Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Иностранные слова обогащают или обедняют наш язык?
Mashhura ISMOILOVA
Общество и инновации · 3 · 311-314 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информация об узбекском язык, языке, источниках обогащения языка, способах обеднения мышление, языка, новых словах, законе «О государственном языке», языковое обогащение, родном языке и иностранном языке. пласт усвоения, называние, новые слова. 1 Student, Termez State Pedagogical Institute. E-mail: rustamkhurramov@mail.ru. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2022) / ISSN 2181-1415 Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Islom Karimov Til-insonlar orasida eng muhim aloqa vositasidir. Insonlar oʻz fikrlarini til vositasida ifodalaydigan va bir-birlarini tushunadilar. Til inson faoliyatida borliqni bilish, fikr almashish, jamgʻarilgan bilimlarni avloddan-avlodga yetkazish vositasidir. Tilda millatning bor-yoʻgʻi, oʻy-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuygʻulari aks etadi. Tildagi har bir soʻz inson tafakkuri va tuygʻusining natijasidir. Shunday ekan, ona tiliga hurmat va uning bebaho xazinasidan oʻrinli foydalanish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili boʻlgan har bir insonning muqaddas burchidir. Til odamlarning bir- birlari bilan muomalada boʻlishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Odamlar til vositasida oʻz fikrlarini, his-tuygʻularini ifodalaydilar. Tafakkur va til bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan inʼikosi hisoblanadi. Til fikrni ifodalash usuli, uni boshqalarga avlodlarga yetkazish vositasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli hisoblanadi. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til boʻlishi mumkin emas, yil jamiyat uchun, insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Yaʼni til yakka insonga emas, balki butun jamiyatga daxldor boʻlib, shu jamiyat aʼzolari yordamida rivojlantirilib, shakllantirilib boriladi. 1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tilida Davlat tili maqomi berish haqida Qonun qabul qilindi (1995-yil 21-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi). Bu mustaqillik sari tashlangan birinchi qadam edi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili oʻzbek tilidir”. Hech bir til yolgʻiz oʻzi rivojlanmaydi. Boshqa tillardan soʻz oladi-soʻz beradi, boyiydi-boyitadi. Oʻzbek tili lugʻatining boyish manbalari. Oʻzbek tili soʻz boyligi fan, texnika va sanʼatning rivoji bilan bogʻliq holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish asosan ikki manbaga asoslanadi: 1. Oʻzbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba). Bunda tilning oʻz ichki imkoniyatlari asosida boyiydi. Yaʼni soʻz yasash orqali (sinfdosh, limonzor va boshqalar), shevadan soʻz olish orqali (oyi, boʻlish, dugona va boshqalar). 2. Boshqa tillardan soʻz olish (tashqi manba). Xalqimiz azaldan boshqa xalqlar bilan madaniy aloqada boʻlib kelgan. Bu tilimizda ham aks etadi. Oʻzbek tiliga boshqa tillardan sizlar kirib kelgan. Masalan: doim, sanʼat, asosiy, ommaviy (arabchadan); oftob, dasta, olov, chopon, chorpoya (forscha); choy (xitoycha); manti, lagʻmon (uygʻurcha); stol, stul, ruchka parvoz (ruscha) va boshqa shu kabi soʻzlar boshqa tillardan oʻzbek tiliga kirib kelgan. Lekin bu jarayonning ham oʻz qonun-qoidalari, meʼyorlari bor. Chet tilidan kirgan soʻz tilni qachon boyitadi-yu, qachon kambagʻallashtiradi? Agar oʻzga til soʻzi bir tildagi yoʻq soʻz oʻrnini toʻldirsa yoki bor soʻz bilan yonma-yon ishlatilsa, foydalanuvchilarga qoʻshimcha variant taqdim etsa, u tilni boyitadi. Lekin tilda bor soʻz oʻrnini egallasa, uni siqib chiqarsa, bu tilni kambagʻallashtirish boʻladi. Tildagi soʻzlar ikki qatlamdan iborat: oʻz qatlam, oʻzlashma qatlam. Oʻz qatlamga oid soʻzlar azaldan tilimizda qoʻllanib kelayotgan ish, bosh, biz, yigirma kabi umumturkiy va oʻzbekcha soʻzlardir. Arab, fors, 312 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2022) / ISSN 2181-1415 Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar oʻzlashma qatlamni tashkil etadi. Qalam, bahor, telefon, parta kabi soʻzlar va boshqa soʻzlar oʻzlashma qatlamga kiradi. Yangi tushunchalarga ot qoʻya olmaydigan yoki ot qoʻyishga intilmaydigan til mustaqilligini, kuch-qudrati va salohiyatini yoʻqotayotgan tildir. Bugun oʻzbek tilining bu boradagi holati qoniqarli emas, nazarimda. Xoʻsh, bunga sabab nima?Xoʻsh, chetdan kirayotgan soʻz va atamalarga ot qoʻyishda yoki oʻzlashtirishda qanday muammolar bor. Men payqagan ikkita holat bor: Bugun chetdan kirayotgan tushunchalarni oʻzbekcha atashga intilish juda pasayib ketdi. Tayyorini olib qoʻya qolishga oʻtildi, oʻzbek tili paqqos isteʼmolchiga aylanyapti. Oʻzlashma soʻzlarni oʻzbekchalashtirish, soʻng ularni tatbiq etishda nazorat yoʻq. Shu sabab bir atama bir necha xil variantda
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информация об узбекском язык, языке, источниках обогащения языка, способах обеднения мышление, языка, новых словах, законе «О государственном языке», языковое обогащение, р…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информация об узбекском язык, языке, источниках обогащения языка, способах обеднения мышление, языка, новых словах, законе «О государственном языке», языковое обогащение, р… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language, tilning boyishi, new words, tafakkur, называние, thinking, language enrichment, til, ot qoʻyish, naming, yangi soʻzlar, oʻzlashma qatlam, мышление, acquisition layer, пласт усвоения, язык, новые слова, языковое обогащение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025