К содержанию
РецензированоRU2023

Лингвокультурная характеристика аллегорических приемов, используемых в художественном тексте

Malika RAJAPOVA · Alijon MAMAJONOV

Общество и инновации · 4 · 158-163 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Аллегория – это стилистический троп, способный аллегория, наполнить художественный текст и устную речь смыслом и художественный дискурс, красочно донести его до слушателя и читателя. Аллегория стилистический троп, считается видом движения и означает оживление. лингвокультура. В данной статье рассматриваются аллегорические средства, используемые в художественном тексте, и анализируются их лингвокультурологические особенности. Также в статье производится лингвокультурологический анализ рассказов «Ур тукмок» и «A good story», двух сходных образцов народного устного творчества двух народов, английской и узбекской культур. Allegoriya – ramzning bir ko‘rinishi bo‘lib, voqea, hodisa yoki buyumning mavhum tushunchasi o‘rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so‘z (obraz)ni qo‘llashdir, ya’ni noaniq bo‘lgan tushunchani (konseptni) ko‘pchilikka ma’lum narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli. Shuningdek, allegoriya mavhum tushuncha yoki g‘oyani aniq obraz vositasida ifodalaydi. Masalan, “bo‘ri” so‘zining – yomonlik, yovuzlik; “tulki” so‘zining – ayyorlik ifodasi uchun qo‘llanilishi allegoriyaga misol bo‘ladi. Qadim davrlardan buyon, qisqacha yetkazish mumkin bo‘lmagan mavhum tushunchalar nomi allegoriya bo‘lgan yorqin timsol shaklida tasvirlangan. Allegoriya – yunoncha “allegoria” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘zgacha ifodalash yoki nazarda tutish” degan ma’noni anglatadi. Allegoriya badiiy tasvir, obrazlilik turi, mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni muayyan narsa, voqea, hodisa orqali ifodalashdir. Masalan, “to‘ti” so’zi gapdon, “bulbul” so‘zi xushovoz yoki yaxshi qo‘shiq kuylovchi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki tulki-yolg‘onchi va ayyor kishi; bo‘ri-ochko‘z kishi, chumoli esa mehnatkash va sabrli insonlar qiyofasida jonlanadi. Allegoriya mavhum g‘oya va xususiyatlarni ifodalovchi va mana shu g‘oyalarga yanada aniqlik kiritib beruvchi ifoda vositasidir. Xususan, allegoriya bir vaqtning o‘zida ham siyosiy, ham axloqiy, ham falsafiy va madaniy xususiyatlardan tashkil topgan mukammal narrativ hikoyadir. Ramzlar kabi allegoriyalar xususiy, kontekstual (kontekstdan kelib chiqadigan), madaniy va umumiy bo‘la oladi. O‘zbek tili stilisikasida allegoriya qochiriq, kesatiq hisoblanib, unda so‘zlarning ko‘chma ma’nosiga asoslaniladi. Ya’ni matnda berilgan so‘zlarning ma’nosi asl ma’nosini yo‘qotib tag ma’no hosil qiladi. Allegorik vositalarning samarali ishlatilinishiga Muhammadsharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari namuna bo‘la oladi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari katta hajmdagi masallardan bo‘lib, Yapaloqqush bilan Boyqush orasidagi qudachilik voseasini ifoda etadi. Hajmnning kattaligi, qissa yoki hikoya kabi voqealarning bir-biriga bog‘lanib borishi, shu voqealarga bog‘lanib, masallarning va maqollarning berilishi, murakkab syujet chizig‘i va kompozitsiyaga ega bo‘lishi nuqtai nazardan Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari allegorik stilistik vositasidan unumli foydalanilganini yaqqol namoyon etadi. Yozuvchining bu asari va uning tarkibidagi masallar boshqa masallardan farq qiladi va ko‘proq hind eposi “Kalila va Dimna”ga yaqin 159 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 turadi. Muhammadsharif Gulxaniy o‘zining mazkur asarida o‘sha davrning eng dolzarb masalalarini tanqidiy va badiiy ifodalab bergan. Feodal sinfining chirkin avj olib borishi, bu sinf xulq-atvorining tanazzuli, mamlakatning vayronligi “Zarbulmasal” asarida allegorik obrazlarda o‘z ifodasini topgan. Xususan, hayotiy obrazlar, realistik sahnalar, xarakterli portretlar (Yapaloqqush, Boyqush, Sho‘ranul, Ko‘rqush, Kordon va boshqa obrazlar), hajviy bo‘yoqlar, falsafiy muhokamalar – bularning hammasi masalning eng muhim estetik fazilatidur. Bu xususiyatnin yoritib berishda yozuvchi allegoriya va boshqa shu kabi stilistik troplardan unumli foydalangan. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi kuchli badiiy usullardan biri shuki, adib har bir salbiy obrazning xulq-atvorini ayamasdan fosh etadi va ularni qattiq tanqid qiladi. Buning zamirida, albatta, insonlarni voqeadan xulosa chiqarishga va yaxshilikka chorlash maqsadi turadi. Masalchining xalq orasidan to‘plagan “Zarbulmasal”ning asosiy qahramonlari qushlardir. Unda eng yirtqich qushlardan tortib, oddiy qushlargacha insonlar qiyofasi namoyon bo‘ladi. Ba’zan yo‘l-yo‘lakay vaxshiy hayvonlar (maymun, tulki), uy hayvonlari (tuya, bo‘taloq, eshak), hasharotlar (chayon) obrazlari ham asarda ko‘zga tashlanadi. Lekin bularning har biri insonlarning xulq-atvorini, qiliqarini, xarakterini, turmush tarzini ifoda etadi. Shu bilan birga, asarda bir qator kishilarning realistik obrazlari ham gavdalantirilgan. Zotan, Gulxaniy mehnatkash xalq turmushini yaxshi bilardi. U kambag‘al dehqonlar, kosiblar, chorakorlar, qarollar, go‘loxlar, cho‘ponlar, katta yer egalari, amaldorlar, to‘quvchilar, olimlar, ruhoniylar va boshqalarning hayotini, xarakterini, ichki olamini diqqat bilan o‘rgandi va ularni o‘z asarlari yordamida ommaga fosh etdi. Bu kuzatishlar s

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Аллегория – это стилистический троп, способный аллегория, наполнить художественный текст и устную речь смыслом и художественный дискурс, красочно донести его до слушателя и читателя.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Аллегория – это стилистический троп, способный аллегория, наполнить художественный текст и устную речь смыслом и художественный дискурс, красочно донести его до слушателя и читателя. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
allegory, two nations, English and Uzbek culture, is made, художественный дискурс, badiiy diskurs, stylistic trope, лингвокультура, lingukulturologiya, stilistik trop, allegoriya, artistic discourse, linguistic culture, аллегория, стилистический троп
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники