Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Анализ психологических проблем общения в исследованиях психологов Узбекистана
Erkin YOZIYEV
Общество и инновации · 3 · 226-232 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В статье описываются психологические проблемы общество, общения, что является одной из актуальных проблем человек, социальной психологии, и их изучение в психологии нашей межличностные страны. Автор описывает опыт психологов нашей страны по отношения, взаимоотношения, определению общения и его места в жизни человека, по взаимодействие, разработке эффективных видов и способов общения в общение, различной социальной деятельности, по исследованию его личное общение, чисто психологических механизмов, а также национальный педагогическое общение, характер межличностных отношений, его определяющие психологический барьер, ситуационные барьеры, факторы, выдвигается важная информация людей о предметные барьеры, способах правильного восприятия друг друга. Автор мотивационные барьеры, подчеркнул, что данная проблема очень актуальна в управленческая настоящее время, а ее изучение ставит перед психологами коммуникация. ряд важных задач. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasini o‘rganish hozirgi zamon psixologiyasi fani oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur muammoni o‘rganish nafaqat bugungi kunda dolzarb hisoblanadi, balki qadimgi davrlardan o‘z zamonasining ilg‘or tafakkur egalari bo‘lgan mutafakkirlarning tadqiqot ob’yekti bo‘lgan hamda ularning asarlarida kishilar o‘rtasidagi muloqot, uning qonuniyat va mexanizmlarini tadqiq qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, shaxslararo o‘zaro ta’sir mexanizmi va shaxslararo munosabatlar masalalarini o‘rganish hamma davrlarda o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. Xuddi shu boisdan, shaxslararo munosabatlar muammosi o‘z tabiatiga ko‘ra keng ko‘lamli ko‘rib chiqishni talab qiladi, shuning uchun psixologiya fanining rivojlanishi bilan u izchil ravishda mazkur fanning turli sohalari predmetiga aylandi. Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasini o‘rganish mamlakatimiz psixologlari tomonidan ham samarali o‘rganib kelingan. Bu sohada E.G‘oziyev, G‘.Shoumarov, M.Davletshin, V.Karimova, A.Jabborov, Z.Nishonova va boshqalarning ishlari ma’lum. Ular muomalaning inson hayotida tutgan o‘rnini aniqlash, turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini ishlab chiqish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish maqsadida qator tadqiqot ishlarini olib borganlar, hozir ham ushbu yo‘nalishda izlanishlar davom ettirilmoqda. Atoqli olim E.G‘oziyev muomalaga ijtimoiy-psixologik voqelik sifatida qaraydi. Uning ta’kidlashicha, muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro 227 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, bir-birlarini his qiladilar, idrok etadilar, muayyan tasavvur obrazlarini yaratadilar va bir-birlarini tushunadilar, u yoki bu imkoniyatlarini anglaydilar va baholaydilar. Xuddi shu boisdan, muomala ijtimoiy-psixologik hodisa, ilmiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, insoniyat hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, his-tuyg‘uli, motivatsion, kognitiv va regulyativ qirralarining ham ob’yektiv, ham sub’yektiv ehtiyoji sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuv va kamolotning asosiy omili, negizi, mexanizmi vazifasini bajaradi. E. G‘oziyevning fikricha, muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi. Har bir inson turli yoshdagi, jinsdagi insonlar bilan muloqotga kirishish uchun muloqot maromi, muomala turlari, tarkiblari, nutqli va nutqsiz (so‘zsiz) vositalar bilan yaqindan tanishishi, etnik xususiyatlari, milliy an’analar hamda rasm-rusmlarga rioya qilish orqali muomalaga kirishishi eng oqilona yo‘ldir. Har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olib muomala o‘rnatish shaxslararo munosabatni iliqlashtiradi, o‘zaro ishonch va yaqinlik tuyg‘usini uyg‘otadi, kirishimli kishilar safini kengaytiradi. Bunda, ayniqsa, so‘zning ta’sir qudratidan foydalangan holda suhbatdoshni o‘ziga moyil qilish, o‘rni kelganda kompliment (xushomad) ko‘rsatish muhim o‘rin tutishi muallif tomonidan e’tirof etiladi. E. G‘oziyev “Muomala psixologiyasi” kitobida o‘zaro munosabatlarda suhbatdoshni o‘ziga moyil qilish uchun quyidagi muhim jihatlarga amal qilishni tavsiya qiladi: 1) ochiq ko‘ngilliligingizni namoyon qiling, bunda doimo yuzingizda tabassum bo‘lsin; 2) suhbatdoshingizni tez-tez ismini tilga olgan holda gapiring; 3) suhbatdoshingizga nisbatan doimo hurmat va e’tiborda bo‘ling; 4) suhbatdoshingizni diqqat bilan eshitishni o‘rganing; 5) doimo suhbatdoshingizni qiziqtirgan narsalarni hisobga olgan holda suhbatni olib borishga harakat qiling; 6) doimo suhbatdoshingiz o‘zining ahamiyatga molik inson ekanligini his qilishiga yordam bering; 7) suhbatdoshingizga kompliment qilib turishni u
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье описываются психологические проблемы общество, общения, что является одной из актуальных проблем человек, социальной психологии, и их изучение в психологии нашей межличностные страны.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье описываются психологические проблемы общество, общения, что является одной из актуальных проблем человек, социальной психологии, и их изучение в психологии нашей межличностные страны. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ociety, relations, its determining factors, important information of, relationships, shaxslararo munosabat, boshqaruv muloqot, общество, jamiyat, предметные барьеры, взаимодействие, человек, vaziyatli to‘siqlar, ситуационные барьеры, mazmuniy to‘siqlar, общение, psychological barrier, subject barriers, shaxs, interpersonal relations, communication, person, motivational barriers, взаимоотношения, pedagogical communication, межличностные отношения, психологический барьер, pedagogik muloqot, управленческая коммуникация, o‘zaro munosabat, interaction, personal communication, педагогическое общение, psixologik to‘siq, shaxsiy muloqot, личное общение, muloqot, motivatsion to‘siqlar, situational barriers, managerial communication, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026