К содержанию
РецензированоRU1945

Создание новых хлопководческих районов в пустынных регионах Центральной Ферганы в 1945-1980 гг. (на примере Наманганской области)

Ravshan ABDULLAYEV · A. Odilov (Namangan State University)

Общество и инновации · 4 · 17-21 · 1945

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о создании Поп, новых районов Поп и Мингбулок, а также об организации Мингбулок, общественно-политического развития на основе сельского колхоз, хозяйства в пустынных регионах Центральной Ферганы в А. Одилов, монокультура хлопка. Наманганской области в период с 1945 по 1980 годы. Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan Namangan viloyatida ham paxta yakkahokimligi davrida tashkil etilgan paxtachilik tumanlari mavjud. Bu tumanlar viloyatning janubiy tumanlari Pop va O‘zbekistonning eng past qismi bo‘lgan Mingbuloq tumanlari hisoblanadi [1]. Pop tumani – Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 28-sentabrda tashkil etilgan [2]. 1930-yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931-yilda Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947-60-yillarda Namangan viloyati tarkibida, 1960-67-yillarda Fargona viloyatida, 1967-yil dekabrdan yana Namangan viloyati tarkibiga qayta kiritilgan [3]. Pop tumani Namangan viloyati maydonining 4,8 foiziini, aholisining 9 foiziini va yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shimoldan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, janubidan Fargʻona viloyatining Buvayda va Dangʻara tumanlari, garbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Boʻstonliq tumanlari bilan chegaradosh hisoblandi. Chegarasining uzunligi 344 km. boʻlib, shimoli-janubda Chotqol, Qurama tizmalaridan Markaziy Fargʻona tekisliklarigacha boʻlgan kengliklarni egallaydi. Maydoni 2,94 ming km². Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), 5 shaharcha (Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod) mavjud. Tuman hududi Fargona vodiysining shimolida, Namangan viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida, Qurama togʻ tizmalarining janubiy yonbagʻri va Sirdaryo vohasida, geologik faol zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va togʻlardan iborat boʻlib, janubidan shimolga koʻtarila boradi. Janubida (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida balandligi 350-400 m, shimolida, Chotqol togʻlarida esa 4000-4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir. Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar janubidan shimoliy tomon oʻzgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Qoraqalpoq choʻlida koʻchma qumlar va qum barxanlari orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz tuproqlardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Sirdaryo va boshqa daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi-botqoq va toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari bilan qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va boshqa o’simliklar oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan keng foydalaniladi. 18 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 Pop tumanida jami sugʻoriladigan yer maydoni 39,3 ming ga, shu jumladan, 31 ming gektarga yaqini ekin maydoni boʻlib, 16,3 ming ga yerga paxta, 11,8 mingga yerga don, 245 ga yerga kartoshka, 471,5 ga yerga sabzavot, 154 ga yerga poliz, 1922 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi Pop tumani Markaziy Farg‘ona cho‘li hududlari tashkil etilishidan avvalroq tuzilgan bo‘lsa-da, ammo bu tuman hududlarining janubi-sharqiy mintaqalari o‘tgan asrning 40-70-yillarida o‘zlashtirildi. Yangi o‘zlashtirilgan cho‘l mintaqalarida Navbahor shaharchasi, shuningdek, Yangiobod, Yangiyer, Xalqobod, Quyi Shimoliy Farg‘ona, Yuqori Shimoliy Farg‘ona kabi hududlar tashkil etilgan. Bu hududlarning shakillanishida tuman yerlaridan oqib o‘tuvchi sug‘orish tarmoqlarining ahamiyati katta hisoblanadi. Pop tumani qadimdan, asosan, 3 ta sug‘orish inshooti bilan sug‘orilgan. Bular Chodaksoy, Rezaksoy va G‘ovasoy hisoblanadi. XX asrning 30-yillarida Pop tumanida suv tanqisligi sezila boshlaydi, buni bartaraf etish uchun, eng avvalo, tuman dehqonlari o‘zlari harakat qila boshlaydilar. 1937-1938-yillarda Pop tumanida aynan shu nomli kanal qurib bitkazilgan. Lekin bu tumandagi suv tanqisligi muammosini hal qila olmagan. Shu boisdan 1939-yilda tumandagi dehqonlar hukumatdan ushbu masala yechimi yuzasidan sezilarli qadam tashlashni so‘rab murojat qilishgan. Bungacha qurilgan Pop kanali mahaliy hashar yo‘li bilan bunyod etilgan bo‘lsa, xuddi shu tarjiba asosida urush yillarida Shimoliy Farg‘ona kanali qurib ishga topshirilgan. Shimoliy Farg‘ona kanali 1940-yil fevral oyida qazish ishlari boshlanib ketgan. Ushbu kanal qazilishida Katta Farg‘ona qazilishi jarayonida bo‘lgani kabi o‘zbek va tojik millatiga man

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о создании Поп, новых районов Поп и Мингбулок, а также об организации Мингбулок, общественно-политического развития на основе сельского колхоз, хозяйства в пусты…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о создании Поп, новых районов Поп и Мингбулок, а также об организации Мингбулок, общественно-политического развития на основе сельского колхоз, хозяйства в пусты… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pop, paxta monokulturasi, Поп, Kolkhoz, A. Odilov, Mingbuloq, монокультура хлопка, cotton monoculture, kolxoz, колхоз, Мингбулок, A.Odilov, Mingbulok, А. Одилов
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники