Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Факторы создания здоровой обстановки в подростковой команде
Saboat ORIFOVA · August -/© in Science LLC. (Regional Center for Retraining and Professional Development of Public Education Workers of Namangan)
Общество и инновации · 3 · 201-205 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье говорится о влиянии психологической психологическая среда, обстановки на формирование различных учебных и личность, трудовых коллективов (сообществ), отмечаются значение и юность, общество, 1 Senior Lecturer of Regional Center for Retraining and Professional Development of Public Education Workers of Namangan Region. E-mail: yakubovasaboat@gmail.com. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 отношение, преимущества психологической обстановки в обучение. эффективности учебного и трудового процессов. Jamiyatninig barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlar davrida jamoada sog‘lom ruhiy muhit yaratishga layoqatli insonlarga nisbatan katta ehtiyoj sezilmoqda. Ana shunday jamoa hamjihatligi malaka va ko’nikmalari avvalo maktabda shakllantiriladi. Ayni paytda pedagoglar va maktab amaliyotchi psixologlari o‘quvchilar jamoasi uchun umumiy hisoblangan ijtimoiy-ruhiy muhitga oid asosiy qoidalarni bilishlari kerak. Chunki shaxs aynan oiladagi, bog‘cha, maktab va mehnat jamoalaridagi ruhiy muhit ta’sirida shakllanadi. Shu sababli ushbu maqolaning asosiy mazmuni ham o‘smirlar jamoasida ijtimoiy-ruhiy ko‘rinishdagi muayyan muhit xususida axborot berishdan iboratdir. Pedagogikada axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni uyg‘un rivojlantirishdan iborat bo‘lib, u ko‘p jihatdan shaxs o‘zining rivojlanishi jarayonida qaysi jamoalarga va qanday qo‘shilishi bilan belgilanadi. Shunisi ravshanki, jamoa ijobiy ruhiy muhitga ega bo‘lgandagina shaxsni shakllantirishning qudratli vositasiga aylanadi. Ruhiy muhit ob’yektiv mavjud рodisadir. U ikki omil ta’sirida vujudga keladi. Bu avvalo umuman jamiyatdagi ijtimoiy-ruhiy vaziyatdir. Butun jamiyat muhiti alohida jamoalarning ruhiy muhitida bevosita aks etadi. Ikkinchi omil – mikroijtimoiy shart-sharoitlar: ushbu jamoaning jamiyatdagi mehnat taqsimotiga nisbatan vazifaliri, o‘ziga xos xususiyatlari, jug‘rofiy va iqlimiy shart- sharoitlar, jamoaning keng ijtimoiy muhitdan ajralib qolganlik darajasi, uning yosh va jinsiy tarkibi va hokazolar. Ushbu ikki omil jamoaning “ruhiy muhit” deb nomlanadigan holatini belgilab beradi. Ruhiy muhit deganda jamoaning his-tuyg‘uli ruhiy kayfiyatini tushunish kerakki, unda jamoa a’zolarining qadriyatlari, ma’naviy me’yorlari va manfaatlari bilan belgilanidigan hissiy darajadagi shaxsiy va amaliy o‘zaro munosabatlari aks etadi. Jamoadagi ruhiy muhit muomala jarayonida vujudga keladi va namoyon bo‘ladi, unda ruhiy ehtiyojlar ro‘yobga chiqariladi, shaxslar va guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar vujudga keladi va hal etiladi. Bu jarayonda kishilar o‘rtasidagi hamkorlikning yashirin mazmuni: bellashuv yoki yashirin raqobat, o‘zaro yakdillik yoki hammaning bir-biriga kafilligi, qo‘pol tazyiq o‘tkazish yoki ongli intizom yaqqol aks etadi. Bolalar jamoalarining ruhiy muhiti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bolalar jamoasi nazariyasi rivojlanishiga olim A.S.Makarenko juda katta hissa qo‘shgan. Aynan uning asarlarida biz tarbiyalanuvchilar jamoasidagi sog‘lom muhit to‘g ‘risida qimmatli ma’lumotlarni topamiz. Makarenko “ruhiy muhit” degan atamadan foydalanmagan, balki “uslub”, “ohang” kabi tushunchalarni qo‘llagan. U ko‘tarinki ohangning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni taklif qilgan: 1. Ichki, ishonchli xotirjamlikning namoyon bo‘lishi, har doim shijoatli, harakat qilishga tayyor turish. Jamoaning har bir a’zosida o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usining mavjudligi, o‘z jamoasi bilan faxrlanish. 2. Jamoa hamjihatligi, a’zolarining do‘stona birligi. Ichki munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilarni tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin bu ta’sir ko‘rsatishning maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni begonalar oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor yetkazmaslik, uni obro‘sizlantirmaslik. 3. Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi. Har bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik zaif, kuchsiz bo‘lmasin, o‘zining yolg‘izligi yoki himoyasizligini his qilmasligi kerak. 202 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 4. Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi. 5. Harakatlarda va muloqotda o‘zini boshqara olish. Jamoada sog‘lom muhitning yaratilishi ta’lim jarayonida ham, mehnat jarayonida ham muhim o‘rin tutadi. Bunday jamoada ta’lim samaradorligi va mehnat unumdorligi sifatli bo‘ladi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan guruhining munosabatlaridan qoniqmaydigan, unda o‘zini erkin his qilmaydigan (kamsitilgan), yolg‘izlanib qolgan, hissiyotga berilishi oqibatida fikrini bayon etishga qiynaladigan o‘quvchilarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu esa uning o‘qish samaradorligiga albatta salbiy ta’sir etadi. Eng yomon tomoni bu – buni sezmaydigan o‘qituvchidir... Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim muassasalarida amaliyotchi psixologlar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Aslida yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье говорится о влиянии психологической психологическая среда, обстановки на формирование различных учебных и личность, трудовых коллективов (сообществ), отмечаются значение и юность, общес…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье говорится о влиянии психологической психологическая среда, обстановки на формирование различных учебных и личность, трудовых коллективов (сообществ), отмечаются значение и юность, общес… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, o’zaro munosabatlar, обучение, trening, community, relationship, training, отношение, youth, личность, общность, o’smirlik yoshi, personality, shaxs, юность, психическая среда, jamoa, ruhiy muhit, mental environment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026