К содержанию
РецензированоRU2024

ФЕНОМЕН ГРАДУОНОМИИ СРЕДИ СЛОВОСОЧЕТАНИЙ

Husanova Dildora Begimqul qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

The phenomenon of gradation between word groups was discussed below. Examples of cases of graduonymy between different word groups were given. Key words: Graduonomy, degree, increase, decrease, word groups. ФЕНОМЕН ГРАДУОНОМИИ СРЕДИ СЛОВОСОЧЕТАНИЙ Аннотация. Явление градации между группами слов рассмотрено ниже. Приведены примеры случаев градуонимии между разными группами слов. Ключевые слова: Градуономия, степень, увеличение, убывание, группы слов. Hozirgi kunga kelib, til bu bir alohida sistema ekanligi va unga sistem yondashinuv kerakligi o’z isbotini topgan. Ushbu sistemada leksik-semantik munosabatlar mavjud bo’lib, ushbu ma’no munosabat turlaridan biri hisoblangan graduonomiya paradigmasi hozirgi kunda o’z dolzarbligini ko’rsatib kelmoqda. Graduonomiya deb leksemalar orasidagi ma’lum bir sifatlarning oshib yoki kamayib borishi jihatidan darajalanish hodisasiga nisbatan aytiladi. Keyingi davrdagi tadqiqotlardan shu narsa aniqlashilmoqdaki, graduonimlarni alohida bir paradigma sifatiga o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu esa darajalanish hodisasini zamonaviy paradigmlar asosida o’rganish, darajalanish munosabatiga asoslangan so’zlarning so’z turkumlariaro leksikohgrafik talqinlari tamoyillariga mosligini ta’minlash zaruratini ko’rsatadi.1 So’z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo’lgani kabi, o’zbek tilshunosligida ham so’zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so’z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo’lgan.2 Ya’nikim so’z turkumlarni ajratishda ulardagi ma’no-munosabat 1 M.Qosimova. O’zbek tilidagi fe’llarda semantic graduonomiya va uning leksikografik talqini: fil.fan.nom….dis.avtor.-Termiz,2023.-B.5. 2 Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. O’quv qo’llanma.-T.,:Fan va texnologiya,2009.-B277. 60 30-Sentabr, 2024-Yil juda muhim ahamiyat kasb etadi. Graduonomiya hodisasi esa hamma so’z turkumlari orasi uchrashi mumkin. Bunga o’zbek tilshunosligida ko’plab olimlar misollar keltirishgan. Jumladan, Sh.Orifjonova o’zining ilmiy ishlarida ot so’z turkumiga oid so’zlarda uchraydigan darajalanish va fe’llar orasida bo’ladigan graduonomiya haqida ma’lumotlar va misollar bergan. Masalan, o’zbek tilida konkret va abstrakt otlarda darajalanish qatorlari tuziladi, numerativ so’zlarda graduonomik munosabatlar yaqqol namoyon bo’ladi: Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy – hovli – qasr – saroy – koshona – ko’shk. 3 Yana bir olima M.Hakimova o’zining ishlarida otlarning salbiy va ijobiy ma’no anglatishiga ko’ra graduonomik qatorlar yuzaga keltirishi haqida aytib o’tgan. Ushbu holatni M.Hakimova quyidagicha ko’rsatib o’tadi: Turq-bashara-aft-bet-yuz-chexra-husn-jamol-diydor-oraz -4 -3 -2 -1 0 +1 +2 +3 +4 +5 4 Tabiat bilan bog’liq otlar ya’ni, tabiy ofatlarni ifoda etuvchi otlar ham harakatning ortib borishiga ko’ra darajalab chiqilgan: Yomg’ir-jala-sel. Shabada-shamol-bo’ron-dovul.5 Fe’llar esa harakatlarni ifoda qilganligi uchun ularda ushbu haratlarni turli holatlarini ifoda etgan vaqtida turli xil darajalanish yuzaga kelishi mumkin. Sh.Bobojonov va I.Ismoilovlarning “O’zbek tilining so’zlar darajalanish o’quv lug’ati”da juda ko’plab fe’llarning turli xil xususiyatlariga ko’ra darajalanganligini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, Jilmоq -qo`zg`almоq -o`rmalamоq - yurmоq - yugurmоq - chоpmоq - yelmоq. Ushbu qatorda fe’llar harakat tezligining oshib borishiga ko’ra graduonomik paradigmani tashkil qilgan.6 Fe’llar harakatni qay holatda ifoda etishiga ko’ra turli xil graduonimik qatorlarni tashkil qiladi. Ya’ni tezlikning oshib yoki kamayib borishiga ko’ra, salbiylik yoki ijobiylikning oshib yoki kamayib borishiga ko’ra darajalarning o’zgarishini ko’rsatishi mumkin. So’z turkumlaridan sifatga oid so’zlar orasida darajalanish holati juda ham ko’p sodir bo’ladi. Chunki ushbu so’z turkumidagi so’zlar biror bir narsaning belgisini ifodalaydi va ushbu belgilarning yuqori, o’rta yoki juda ham past ekanligini ham ko’rsatishda xizmat qiladi. 3 Orifjonova Sh. O’zbek tilida lug’aviy graduonomiya: Filol.fan.nomz…dis.avtoref. – Toshkent, 1996. 4 Hakimova M. Semisiologiya. – Toshkent,2008. -b.77. 5 Vaqqosova D. o’zbek tilida anemonimlarning semantik tahlili. 6 Sh.BOBOJONOV, I.ISLOMOV. O’zbek tilining so’zlar darajalanish o’quv lug’ati. – T.,Yangi asr avlodi,2007.- b.16. 61 30-Sentabr, 2024-Yil Yuqorida keltirganimiz darajalanish o’quv lug’atida ham bunga ko’plab misollar ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, Zеhnli - zukkо - zakiy - dоnо. Lug’atda ushbu paradigma a’zolari tushuncha doirasini tor yoki keng ifodalashiga ko’ra darajalar hosil qilinganligini aytib o’tilgan.7 Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shuni bilishimiz mumkinki, har qanday so’z turkumlari orasida graduonomiya paradigmasini uchratish mumkin. Darajalanish holati asosan bir so’z turkumdagi so’zlar orasida sodir bo’ladi va ushbu so’z turkumidagi so’zlarning ma’lum bir jihatlarining oshib-kamayib borishini ifoda etadi.

Доказательный фрагмент

«The phenomenon of gradation between word groups was discussed below.»

Образец извлечения

Демо-превью

The phenomenon of gradation between word groups was discussed below. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Graduonomy, degree, increase, decrease, word groups, word groups., daraja, ko’payish, kamayish, Graduonomiya, so’z turkumlari., Градуономия, группы слов., степень, увеличение, убывание
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники