Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗУЛЬФИЯ УЗБЕКА
OʻZBEGIM ZULFIYASI · Raximiy Xurshidaxon Sharifovna · ZULFIYA OF UZBEK
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
This article gives an artistic vision of the life and work of Zulfiya Israelova, as well as her poetic collections. Key words: Zulfiya Israelova, poetry, statesman, reading, poems, publishing house, editor, head of department, magazine, works, collecton, International Prize, Asia, Africa, Russian, English, German, Indian, Bulgarian, Chinese, Arabic, Percian, spiritual, moral, Eastern woman, India. ЗУЛЬФИЯ УЗБЕКА Аннотация. В этой статье представлены художественные взгляды на жизнь и творчество Зулфии Исраиловой, а также ее сборники стихов. Ключевые слова: Зулфия Исраилова, поззия, государственный деятель, чтение, стихи, издатель, редактор, заведующий отделом, журнал, шедевр, коллекция, Международнйй приз, Азия, Африка, Русский, Англиский, Немецкий, Хинди, Болгарский, Китайский, Арабский, Персидский, духовный, моральный, Восточная женщина, Индия. Benazir ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilovaning tavalludigaham 108 yil boʻlibdi. XX asr oʻzbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri, davlat arbobi Zulfiyaxonim bugungi kun oʻquvchilari uchun yaxshi tanish. Maktab darsliklarida shoiraning qator she’rlarini mutolaa qilganmiz. Vatan, muhabbat, vafo, ezgulik tuygʻulariga yoʻgʻrilgan she’rlar barchamizning koʻnglimizdan munosib joy olgan. Oʻzbek xalqining sevimli adibasi 1915-yil 1-martda Toshkentda tug’ilgan. 1938-1948- yillarda, Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida boʻlim boshlig’i, 1950- 71 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 1953-yillarda “Oʻzbekiston xotin-qizlari”, “Saodat” jurnalida boʻlim boshligʻi, 1953-1980- yillarda esa bosh muharrir boʻlib ishlagan. Ulardan tashqari “She’rlar” va “Qizlar qoʻshigi” (1938) kabi poetik asarlari, Ikkinchi jahon urushi davrida “Uni Farhod der edilar” (1943), “Hijron kunlarida” (1944), kabi toʻplamlarining nashr etilishi adibaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganidan nishona edi. “Uylar”, “Shalola” kabi she’riy majmualari uchun Davlat mukofoti sovrindori boʻlgan. Hind mavzuyidagi she’rlari uchun Javoharlar Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor boʻlgan. “Dalada bir kun” (1948), “Tong qoʻshigʻi” (1953), “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Kuylarim sizga” (1965), “Soʻroqlaydi shoirni she’rim” (1960), “Oydin” (1953), “Mushoira” (1958), “Quyoshli qalam” (1967) kabi toʻplamlari esa shoira ijodining gultoji hisoblanadi. She’rlari rus, ingliz, nemis, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermantov, V.inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvit, M.Dilboziy, Amrita Pritom asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirgan. “Muhtaram Prezidentimizning Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligini nishonlash haqidagi qarori munosabati bilan joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlar, hotira kechalarida biz ustozning ibratli hayoti, shaxsiga bir karra sogʻinchli nigoh tashlaymiz, unuta boshlaganlarimizni eslaymiz. “Xalq mehrida yorman el shuhratiga”, - deya ijod qilgan, yashagan ulugʻ inson qalbiga yaqinroq boramiz” - deyiladi “Til va adabiyot” jurnalining 2015-yil 1-sonida. Shoira haqida oldinham va hozirham hamma yaxshi fikrda boʻlgan va hozirham boʻlyaptilar. Shoiraning she’rlari abadiiy qalbimizda muhrlanadi! “Shunday insonlar borki, hayotligingizdayoq uning umri afsonalarga, goʻzal qoʻshiqlarga aylanadi. Uning mukammal hislatlari millatning ma’naviy-axloqiy qiyofasini oʻzida aks ettiradi. Oʻzbekiston xalq shoirasi, jahonga mashhur Zulfiyaxonim chin ma’noqa Sharq ayolining, donishmand, fozila onalarning timsoliga aylangan edi. U nechog’lik ulugʻ martabalarga erishmasin, xalqning oʻzida sodda, oliyjanob va barchaga birday yaqin edi”, -deydi “Saodat” jurnalining 1996-yil N5 sonida. O‘zining jozibali ijodi, nurga yoʻgʻrilgan faoliyati bilan oʻzbek ayolining timsoliga aylangan shoira biz uchun ardoqlidir. 1956-yil oʻzbek she’riyatining oʻlmas va betakror shoirasi Zulfiya Isroilova Hindistonda boʻlib oʻtgan Mushoirada qatnashib, davradagi barcha shoiralarni qoyil qoldirib, oʻzbek 72 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 she’riyatining yorqin namoyondasi sifatida nechogʻlik tajribali, sozga boy, iste’dodli shoira ekanligini namoyon etgan. Zulfiyaxonim XX asr oʻzbek adabiyotida, she’riyat va dostonchilikda sezilarli iz qoldirgan shoira hisoblanadi. Uning she’riyatida hayot zavqi, yaratish shavqi va gʻoliblik gʻururi, kelajak sururi hamda insonlar baxti, oshiqlar ahdi, xalqning yovga, yomonlikka gʻazabi, qirqin urush keltirgan hijron azobi-yu ayolning bardoshi, xullas xilma-xil hayotiy, insoniy tuygʻular, fikrlar, gʻoyalar ifodalanadi.
Доказательный фрагмент
«This article gives an artistic vision of the life and work of Zulfiya Israelova, as well as her poetic collections.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article gives an artistic vision of the life and work of Zulfiya Israelova, as well as her poetic collections. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zulfiya Israelova, poetry, statesman, reading, poems, publishing house, editor, ma’naviy, davlat arbobi, заведующий отделом, boʻlim boshligʻi, Болгарский, Rus, Восточная женщина, Zulfiya Isroilova, Xalqaro sovrin, государственный деятель, Fors, Hindiston., Персидский, Percian, Indian, Русский, she’rlar, India., Хинди, magazine, Arabic, Африка, International Prize, Nemis, издатель, Bulgarian, Sharq ayoli, Bolgаr, стихи, mutolaa, works, чтение, моральный, Hind, Арабский, Индия., Eastern woman, Russian, collecton, Osiyo, поззия, asarlar, Xitoy, nashriyot, English, head of department, spiritual, Зулфия Исраилова, Chinese, Англиский, журнал, axloqiy, Международнйй приз, духовный, редактор, Arab, Немецкий, German, Китайский, moral, she’riyat, jurnal, Africa, коллекция, Afrika, Ingliz, Asia, Азия, toʻplam, muharrir, шедевр
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025