К содержанию
РецензированоRU1920

Место и роль всехорезмских курултаев народных представителей в укреплении советского строя в ХНСР (1920-1924 гг.)

Khusanboy MUMINOV · Khanate of Khiva (Andijan State University) · Khorеzm People Soviet (Andijan State University)

Общество и инновации · 4 · 1-5 · 1920

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается образование ХНСР на месте Хивинское ханство, бывшего Хивинского ханства, общественно-политическая Хорезмская Народная ситуация в республике, организация власти, укрепление Советская Республика, советского строя, место и роль курултаев народных курултай, народные представители, представителей Всехорезма в этих процессах, а также оппозиция, освещены вопросы, связанные с деятельностью Революционный комитет, этих курултаев как высшего органа власти республики конституция, в 1920–1924 гг. резолюция. 1917-yilda Rossiyada yuz bergan siyosiy o‘zgarish Turkiston o‘lkasi va Buxoro amirligida bo‘lgani kabi Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xonlikda bu davrga kelib, siyosiy muxolifat kuchlar – “Yosh xivaliklar” firqasi (partiya) faoliyat ko‘rsatayotgan edi. 1914-yilda jadid vakillari tomonidan tuzilgan bu firqaning safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlari bo‘lgan. Uning dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o‘tkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish, xalqni ma’rifatli qilish va rivojlanish kabi vazifalar o‘rin olgan. Biroq ularning mamlakatdagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish, ya’ni monarxiya tuzumiga qarshi qaratilgan dastlabki kurashi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ma’lumki, 1919–1920-yillarda sovet hukumati boshchiligida Turkiston bolsheviklari va Turkiston ASSR hukumati qizil armiya yordamida Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududlarini bosib olish va ularni tugatish, bu davlatlar o‘rniga inqilobiy hukumatlarni tashkil etishga kirishdi. Sovet qo‘shinlari 1919-yil 25-dekabrda mustaqil davlat – Xiva xonligi hududiga bostirib kirdi. 1920-yil 1-fevralda xonlik poytaxti Xiva jangsiz ishg‘ol qilingan. Shu kuni Xiva xoni Said Abdullaxon qizil askarlar va yosh xivaliklar talabi bilan taxtdan voz kechganligi to‘g‘risidagi manifestni imzoladi. 2-fevralda manifest xalqqa o‘qib eshittirildi va majlis chaqirilgunga qadar hokimiyat – Muvaqqat inqilobiy hukumat (qo‘mita) qo‘liga o‘tganligi e’lon qilindi [1. B. 214]. Endilikda sobiq xonlikda amal qilgan monarxiya tuzumi barham topdi va uning o‘rniga davlat boshqaruvining respublika shaklini qaror topishida Butun Xorazm xalq vakillarining qurultoylari muhim rol o‘ynadi. XXSR davlat boshqaruvi tizimida siyosiy hokimiyat uchun mavjud kuchlar o‘rtasida raqobat avj olgan bir paytda ushbu qurultoylar o‘z faoliyati bilan ajralib turdi. Bu qurultoylar Xorazm kommunistik partiya s’yezdlaridan farq qilib, respublikalarning oliy hokimiyat organi sifatida butun davlat boshqaruvini olib borgan. Butun Xorazm xalq vakillarining I ta’sis qurultoyi 1920-yil 26–30-aprel kunlari Xiva shahrida (Nurullaboy saroyida) bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin delegat ishtirok etib, qurultoyning kun tartibiga quyidagi masalalar qo‘yildi: mavjud holat bo‘yicha ma’ruza, Muvaqqat inqilobiy hukumatning ma’ruzasi, Xorazm davlatining Asosiy qonunini qabul qilish, moliyaviy siyosat, harbiy ishlar, xalq maorifi va hukumat saylovlari masalalari [2. B. 496–497]. 2 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415 Mazkur ta’sis qurultoyda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzildi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik respublikasi edi. Yangi tuzilgan davlat “sovet respublikasi” bo‘lishiga qaramasdan, unda dastlabki islohotlar demokratik o‘zgarishlarga qaratildi. Xususan, 1920-yil 30-aprelda qurultoy XXSRning birinchi Muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Xorazm tarixidagi birinchi Konstitutsiya kirish so‘zi, XIII bob, 37-moddadan iborat edi. Unda ilk marotaba keng xalq ommasining siyosiy huquqlari tenglashtirildi. Bu qurultoyda 15 kishidan iborat XXSR hukumati – Xorazm Xalq Nozirlar Soveti (rais Polvonniyoz Hoji Yusupov) tuzildi [3. -B.77]. Butun Xorazm xalq vakillarining II qurultoyi 1921-yil 15–23-may kunlari Xiva shahrida (Nurullaboy saroyida) bo‘lib o‘tdi. Unda 239 ta deputat ishtirok etdi [4. B. 30]. Kun tartibi: Markaziy saylov byurosi va Inqilobiy komitetning (Revkom) ma’ruzasi, xalq xo‘jaligi bo‘yicha ma’ruza, harbiy masala, joylardan ma’ruzalar, yer va suv masalasi, maorif va madaniyat, moliya, milliy masala, XXSR Konstitutsiyasi, RSFSR bilan Ittifoq shartnomasi, Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini saylash kabi masalalardan iborat bo‘ldi [5. B. 11]. Butun Xorazm xalq vakillarining II qurultoyida XXSRning Konstitutsiyasi qayta ko‘rib chiqilib, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi (yangi tahrir – Kirish, XIII bob, 42-moddadan iborat bo‘ldi). Jumladan, qurultoyning nomi ham o‘zgartirildi. Dastlab u “Xalq vakillarining qurultoyi” deb nomlangan bo‘lsa, endi 6-moddaga ko‘ra, “Mehnatkash xalq Sovetlarining s’yezdi (Qurultoyi)” deb yuritiladigan bo‘ldi. Xorazmliklarning saylov huquqlari ham ancha cheklandi. Muzkur qurultoyda birinchi Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi saylanadi. Saylangan 7 a’zodan doimiy ish olib boruvchi davlat hokimiyatining oliy organi – MIQ Prezidiumini (rais – M

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается образование ХНСР на месте Хивинское ханство, бывшего Хивинского ханства, общественно-политическая Хорезмская Народная ситуация в республике, организация власти, укрепление Сове…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается образование ХНСР на месте Хивинское ханство, бывшего Хивинского ханства, общественно-политическая Хорезмская Народная ситуация в республике, организация власти, укрепление Сове… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khanate of Khiva, qurultoy, конституция, Revolution committee, muxolifat, курултай, Xiva xonligi, Революционный комитет, resolution, kurultay, xalq vakillari, Inqilobiy Komitet, Хорезмская Народная Советская Республика, konstitutsiya, constitution, резолюция, opposition, Khorеzm People Soviet Republic, people’s representatives, народные представители, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Хивинское ханство, оппозиция, rezolyutsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники