Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Деятельность по изучению и анализу криминогенной обстановки в зоне обслуживания профилактического инспектора
Sirojiddin ESHKOBILOV
Общество и инновации · 3 · 148-155 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье приведены сведения о деятельности профилактика инспекторов профилактики по изучению и анализу правонарушений, криминогенной обстановки в зоне обслуживания, а также административная сведения о криминогенных ситуациях и их видах. территория, криминогенная обстановка, чрезвычайная ситуация, профилактические меры. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida ishtirok etib, profilaktika inspektorlarining bilim saviyasini muntazam oshirib borish borasida qator topshiriqlar berdi. Mazkur ko‘rsatmalarning ijrosi bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillarining chuqur bilimli, o‘z ishining ustasi bo‘lgan chinakam professional xodimlar sifatida faoliyat olib borishiga imkon yaratayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ichki ishlar organlari tizimida chuqur va har tomonlama islohatlarning amalga oshirilishi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari tug‘risida”gi PF–5005-sonli farmonida ham o‘z ifodasini topgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbeksiton Respublikasi Prezedenti Sh.Mirziyoevning ta’biri bilan aytganda, “kelajakda el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’nodagi xalqpavar ichki ishlar tizimini yaratishimiz kerak”.* Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli tub islohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish barobarida ularning sodir etilishiga olib keluvchi shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishdan iborat. Shu bois, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy sub’yektlaridan biri hisoblangan ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyatini chuqur o‘rganish va uni yanada takomillashtirish bugungi kunning talabidir. Sohaga doir qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyatini, talablarini yaxshi bilgan xodimgina o‘z faoliyati bilan bog‘liq protsessual hujjatlarni to‘g‘ri yurita oladi. Prezidentimizning “Obod va xavfsiz” mahalla yaratish to‘g‘risidagi topshiriqlari bo‘yicha har bir profilaktika inspektori ishlashi kerakligi va doimo mahalla fuqarolari osoyishta, tinch, bexavotir hamda profilaktika inspektoriga ishongan holda yashashlari uchun har kuni “qanday qilsam mahallam tinch, xavfsiz va obod bo‘ladi” degan shior ostida ishlashi kerak. * O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-sonli Farmoni // URL:http://www.lex.uz. 149 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2022) / ISSN 2181-1415 O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” olijanob g‘oyasi asosida tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga keng qamrovli islohatlar amalga oshirilib, bu boradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yaxlit normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali faoliyati natijasida mamlakatda huquq-tartibot mustahkamlanib, kriminogen vaziyat sezilarli darajada yaxshilanganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatilgan barcha funksiyalarni samarali bajarish har tomonlama hududda kriminogen vaziyatni o‘rganishni, tahlil qilib borishni talab qiladi. Shunday ekan, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda eng avvalo mahallada yashovchi, o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxslarning turmush tarzini, mavjud muammolarni o‘rganishi zarurdir. Hozirda olib borilayotgan islohatlar davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’yektlarining yangi tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish sha
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье приведены сведения о деятельности профилактика инспекторов профилактики по изучению и анализу правонарушений, криминогенной обстановки в зоне обслуживания, а также административная свед…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье приведены сведения о деятельности профилактика инспекторов профилактики по изучению и анализу правонарушений, криминогенной обстановки в зоне обслуживания, а также административная свед… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crime prevention, криминогенная обстановка, kriminogen vaziyat, administrative area, criminogenic situation, profilaktik chora-tadbirlar, восстановление, preventive measures, ma’muriy hudud, huquqbzuarliklar profilaktikasi, чрезвычайная ситуация, профилактические меры, favqulotda vaziyat, emergency situation, административная территория
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026