Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Структура методической системы, содержание и организационные факторы развития информационно-аналитической компетенции у будущих учителей начальных классов
Sobirjon MEYLIYEV
Общество и инновации · 4 · 172-176 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается структура методическая система, методической системы развития информационно- структура, аналитической компетентности будущих учителей запрос, начальных классов, содержание и организационные анализ, компетентность, факторы реализации развития. Подчеркивается образование, необходимость использования обоснованных данных на роль учителя. каждом этапе получения результатов. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, ta’lim sohasiga sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini olib kirish imkoniyatini yaratdi. Bunday yangiliklarning o‘quv jarayoniga kirib kelishi uning mazmunini ham boyitishni taqozo qilmoqda. Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi [1] qabul qilindi. Ushbu konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv jarayoni natijalarini baholash, uning samaradorligini ta’minlashga oid bilimlarini boyitish zaruriyati yanada kuchaymoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunishlari, anglab yetishlari va o‘z faoliyatlarida undan foydalanishlari uchun qulay pedagogik muhit yaratish talab qilinmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’limi va tarbiyasi tizimida, jumladan, ularning axloqiy tarbiyasida pedagogning roli beqiyosdir. Bola hayotining katta qismi aynan pedagogik faoliyat jarayonida kechadi, uning xarakteri, hayotiy qarashlari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, ya’ni uning shaxs sifatidagi fundamental sifatlari shakllanadi. Aynan shuning uchun pedagog shaxsi – “ulg‘ayishning ideal obrazi” hisoblanib, unga ko‘ra uning yaxlitligi, uyg‘unligi va birinchi navbatda ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va maqsadlari bolaning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida [2] “uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish” [2] ta’lim tizimining ustivor yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilgan. 173 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 Bolaning axloqiy rivojlanishining muvaffaqiyatliligi nafaqat rivojlantiruvchi dasturlar[3]ning mavjudligi bilan yoki bolaning “irsiy” dasturi bilan, balki pedagog shaxsi, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi rivojlanishining ijtimoiy sharoitlari bilan belgilanadi. Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ularning insonparvarlik yondashuvlarining shakllanishi sharoitlarida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga tayyorlash quyidagi integrativ tashkil etuvchilar doirasida o‘rganiladi: pedagogning kasbiy-shaxsiy insonparvarlik sifatlarining bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanishi bilan o‘zaro aloqadorligida shakllanishi, shuningdek o‘qituvchi va o‘quvchining mos sifatlarining rivojlanish kompleksining dinamik tizimlarini ishlab chiqish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan amalga oshiriladigan har qanday ta’lim- tarbiyaviy tadbirlar ularning darsda olgan bilimlarini to‘ldirishi lozim. Shu jihatdan qaraganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga tayyorlashda darsdan tashqari ish shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish ham muhim pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlarini oshiradi, iste’dodlarining namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi. Shunga ko‘ra, mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish pedagogik dolzarb masalalardandir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan sinfdan tashqari ta’lim jarayonida tashkil etiladigan tadbirlarning asosiy vazifasi – o‘quvchilarning darslarda olgan bilimlarini yanada to‘ldirish, kengaytirish va amalda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat. Buning natijasida o‘quvchilarda milliy qadriyat hisoblangan o‘yinlar, an’analarga nisbatan qiziqish ortadi, ular qalbiga milliy madaniyatni singdirish va shu orqali o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minladi. Bunday tadbirlarda ham darsda bo‘lgani singari barcha mas’uliyat sinf rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Bu esa o‘z
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается структура методическая система, методической системы развития информационно- структура, аналитической компетентности будущих учителей запрос, начальных классов, содержан…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается структура методическая система, методической системы развития информационно- структура, аналитической компетентности будущих учителей запрос, начальных классов, содержан… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp172-176, education, роль учителя, analysis, методическая система, competence, structure, soʻrov, запрос, образование, анализ, metodik tizim, компетентность, methodological system, oʻqituvchi roli, kompetensiya, tuzilma, ta’lim, структура, teacher's role, tahlil, inquiry
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026