Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Социально-психологические основы имиджа руководителя-командира в системе министерства обороны
Lochinbek RAVSHANOV
Общество и инновации · 4 · 368-373 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена социально-психологическим командир, характеристикам имиджа военнослужащего. Система военнослужащий, подготовки военнослужащих обороны включает воинская часть, в себя профессиональную, научную и психологическую. военный устав, военный имидж, Смысл статьи раскрывает концептуальные основы имиджеология, поведенческого, духовного, эмоционального и социально- социально- психологического компонентов имиджа военнослужащих. психологический имидж, В связи с этим, особое внимание уделено роли имиджа в военная роль, деятельности военнослужащего, военной роли, военному воинское звание, военный профессионал, званию, психологическому имиджу и понятию личности. военный психолог, военная деятельность, профессиональный патриотизм. Davlatlar oʻz sarhadlari daxlsizligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning tinchligini va osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan taʼminlangan, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi, harbiy professional va bugungi kun talablariga toʻliq javob beradigan, ekstremal vaziyatda vujudga keladigan har qanday qurolli toʻqnashuvlarning oldini oladigan harbiy kadrlarni tayyorlash – har bir davlatning buyuk kelajagini barpo etish yoʻlidagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, yurtimizda soʻnggi yillarda milliy armiyamizni izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–60-son Farmonida “...davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish” chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu esa, psixologiya sohasi mutaxassislarini Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik kontseptsiyasini yaratish hamda takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yangi yechimlar topishga undaydi. Olib borilayotgan tadqiqotlar avvalo, nazariy va amaliy faoliyat jarayonlarida imijni shakllantirish muammosining paydo boʻlishi va taraqqiyoti bosqichlarini belgilashimiz muhim boʻladi. Bunda falsafa, psixologiya, pedagogika va mavzuga oid qator tadqiqot ishlaridagi mavjud manbalarni atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, biz tadqiqotimizda imij fenomeni va uning taʼrifi, imijning psixologik komponentlari, uni shakllanish rivojida ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, madaniy-tarixiy va ilmiy-nazariy asoslarini xronologik tizimda tahlil etishga harakat qilamiz. 369 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2023) / ISSN 2181-1415 Аvvalambor, imijning paydo boʻlishi, shakllanishi va taraqqiyoti tarixini nazariyotchi olim Y.V.Yakovlevning ilmiy qarashlariga asoslanib, shartli uch davrga ajratishimiz mumkin: 1) tarixiy davr (miloddan avvalgi 9–7 ming yillik – XVIII asr); 2) tizimlash (tartibga solish) davri (XVIII–XX asr oʻrtasi); 3) axborotlashgan davr (XX asr oʻrtasi-hozirgi vaqtgacha) [1]. Tadqiqotlarda qaysi vaqtda imijni yaratishga zaruriyat paydo boʻlganini taxmin qilishning imkoni yoʻq. Аynan qaysi bir mamlakatda ilk bora unga ehtiyoj tugʻilganini va uning asoschisi kim ekanligini aytish ham mushkul. Imijni shakllantirishning ibtidoiy koʻrinishlarini dastlabki jamoaviylik tuzumi bosqichida paydo boʻla boshlagan, degan farazni ilgari surishimiz mumkin. Imijelogiya zaruriyat sabab shakllantirilgan qiyofa va joziba yordamida insonlarni ishontirish, taʼsir oʻtkazish, ularning hayot tarzini oʻzgartirishga asoslanadi. Imij XX asrning favqulodda hodisasi, biroq uning tub ildizi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Jamoatchilik fikriga taʼsir etish vositasi sifatida hali taʼriflanmagan termin qadimgi zamonlardayoq faoliyatda mavjud boʻlgan. Imij fenomeni boʻyicha dastlabki mutaxassis sifatida hukmdor Moiseyning yordamchisi ruhoniy Аaron (miloddan avvalgi 1445-yil) tomonidan eʼtirof etiladi. Moiseyning duduqlanishi sababli uning oʻrniga xalq oldida Аaron gapirishga majbur boʻlgan. Shu sabab ham uni xukmdorning ogʻzi va bashoratchisi deb atashgan [2]. “Imij” tushunchasi asrlar davomida shakllanib, taraqqiy etib bordi. Аntik davrning mashhur mutafakkiri Аristotelning (miloddan avvalgi 384–322-yillar) taʼbiricha, auditoriyaning xayrixohligi va mayliga erishibgina, ularni ishontirish mumkin [3]. Qadimgi Rimning davlat va siyosiy arbobi, ajoyib notiq Sitseron (miloddan avvalgi 106–43-yillar) ommaning psixologiyasi, qiziqishlari va didini oʻrganish muhim ekanligiga urgʻu bergan. Uning fikricha, notiqning vazifasi tinglovchilarni estetik koʻnglini olish, ularning axloqi va irodasiga taʼsir oʻtkazishdir. Siyosiy arbob va sarkarda Yu.Tsezar (miloddan avvalgi 102–44-yillar) ommaga taʼsir koʻrsatuvchi yorqin mahorat egasi boʻlgan. U harbiy janglar oldidan oʻ
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена социально-психологическим командир, характеристикам имиджа военнослужащего.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена социально-психологическим командир, характеристикам имиджа военнослужащего. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commander, well as the notion of a person also did not stay out of the, военное звание, harbiy professional, военная роль, military role, harbiy xizmatchi, военная часть, social-psychological image, military professional, военный профессионал, kasbiy fidoiylik, komandir, имиджеология, военная деятельность, harbiy unvon, военный устав, military part, military rank, harbiy rol, военный имидж, командир, ijtimoiy-psixologik imij, социально-психологический имидж, military psychologist, военнослужащий, military activity, harbiy faoliyat, harbiy imij, military image, military servant, harbiy psixolog, professional patriotism, imijeologiya, военный психолог, military regulations, harbiy intizom, профессиональный патриотизм, harbiy qism
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018