнительного анализа. образования, европейские кредиты, USCS, UCTS. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi. Kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi, kelib chiqish tarixi qanday, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga joriy etishning maqsadi nimadan iborat? Ta’lim jarayonini tashkil qilishning kredit-modulli tizimi – bu modulli o‘qitish texnologiyalari va kredit yoki kredit ta’limi bo‘linmalarining kombinatsiyasiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish modeli. Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab harakatlar va o‘zaro ta’sir tizimidir. Kredit-modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan: – talabalarning mustaqil ishiga; – o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimini va talabalarning ta’lim yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlashga. Ilk bor kredit-soat tizimi, AQShda paydo bo‘lgan va rivojlangan. 1869-yilda Amerika ta’limining taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti Charlz Eliot tomonidan “kredit soati” tushunchasini kiritildi va 1870-80-yillarda kredit soatlarida o‘lchangan akademik ish xajmi miqdori joriy etildi. 1892-yildan “kredit-soat” tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga start berildi. AQSh Milliy ta’lim qo‘mitasi tomonidan “kollej-maktab” aloqasini yaxshilash, o‘quv dasturlarini standartlashtirish maqsadida nafaqat kollejlarda, balki o‘rta maktablarda ham “kredit” tushunchasi joriy etildi. Maktablar, bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari mazmuni hajmini baholash uchun kredit tizimiga o‘tildi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida Yevropada o‘quv dasturlarini xalqarolashtirish oliy ta’limning ustuvor tendentsiyalaridan biriga aylandi. Xalqaro o‘quv dasturlarida universitetlarning ishtirok etishi dolzarb masalalardan biriga aylandi. 1987-yil Yevropa Ittifoqida tashkil etilgan ERASMUS talabalar almashinuvi bo‘yicha ta’lim dasturi (Universitet talabalarining harakatchanligi bo‘yicha Evropa hamjamiyati harakatlari sxemasi) qabul qilindi. Dastlab ERASMUS dasturi Yevropaning 12 mamlakatida eng yaxshi deb tan olindi va keng tarqaldi. To‘plangan tajriba qayta ishlab chiqilib, 31 mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha yosh guruhlari va 219 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 darajalardagi ixtisoslashgan SOCRATES ta’lim dasturi uchun asos sifatida qabul qilindi. Bundan tashqari, talabalar almashinuvi bo‘yicha Yevropaning ilm-fan o‘chog‘i va universitetlar imidjini mustahkamlashga qaratilgan Leonardo Da Vinchi va Tempus Tacis o‘quv dasturlari ham faoliyat yuritadi. Ushbu dasturlarni tatbiq etar ekan, Yevropa ta’lim tizimlarining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bo‘lgan ya’ni, xilma-xill va ba’zi holatlarda bir-biri bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajadagi turli xil ta’lim tizimlar kabi o‘ziga xos muammolarga duch keldi. Haqiqatan ham shunday vosita ishlab chiqish kerak ediki, milliy ta’lim tizimlarini shaffofligini ta’minlab, bir-biri bilan solishtirishni yengillashtirish lozim edi. ERASMUS dasturining sinov loyihasi sifatida shakllangan va 6 yil davomidaYevropaning 145 ta oliy ta’lim muassasalarida tajribadan o‘tgan – ECTS (European Credit Transfer System) tizimi ushbu vazifani bajara olishini ko‘rsatdi. Bolonya ta’lim tizimi – bu 1998-yilda Yevropaning yetakchi mamlakatlari – Germaniya, Italiya, Angliya, Fransiya ta’lim vazirlari tashabbusi bilan tuzilgan umumiy ta’lim maydoni. Ushbu tashabbusni boshqa davlatlarning rasmiylari qo‘llab-quvvatladilar va 1999-yilda Yevropaning 29 ta davlati ECTSga alohida ahamiyat qaratilgan va diplom ilovalariga umumyevropa maqomini beruvchi Bolonya deklaratsiyasini imzoladi. Shu bilan birga, ECTSning vazifalari oliy ta’limning yagona tizimini yaratish emas, balki ta’lim siyosati sohasida mamlakatlar va universitetlarning avtonomiyalarini saqlagan holda xalqaro shaffoflik va mavjud ta’lim tizimlari va malakalarining muvofiqligiga erishishdir. Bolonya tizmining ochiqligi boshqa mamlakatlarni bosqichma-bosqich qo‘shilishini ta’minlamoqda. Bugungi kunda Bolonya tizimi 48 mamlakatni birlashtirgan holda, yangi a’zolarni birlashtirishda davom etmoqda. Bugungi kunga kelib, Yevropadagi deyarli barcha davlatlar milliy

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассказывается о реформе системы высшего Кредитный модуль, образования в Узбекистане и об истории Кредитной Charles Eliot, модульной системы, ее актуальности, возможностях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассказывается о реформе системы высшего Кредитный модуль, образования в Узбекистане и об истории Кредитной Charles Eliot, модульной системы, ее актуальности, возможностях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp218-226, европейские кредиты, European credits, Болонская система образования, сredit module, ERASMUS, кredit-modul, Charlz Eliot, SOCRATES, Yevropa kreditlari, кредитный модуль, Bologna education system, UCTS, ECTS, USCS, Charles Eliot, Bolonya ta’lim tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники