К содержанию
РецензированоRU2022

Значение участия адвоката в разбирательствах в высшей инстанции в гражданских судах

Zarnigor BEBUTOVA · February -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Law)

Общество и инновации · 4 · 142-145 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируются особенности участия адвокат, адвоката в судах высшей инстанции, его задачи и представитель, препятствия, с которыми может столкнуться адвокат. апелляционная, Также изучается зарубежный опыт в данной сфере, и кассационная, пересмотр вступивших в освещается вопрос применения его положительных сторон законную силу судебных к национальному законодательству. актов по вновь открывшимся обстоятельствам, обязательное участие адвоката, гонорар адвоката. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra fuqarolar va yuridik shaxslar sudda vakil orqali ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu huquq ularda protsessning barcha bosqichlarida mavjud hisoblanadi. Agar fuqaro birinchi instansiyada vakil olmagan bo‘lsa ham yuqori instansiyalarda vakil orqali yoki u bilan birga protsessda ishtirok etishi mumkin. Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin [1]. Advokatlarning yuqori instansiyalardagi faoliyati tahlil qilinsa, ular faoliyati yuzasidan ayrim savollar yuzaga keladi: Birinchi instansiyada advokat xizmatidan foydalangan shaxs yuqori instansiyada ham uning xizmatidan foydalanmoqchi, xo‘sh advokat va ishonch bildiruvchi o‘rtasidagi munosabat davom etaveradimi yoki advokat bilan yangi shartnoma tuzilishi kerakmi? Birinchi instansiyada ishtirok etmagan advokat yuqori instansiyada ishtirok etayotganda uning vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi, qanday huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi? Yuqori instansiyalarda advokat ishtirokini majburiyligini belgilash kerakmi? Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. Yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi [2]. Agar fuqarolar va yuridik shaxslar yuqori instansiyada ham advokat xizmatidan foydalanishni xohlasa, u yuqoridagi bitimni yana advokat bilan tuzishi kerak bo‘ladi. Advokat yuqori instansiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinmi? Albatta ishonch bildiruvchi shaxs va advokat o‘rtasidagi munosabat fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lganligi bois birinchi instansiyada ishtirok etgan advokat yuqori instansiyada ishtirok etmasligi mumkin. Shuningdek, protsess ishtirokchilari birinchi instansiyada advokat xizmatidan foydalanmagan bo‘lsa ham yuqori instansiyada advokat xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayrim xorijiy davlatlarda yuqori instansiyada advokat ishtiroki majburiy qilib belgilangan. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-bo‘limi 4-bobi 78-paragrafida taraflarning advokat orqali majburiy vakillikni amalga oshirish jarayoni belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra “Landgerichten”, ya’ni “yer” yoki mintaqaviy sudlar va “Oberlandesgerichten”, yani yuqori (mintaqaviy) sudlarda taraflar advokat orqali ishtirok etishi shart. Agar mamlakatda “Sudlar Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 143 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2023) / ISSN 2181-1415 8-qismi asosida Oliy mintaqaviy sud tashkil etilgan bo‘lsa, tomonlar ham bu yerda advokat orqali ishtirok etishi shart. Federal sud oldida tomonlar Federal sud tomonidan tasdiqlangan advokat orqali ishtirok etishi lozim [3]. Ushbu holatni Ozarbayjon qonunchiligi bilan tahlil qiladigan bo‘lsak, Ozarbayjon Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 67-moddasi “Advokatning protsessda majburiy ishtiroki” deb nomlanib, unga ko‘ra kassatsiya va qo‘shimcha kassatsiya shikoyatlari, shuningdek, yangi ochilgan holatlar tufayli sud aktini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizalar faqat advokat tomonidan tuzilgan taqdirda sud ishlarini olib borishga qabul qilinadi. Kassatsiya tartibida va qo‘shimcha kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar yuzasidan sud aktini qayta ko‘rib chiqishda ishda ishtirok etadigan shaxslar sud majlislarida faqat advokat bilan qatnashishlari mumkin. Agar ishda ishtirok etayotgan shaxslarda ushbu Kodeksga muvofiq advokat ishtirok etishi majburiy bo‘lgan hollarda advokat xizmatini to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, sud aktini chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning yozma arizasi bilan advokatning protsessda ishtirok etishini taʼminlaydi [4]. Advokat agar birinchi instansiyada o‘zi ishtirok etmagan ish yuzasidan yuqori instansiyada bo`lsa ham yuqori instansiyada advokatishtirok etsa, ish bilan batafsil tashib chiqishi lozim bo‘ladi. Buning uchun advokat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasida keltirilgan “ish materiallari bilan tanishish” huquqidan foydalanishi mumkin. Chunki advokat vakil sifatida FPKning 39-moddasiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanadi. Advokat ishning apellyatsiya instansiyasida ko‘rilishi uchun tayyorlanayotganda F

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируются особенности участия адвокат, адвоката в судах высшей инстанции, его задачи и представитель, препятствия, с которыми может столкнуться адвокат.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируются особенности участия адвокат, адвоката в судах высшей инстанции, его задачи и представитель, препятствия, с которыми может столкнуться адвокат. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, cassation, пересмотр вступивших в законную силу судебных актов по вновь открывшимся обстоятельствам, адвокат, обязательное участие адвоката, vakil, кассационная, гонорар адвоката, апелляционная, advokatning majburiy ishtiroki, advokat, kassatsiya, lawyer, apellatsiya, appeal, advokat gonorari, lawyer's fee, reopening of judicial acts that have entered into legal force upon discovery of new facts, представитель, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish, representative, mandatory participation of a lawyer
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники