К содержанию
РецензированоRU2022

Педагогические возможности развития восприятия и внимания младших школьников в процессе обучения

Latifa KORAYEVA (attention of primary school student during educational)

Общество и инновации · 3 · 164-169 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы развития восприятие, восприятия, внимания, мышления и творчества учащихся внимание, начальной школы. интеллект, мышление, 1 Teacher of Navoi region National center of teachers training new methods. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 творчество. Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o‘sha jamiyat fuqarolarining ma’naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga bog‘liq. Shunday ekan, ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to‘laqonli shakllanmagan shaxsda o‘z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish tuyg‘usi sayoz bo‘ladi. Metodologik fikr va tadqiqot ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni aytish lozimki, agar o‘quvchi o‘quv – biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, tarbiyachi – o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. O‘quvchining majburiyati qiziqish asosida bo‘lmay, balki majburiy, sun’iy va lozim bo‘lsa tayziq ostida sodir bo‘ladi. O‘quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko‘r- ko‘rona “o‘rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo‘ladi. “O‘qituvchi-o‘quvchi” va hech bir farzand dangasa, uquv siz, qobiliyatsiz yoki bo‘lmasam deylik tartibsizlik qilishga moyil bo‘lib tug‘ilmaydi. Ulardagi yaxshi yoki yomon fazilatlar, yoki bo‘lsama yaxshi ishlar qilishga va yomon ishlar bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ichki intilish, ehtiros, qiziqish, moyilliklar ularning u yoki bu fazilatlarni namoyon etishga bo‘lgan ichki psixologik yo‘nalish olishidan boshlanadi. Bunda insondagi idrok, diqqat, xotira, xayol, tafakkur, qiziqish, motivlar, qobiliyatlar singari psixologik hususiyat hamda jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishda ularning yuqoridagi kabi psixologik xususiyat va jihatlarini inobatga olish talab etiladi. Chunki bu yoshdagi bolalarning yangi bilim va tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirishlari, ya’ni bilish faolligining ortishi va ularning ta’lim va tarbiya olishlari aynan ushbu omillarga bog‘liqdir. Bu psixologik xususiyatlar qo‘yidagilar bilan tavsiflanadi: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi har qanday ob’ekt, sub’ekt va voqelikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi, uni atrof muhitning sirli olami, sehri, jilolanishi, jozibasi o‘ziga tortadi. Lekin ta’limning dastlabki bosqichida idrokning ayrim zayf tomonlari ko‘zga tashlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari idrokning salbiy xususiyati ob’ektlarni bir-biridan farqlashdagi zayflikdir. Ular ko‘pincha o‘rganiladigan materialni noaniq, xatto, notug‘ri idrok qiladilar. Buning oqibatida aynan uxshash xarflar, so‘zlar, narsalar tasviri, shakli, fazoviy joylashuvlaning farqini to‘la tasavvur qila olmaydilar. Masalan, “Q” bilan “K” xarflarini “o‘qish” bilan “uqish” so‘zlarini bir-biridan farqlamaydilar. Ba’zan esa ular kattalarning idrok ko‘lami qamrab olmaydigan narsalarni payqaydilar. Bolalarda tartibli, maqsadga muvofiq serqirra tahlil qilish faoliyati zayfligi uchun ular ta’lim jarayonida ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yadilar. Odatda zarur va muhim alomatlar bir yoqda qolib tasodifiy belgilarga e’tibor beradilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida predmetlarni yaxlit, aniq idrok qilish imkoniyati juda chegaralangandir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar idrokining yani bir xususiyati xilma-xil, yorqin buyoqlar, yaqqol tasvir va xis-tuyg‘uga boyligidir. Shuning uchun ular avvalo yorqin his- tuyg‘u uyg‘otadigan narsa va xodisalarni idrok qiladilar. Ana shu sababli ramziy va shartli belgilar, chizmalar, diametrik shaklga ko‘ra, jonli “jozibador” tasvirlar yorqin xis-tuyg‘u tarzida aks etadi. Kup fiziolog va psixologlarning fikricha, yorqin rangli tasvirlarni idrok qilish ramziy va shartli chizmalarni idrok qilishni vaqtincha to‘xtatib quyadi yoki ularning 165 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 4 (2022) / ISSN 2181-1415 mohiyatini chalkashtirib yuboradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf darsliklarining juda ko‘p suratlar bilan bezatilishi ham ma’qul emas. Chunki bunda o‘qish surati sekinlashadi, xatolar ko‘payadi, suratlarning ko‘pligi bolalarning matndan chalg‘itadi. Bolada muayyan o‘qish malakalari hosil bo‘lgandan keyin kitob varaqlarini suratlar bilan bezatish esa uning nutqi o‘sishiga, mavzu va fanga qiziqishi ortishiga yordam beradi. Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchining idroki maqsadga muvofiq boshqariladigan pertseptiv faoliyat darajasiga ko‘tariladi. Bola o‘qituvchining rahbarligida shaxsiy idrokni tashkil etish, o‘z oldiga vazifa quyish, idrok mahsulini nazorat qilish va hakozalarni o‘rgana boradi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы развития восприятие, восприятия, внимания, мышления и творчества учащихся внимание, начальной школы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы развития восприятие, восприятия, внимания, мышления и творчества учащихся внимание, начальной школы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
perception, tafakkur, intellektual, внимание, thinking, intellectual, ijod, idrok, attention, creativity, мышление, diqqat, интеллект, восприятие, творчество
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники