К содержанию
РецензированоRU2023

История и современность дипломатии узбекского государства

Khadicha SAIDULLAYEVA · April -/© in Science LLC. (Tashkent State Pedagogical University named after Nizami)

Общество и инновации · 4 · 6-12 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается дипломатическая дипломатия, политика исторически могущественных стран на внешняя политика, территории Узбекистана, ее особенности, а также международное становление дипломатии независимой Республики сотрудничество, посол, Узбекистан и ее перспективы в современном мире. региональное сотрудничество, международная организация. 1 Doctoral student, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 Diplomatiya davlat tashqi siyosatining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, u orqali mamalakatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’minlanadi. O‘zbek davlatchiligi tarixining uzoq yillik o‘tmishi davomida O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlarning asosiy e’tibor qaratgan sohasi diplomatiya bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki mamlakatning taraqqiyoti va xavfsizligi ko‘p jihatdan faol tashqi siyosatga bog‘liq bo‘lgan. Davlatlarning diplomatik tashqi aloqalardagi munosabatlarining o‘zaro tengligi prinsipi ko‘p jihatdan uning moddiy va tabiiy imkoniyatlariga, georafik joylashuviga, shuningdek, mamlakatning harbiy va moddiy qudratiga qarab belgilangan. Diplomatik siyosat har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, xalqaro huquqiy normalar o‘rnatilmagan zamonlarda davlatning diplomatik taraqqiyoti uzoqni ko‘ra oladigan, kuchli siyosatchi rahbarlarning mahoratiga bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, o‘rta asrlar diplomatiyasiga oid adabiyotlarni tadqiq qilish orqali Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburlarning jahon diplomatiyasi tarixida tutgan o‘rni beqiyos ekanligini, ularning bu sohada o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishlari mavjud bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, G. Hidoyatovning «Основы дипломатии» asarida A.Temur usmonlilarni mag‘lub qilgach, bu davlatni o‘z tasarrufiga qo‘shib olmadi va uni nazorat qilishni o‘g‘li Mironshohga topshirib, Mironshohning o‘g‘lini Boyazidning qiziga uylantirib qo‘ydi [1]. Bu ishi bilan o‘zining ashaddiy dushmanining qudasiga aylandi. Ammo bundan o‘ziga xos siyosiy maqsad ko‘zlangan edi. Bu siyosatda Osiyo mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni va islom sivilizatsiyasining ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. A. Temur diplomatiyasining o‘ziga xos xususiyatlari N. Shomiyning “Zafarnoma” asarida ham talqin qilingan. Jumladan, asarda A. Temurning Xorazm hukmdorlari bilan aloqalariga to‘xtalib, shunday bir voqeani keltiradi: Yusuf So‘fi bilan nizolar keskinlashayotgan bir vaqtda Termiz tomondan Sohibqironga yangi pishgan qovun keltirishadi. U “Y. So‘fiy garchi o‘rinsiz muxolifatga borgan bo‘lsa ham, ammo oramizda qarindoshlik bor uchun birinchi qovunni usiz yeyish loyiq emas”, deya qovunning yarmini kestirib, oltin tovoqqa solib, Y. So‘fiyga jo‘natadi [2]. Yusuf So‘fiy esa qovunni suvga tashlattirib, oltin tovoqni darvozabonlarga taqdim qiladi. O‘z davrining qudratli davlat sohibi A. Temur davriga oid birlamchi manbalardan sanalmish Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga-Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” asarida ham Sohibqironning diplomatik siyosatiga doir ayrim muhim jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Ispan elchisi Klavixo o‘z kundaligida Bog‘i Chinorda bo‘lgan bir ziyofat haqida hikoya qilar ekan, u bu bazmga o‘z safdoshlari bilan tilmochni kutganligi vajidan kech qolganligini yozadi va voqeani quyidagicha tasvirlaydi: “Elchilar bazmga kelganlarida podshoh ovqatlanib bo‘lgan edi. U: “Bundan buyon elchilarni taklif etganda, ular tilmochni kutib o‘tirmasdan darhol yetib kelmaklari lozim… Chunki elchilar mening xonadonimni va a’yonlarimni ko‘rib, har jihatdan yayrasinlar degan niyatda bu sayilni uyushtirganman” – dedi. Buning ustiga xonadonini boshqaradigan amirlarning kelmaganliklari uchun mirzolardan qattiq xafa bo‘ldi” [3]. Yuqoridagi voqea tavsilotlaridan shuni anglash mumkinki, Amir Temur ittifoqdosh davlatlarining elchilariga nisbatan yuksak ehtiromda bo‘lib, ularning sharafiga katta bazm-u sayllar uyushtirgan. Bundan tashqari A. Temur o‘z diplomatiyasida baynalminallik hamda tolerantlik g‘oyalariga ham rioya qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, gurjilar o‘z shaharlari va ahli avlodlarini Amir Sohibqironning g‘azab o‘tidan saqlash maqsadida, elchi jo‘natib: 7 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 “Tangrining rahmati mo‘minlar uchun bo‘lganidek, kofirlar va mushriklar uchun hamdir... Agar jizya to‘lab tursak va omonda ekanligimizni bilsak, sizning diningiz o‘zingiz uchun, mening dinim o‘zim uchundur…” mazmunida noma yo‘llashadi. Shundan so‘ng A. Temur ularni avf etib, hadyalarini qabul qiladi: “Bundan keyin qullik maqomiga doxil bo‘lib, yaxshi bandalik vazifasi va maqbul xizmatlarni qilishga kirishsinlar… musulmonlarni o‘z zaminlarida aziz tutsunlar… bordi-keldi eshigini ochsinlar” – deya elchilarga sarpolar kiygizib jo‘natadi [4]. O‘rta asrlar diplomatiya sohasining rivojlanishida boburiylarning ham xizmati katta desak mub

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается дипломатическая дипломатия, политика исторически могущественных стран на внешняя политика, территории Узбекистана, ее особенности, а также международное становление дипл…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается дипломатическая дипломатия, политика исторически могущественных стран на внешняя политика, территории Узбекистана, ее особенности, а также международное становление дипл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, внешняя политика, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilot, tashqi siyosat, международное сотрудничество, xalqaro hamkorlik, regional cooperation, elchi, international cooperation, diplomatiya, международная организация, foreign policy, international organization, региональное сотрудничество, diplomacy, ambassador, посол, дипломатия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники