Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Социально-психологические факторы обеспечения отношений гендерного равенства в узбекских семьях
Gulzoda ESHONKULOVA
Общество и инновации · 3 · 220-225 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются социально-психологические общество, факторы обеспечения гендерного равенства в узбекских семья, семьях, обеспечения равных прав и возможностей женщин реформа, и мужчин, защиты женщин от угнетения и насилия. Также в национальные ценности, права человека, статье выдвинуты важные рекомендации по улучшению равенство полов, правового и экономического положения женщин, пол, улучшению условий их жизни и труда, сохранению женщины, репродуктивного здоровья, изменению традиционных мужчины, ролей женщины и мужчины в обществе и семье. семейные отношения, пара, Исследования, проведенные автором, показывают, что родитель, р изучение данной проблемы весьма актуально на ебенок, сегодняшний день. роль, разделение труда, угнетение, насилие. Jonajon Vatanimiz mustaqillikka erishgach mamlakatimizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin- qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament Yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin- qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Bugungi kunda islohotlar samarasi sifatida jamiyatimiz hayotida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilganligi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlanayotganligi, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni har xil tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi quvonarli holdir. 221 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 Ma’lumki, “gender” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi lotincha “genus”, ya’ni “jins” ma’nosini anglatib, jamiyatda har ikki jins vakillari o‘zlarining shaxsiy fazilatlarini namoyon qilish uchun teng, bir xil sharoit va imkoniyatlarning mavjudligini anglatadi. Biologik jins insonlarni ayol va erkaklarga ajratsa, gender esa – ayol va erkaklarning jamiyatdagi statusini ajratishga qaratilgan. Jamiyatda ayol va erkaklarning o‘z o‘rnini topishi va belgilashi uchun davlatning ularga bir xil sharoit va imkoniyat yaratib berishi gender tenglikni ta’minlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikka erishishga, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy va iqtisodiy ahvolini, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilashga, reproduktiv salomatligini saqlashga, shuningdek ayollarning ham, erkaklarning ham jamiyat va oiladagi an’anaviy rolini o‘zgartirishga qaratilgan siyosat qonun chiqaruvchilik va ijro etuvchilik darajalarida olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab uning inson huquqlariga oid asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan xalqaro huquqiy hujjatlar – Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” hamda “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qoidalariga mos ravishda oilani mustahkamlash, uning har bir a’zosi haq-huquqlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarda o‘z huquq va erkinliklaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan milliy qonunchilik bazasi yaratildi va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang tarzda doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Jumladan, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan urf-odat va an’analarimiz, qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ishonch ramzi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga “Oila” deb nomlangan alohida bob kiritilib, uning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi qat’iy kafolatlab qo‘yildi. Jahon psixologiyasida oilaviy munosabatlarda gender tenglik masalasini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, amerikalik tadqiqotchi Devid Mayyers jins, genlar va madaniyat masalalarini o‘rganar ekan, genderni - erkaklik va ayollik xususiyatlarini tavsiflovchi tushuncha sifatida, jinsiy tafovutlarni o‘rganish xotin- qizlarning erkaklarga nisbatan anchagina masalalarda ustunlikka ham ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, ayollardagi tajovuzkorlikning kamligi, o‘zgalarga g‘amxo‘rlik va o‘zgalar tashvishlariga nisbatan befarq bo‘lolmaslik, hamdardliklari aynan ularning jamiyatda tutgan foydali mavqelarini belgilashi mumkin. Aynan ayollar, boshqa tadqiqotchilarning fikricha, insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda iliqli
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются социально-психологические общество, факторы обеспечения гендерного равенства в узбекских семья, семьях, обеспечения равных прав и возможностей женщин реформа, и мужчин, защиты…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются социально-психологические общество, факторы обеспечения гендерного равенства в узбекских семья, семьях, обеспечения равных прав и возможностей женщин реформа, и мужчин, защиты… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- society, shows that the study of this problem is very relevant today, женщины, er-xotin, пол, violence, zo‘ravonlik, family, parent, общество, men, jamiyat, gender tenglik, islohot, inson huquqlari, xotin-qizlar, erkaklar, семья, роль, couple, ota-ona, насилие, oila, национальные ценности, role, division of labor, rol, jins, мужчины, tazyiq, gender, родитель, farzand, mehnat taqsimoti, national values, пара, реформа, oilaviy munosabatlar, равенство полов, oppression, milliy qadriyatlar, семейные отношения, women, human right, reform, family relations, разделение труда, gender equality, child, права человека, угнетение, ребенок
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024