Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Понятие терпения в духовно-нравственном совершенстве и его психологическое исследование
Nargiza SHUKUROVA · April -/© in Science LLC. (Karshi International University)
Общество и инновации · 4 · 35-41 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье описывается учение суфизма и его суфизм, психологические воззрения, понятие терпения в учении психология, суфизма, воспитание волевых качеств в суфизме, личность, психологический анализ черт характера силы духа, суфий, терпение, мужества и терпения. настойчивость, воля, характер, индивидуально- психологические особенности. O‘z e’tiqodi hamda ta’limoti bilan dunyo dinlari orasida ajralib turuvchi islom dini alohida e’tirofga sazovordir. Islom olamida musulmon kishilar uchun tasavvuf ta’limoti yuqori o‘rinda turuvchi yo‘ldir. Aynan tasavvuf ta’limoti o‘z ichiga islomning ahkomlarini qamrab olib, kishilar uchun ruhiy ozuqa vazifasini o‘taydi. Shu maqsadda ushbu ta’limotlarni o‘rganish bir necha asrlar mobaynida davom etib kelmoqda. IX asr boshlarida kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so‘fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va chiniqtirish tadbirlari yuzaga keldi. Tasavvuf olamida tariqat, ma’rifat va haqiqat tushunchalari yuzaga keldi. Tariqat – “yo‘l”, ma’rifat – arabcha “arafa” bilmoq, haqiqat – Haqqa yetish ilmi demakdir. Ilohiy tariqat tasavufning ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining ruhiy-axloqiy kamolot yo‘lidir. Tariqat tasavvufning amaliy qismi, deb ta’riflaydilar. Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim o‘rin tutadi. “Maqomot” – maqom (manzil, bekat) so‘zining ko‘pligi bo‘lib, solikning ruhiy-maʼnaviy kamoloti bosqichlarini anglatadi. Аbu Nasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan: 1. Tavba 2. Varaʼ. 3. Zuhd. 4. Faqr. 5. Sabr. 6. Xavf. 7. Rajo. 8. Tavakkul. 9. Rizo. Sabr tariqat maqomining beshincha ruknida qayd etiladi va sabrga quyidagicha ta’rif beriladi: Sabr – toqat, chidam. So‘fiylar tilida qiyinchiliklardan shikoyat qilmaslik, ayniqsa, Xudodan boshqaga nola-iltijo qilmaslik. Sabr etuvchi (sobir) oʼzini balo girdobiga solib, balolardan qo‘rqmaydigan odamdir. “Sabr kushoyish uchun intizorliklar” (Sahl Tustariy), yaʼni ruhiy-maʼnaviy mushkulliklar yuz berganda, sabr qilgan solik kushoyish topadi, yangi manzillarni kashf etadi. Sabr – imonning yarmi deydilar, chunki so‘fiyning dushmani bo‘lgan nafs sabr orqali jilovlanadi, toatdan halovat topish ham sabr bilan bo‘ladi. Psixologiyada sabr tushunchasi irodaviy sifatlar tarkibida o‘rganiladi. Sabr tushunchasiga psixologik ta’rif berishdan avval iroda va uning psixologik mexanizmlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Iroda – kishi ongining shunday bir sohasidirki, bu orqali u o‘z ishiga faol kirishadi va uni amalga oshiradi. Iroda tufayli kishi o‘z shaxsiy tashabbusi bilan ongli zaruriyatdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo‘nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g‘ayrat bilan tegishli ish-harakatni bajarishi mumkin. Shuningdek, odam o‘z psixik faoliyatini maqsadga muvofiq uyushtirishi hamda uni muayyan bir mazmunga 36 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 yo‘naltirishi mumkin. Iroda odam xatti-harakatiga bir tomondan yo‘nalishga solsa, ikkinchi tomondan mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. U shaxs faoliyati mazmuniga ta’sir qiladi. Demak, iroda bu kishining shunday faolligidirki, bunday faollik oldindan biror maqsad qo‘yib va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo‘r berish natijasida voqe bo‘ladi. Irodaviy harakatlar, ixtiyorsiz ish-harakatlardan farqliroq ongli ravishda qilinadi. Bu holda ongning faoliyati harakat maqsadini belgilashda, bu maqsadga erishish vositalari va yo‘l-yo‘riqlarini oldindan belgilashda, ma’lum bir qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo‘ladi. Irodaviy jarayon va irodaviy harakatning dastlabki momenti maqsad qo‘yishdan iboratdir. Maqsad deganda biz odam nima qilishi kerakligini, nimaga erishishi kerakligi va qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashni tushunamiz. Biron maqsad va unga erishish yo‘llarini tanlaganda har bir kishi ma’lum darajada o‘z dunyoqarashiga, axloqiy tamoyillariga, estetik didlariga, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlariga asoslanadi. Biron maqsad va uni amalga oshirish yo‘llarini tanlash ba’zi paytda har xil kuch va har xil jozibaga ega bo‘lgan bir qancha motivlar qatnashishi tufayli ichki kurash xarakterini kasb qiladi. Mana shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi nomi bilan yuritiladi. Motivlar kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan biron maqsadni amalga oshirish yo‘llarini tanlash jarayoni qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish – ma’lum bir maqsad va bu maqsadni amalga oshirishning biron usuli yoki ma’lum yo‘llari haqida to‘xtash demakdir. Bu esa motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biron qaror shu qarorga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va ish harakatlar qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish, bajarish deyiladi. Irodaviy jarayonlarda eng muhim narsa qabul qilingan qarorni bajarishdir. Kishining irodasi xuddi mana shu qarorni bajarishda namoyon bo‘ladi deyis
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье описывается учение суфизма и его суфизм, психологические воззрения, понятие терпения в учении психология, суфизма, воспитание волевых качеств в суфизме, личность, психологический анализ черт х…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье описывается учение суфизма и его суфизм, психологические воззрения, понятие терпения в учении психология, суфизма, воспитание волевых качеств в суфизме, личность, психологический анализ черт х… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, individual psychological characteristics, суфизм, tasavvuf, настойчивость, суфий, so‘fiy, характер, xarakter, individual psixologik xususiyatlar, psixologiya, personality, shaxs, психология, patience, индивидуально-психологические особенности, psychology, perseverance, matonat, sufism, Sufi, will, iroda, sabr-toqat, личность, character, терпение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025