К содержанию
РецензированоRU2022

МАХАТМА ГАНДИ

Mahatma Gandi · Mamlakat KODIROVA · Mahatma Gandi (Karshi State University)

Общество и инновации · 3 · 43-46 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: Это статья рассказывает о Махатме Ганди, одном из гандизм, философия, основателей Индийского национально-освободительного принципы, Веданта, вера, движения. идеалист, утопия, родина, независимость. Mahatma Gandi buyuk mutafakkir va davlat arbobi bo`lib Hindiston xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ulkan iste’dod sohibidir. Milliy kongressning g’oyasi Mahatma Gandi nomi bilan bog’liq bo’lgan gandizmdir. Gandizmning asosiy prinsiplari mustamlakachilik zulmiga qarshi, milliy mustaqillikni qo`lga kiritishga qaratilgan bo`lib xalqni kurashga ko`tarishga 1 Candidate of Historical Sciences, Associate Professor, Department of History of Uzbekistan, Karshi State University Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2022) / ISSN 2181-1415 yordam berdi. Mahatma Gandi xalqni mustaqillikka qarshi kurashga ruhlantirdi, lekin kurashning revolyutsion formalarini rad etdi. Hindiston xalqi millati tiliga qarab juda ko’p guruhlarga bo`lingan hamda turli diniy oqimlar mavjud bo`lgan qurolsiz xalq edi. Ana shu xalqning Angliyaning bosqinchilik harakatiga qarshi kurashgan fidokor insoni, ya’ni hind xalqining dohiysi edi. Mahatma Gandi Hindistondagi turli sinflarning bosqinchilarga qarshi kurashiga rahbarlik va yetakchilik qildi. Gandi o`z vatanining milliy ozodligi uchungina emas, balki butun Hindiston xalqini ozodlikka olib chiqishga va ularning huquqlarini o`rnatishga harakat qildi. Hindlar uni “Mahatma” (buyuk qalb) deyishadi. Gandi xalqini sevgan haqiqatparvar chinakam fidoyi inson edi. U hamisha “Men Hindistonning oddiy bir xizmatkoriman – Men nafaqat hind xalqiga balki butun insoniyatga xizmat qilayapman”, der edi. Gandining dunyoqarashi dinga asoslangan edi. Uning dinga chuqur e’tiqod qilganligi uning tashqi qiyofasida ham, ibodat qilishida ham, namoz o`qishida, ro`za tutishida, parhezida butun dunyoqarashining ichki mohiyatida o`z ifodasini topgan. U hamisha hamma nutqlarida Xudoga murojaat qilgan. Gandi 1869-yil 2-oktabrda Hindistonning Parbanda shahrida Gujorat knyazligining amaldori oilasida dunyoga keladi. Mahatma Gandi haqida hind faylasufi D.Datta ilmiy asar yaratgan. U shunday deb yozadi: “Gandi o`sgan o`lkada jaynistlar, musulmonlar, otashparastlar va boshqa ko`plab dinlarga mansub kishilar istiqomat qiladi. Bularning orasida Gandi otasining do`stlari ham bor di, ular diniy mavzularda suhbat va muzokaralar o`tkazar edilar. Kichkina Gandi bu suhbatlarni tinglab ulg`ayadi. Gandining eng sevimli joyi otasining kutubxonasi edi. U bu kutubxonadan “Ramayana”, “Bxagatvita”, “Manu qonunlari” deb nomlangan qadimiy kitoblarni jonu dili bilan o`qir va shu kitoblarni o`qish asosida yoshligidanoq dinlar haqida ozmi-kopmi tasavvurga ega edi. Mahatma Gandining otasi Katxiavaraning turli shtatlarida vazir bo`lib xizmat qilgan. Uning onasi ham dinga e’tiqodi baland bo`lgan. Gandilarning oilasida diniy an’ana va urflarga juda qattiq amal qilingan. Mana shunday tarbiya Gandiga ta’sir qilgan va shu ruhda kamol topishiga zamin yaratilgan. Gandi Angliyadagi yuksak e’tiborli yuridik maktabni tamomlaydi va 1893-yilgacha Bombeyda advokatlik qiladi. Gandi 1893-1914-yillarda Janubiy Afrikaning Natal shahridagi hind savdo firmasida yurist-konsul bo`lib xizmat qiladi. Bu yerdagi hayoti davrida milliy mustamlaka zulmiga guvoh bo`ladi. Bechora xalqning erki o`z qo`lida emasligini ko`rib achinadi va o`zining ijtimoiy siyosiy faoliyatini shu yerdan boshladi. O`sha paytda janubiy Afrika va Natal Angliyaning mustamlakasi edi. Natalda olmos konlari, ko`mir shaxtalari, oltin konlari va shakarqamish plantatsiyalari juda ko`p va katta edi, ushbu plantatsiya va konlarga Hindistondan yollab kelingan kambag`al dehqonlar och-nochor, arzimagan haq evaziga ishlar, ko`plari ochlikdan, qiyinchilikdan o`lib ketar, hech kim ular haqida o`ylamas edi. Mana shunday sharoitda hind savdogarlari savdo-sotiqqa faol qatnasha boshladi va Yevropa savdogarlariga raqobat qilib, ularning raqobatchisiga aylandilar. Janubiy Afrikaning irqchi ma’murlari bu yerdagi barcha osiyoliklarning huquqini cheklab qo`ygan edilar. Hindlar maxsus joylarda yashar, katta poyezd va avtobuslarda yurishi mumkin emas edi. Ularning maktablarda o`qishi ham cheklab qo`yilgan edi. Gandi ana shunday jabr-zulmlarni o`z ko`zi bilan ko`rdi. U mana shunday xo`rliklarga qarshi 22 yil kurash olib bordi. U janubiy Afrikada Satyagraxa (qurol ishlatmasdan qarshilik ko`rsatish) taktikasini ishlab chiqadi. 44 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2022) / ISSN 2181-1415 U xalq ommasini irqchilarga qarshi namoyishlar o`tkazish, talabnomalar yozishga jalb qiladi. Gandi 1915-yilda Hindistonga qaytib keladi va hind burjua partiyasi Milliy congress ishlariga faol qatnashadi. 1917-1918-yillardan boshlab hind xalqining milliy ozodlik harakatida ishtirok eta boshlaydi. O`sha paytda birinchi jahon urushi tufayli hind mehnatkashlarining ahvoli juda og’irlashgan va ingliz mustamlakachilariga qarshi ommaviy

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Это статья рассказывает о Махатме Ганди, одном из гандизм, философия, основателей Индийского национально-освободительного принципы, Веданта, вера, движения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Это статья рассказывает о Махатме Ганди, одном из гандизм, философия, основателей Индийского национально-освободительного принципы, Веданта, вера, движения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gandism, philosophy, Vedanta, e’tiqod, mustaqillik, idealist, утопия, Гандизм, utopiya, Веданта, принципы, principles, prinsiplar, вера, independence, utopia, идеалист, Gandizm, homeland, независимость, родина, vatan, falsafa, belief, философия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники