Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Вопросы совершенствования оказания бесплатной юридической помощи за государственный счет
Malika TUYCHIYEVA
Общество и инновации · 4 · 112-117 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются некоторые научно- адвокатура, теоретические вопросы оказания бесплатной юридической адвокат, помощи за государственный счет. Автор проанализировал юридическая помощь, национальное законодательство об оказании бесплатной квалифицированная юридическая помощь, юридической помощи и другие правовые категории и бесплатная юридическая начал научную дискуссию. В частности, были тщательно помощь за счет проанализированы право на бесплатную юридическую государства, помощь, реализуемые в Республике Узбекистан меры и pro bono. существующие проблемы в системе, сделаны научно- теоретические выводы, выдвинуты предложения. So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimida qonunchilikka ko‘plab o‘zgartirish va yangiliklar kiritib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining uchinchi yo‘nalishi sud-huquq tizimi hisoblanib, u o‘z nutqida “Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim” [1] ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu borada fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarining kafolati hisoblanuvchi advokaturaning boshqa davlat organlaridan mustaqilligini ta’minlash hamda uning mavqeyini oshirish borasida ham bir qator islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, advokat tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini tartibga solish va takomillashtirish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Boisi shundaki, aholining advokat xizmatiga ehtiyojmand qatlami davlat hisobidan yoki advokatlarning o‘z tashabbuslari bilan sifatli yuridik yordam olish imkoniga ega emas ekanlar, odil sudlov tizimi o‘zining ko‘zlangan natijasiga erisha olmaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bugungi kunda dolzarb hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishga qaratilgan 19-maqsadida davlat hisobidan bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga to‘xtalib o‘tilgan. Shu jumladan, davlat hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham ko‘rsatish tizimini joriy etish masalasi belgilab qo‘yilgan [2]. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish 2019-yilgi Davlat dasturi va “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida nazarda tutilgan edi. S. Barabanovaning ta’kidlashicha, fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan va aholining huquqiy bilimini oshirishga ko‘maklashuvchi davlat idoralarida bepul yuridik yordam sifatining yagona standartlarini shakllantirish va 113 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 o‘rnatish, bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga va yuridik yordam sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qilish ham katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, qonunchilikda fuqarolarning bepul yuridik yordam olish huquqlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlarni belgilovchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari ro‘yxatini kengaytirish, uni olish uchun shaxsning bepul yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan holatlar ro‘yxati, qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga favqulodda holatlarda bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibini belgilash lozimligini aytib o‘tgan [3]. D. Nurumovning fikricha, davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro huquqiy normalarni chuqur o‘rgangan holda belgilanishi fuqarolarning malakali yuridik yordamga bo‘lgan huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatini kuchaytiradi, fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishning xalqaro standartlarga mos shaffof mexanizmi joriy etiladi [4]. Y. Matveyevaning qarashlariga ko‘ra, bepul yuridik yordam nafaqat fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlaydi, balki hokimiyat organlari harakatlari (harakatsizligi) qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazorati vositasi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolik jamiyatining ushbu instituti nafaqat jamoatchilik nazorati vositasi, balki korrupsiyaga qarshi kurash vositasidir [5]. Yuqoridagilardan kelib ch
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются некоторые научно- адвокатура, теоретические вопросы оказания бесплатной юридической адвокат, помощи за государственный счет.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются некоторые научно- адвокатура, теоретические вопросы оказания бесплатной юридической адвокат, помощи за государственный счет. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- advocacy, were drawn, and proposals were put forward, квалифицированная юридическая помощь, адвокат, бесплатная юридическая помощь за счет государства, legal assistance, free legal assistance at the state account, advokat, malakali yuridik yordam, yuridik yordam, юридическая помощь, pro bono, advocate, davlat hisobidan bepul yuridik yordam, адвокатура, advokatura, qualified legal assistance
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026