Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕРРОРИЗМ – УГРОЗА МИРУ, ПРОЦВЕТАНИЮ И БУДУЩЕМУ ЧЕЛОВЕЧЕСТВА
G‘ulomov Bahodir Jabborovich · Muzaffarov Abdullo Sayfiddin o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in Uzbekistan The main priorities of the National Strategy of the Republic of Uzbekistan to fight against extremism and terrorism for 2021-2026 are discussed. There are also suggestions for preventing negative consequences in this regard. Key words: fanaticism, extremism, terrorism, freedom of conscience, prevention, convention, National strategy. ЭКСТРЕМИЗМ И ТЕРРОРИЗМ – УГРОЗА СТАБИЛЬНОСТИ ОБЩЕСТВА Аннотация. В данной статье рассматривается сегодняшнее влияние экстремизма и терроризма на стабильность общества и роль Узбекистана в борьбе с экстремистской и террористической деятельностью и в Узбекистане. Обсуждаются основные приоритеты Национальной стратегии Республики Узбекистан по борьбе с экстремизмом и терроризмом на 2021-2026 годы. Есть также предложения по предотвращению негативных последствий в этой связи. Ключевые слова: фанатизм, экстремизм, терроризм, свобода совести, профилактика, конвенция, Национальная стратегия. Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan1. 1 Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. 2 18 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda. So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar. So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir. Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan, eng xavfli ijtimoiy illatlardan biridir. Diniy rangbaranglikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyotining muhim tarixiy omili boʻlgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna solishiga, aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazishi, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim oʻtkazib, eng
Доказательный фрагмент
«In this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in Uzbekistan The main priorities of the National S…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in Uzbekistan The main priorities of the National S… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fanaticism, extremism, terrorism, freedom of conscience, prevention, Terror tushunchasi, history of terrorism, terrorizm tarixi, Concept of terrorism, keng qamrovli terror, история терроризма, Концепция терроризма, всеобъемлющий террор, основы терроризма., comprehensive terror, torrorizmning tayanchi., basis of terrorism.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024