К содержанию
РецензированоRU2022

Методика анализа профессиональной компетенции учителя информатики

Utkir ESHALIYEV

Общество и инновации · 3 · 154-159 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: В условиях развития нашего общества, воспитание педагогическое молодежи исходя из требований времени является одной мастерство, из важнейших задач. В частности, методика анализа репродуктивное, профессиональной компетентности учителя информатики исследовательское, творческое новаторство, является основной задачей при усилении работы с компетентность. одаренными учащимися, выявления их талантов, подготовки будущих учителей информатики. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-son Qarorlarida professor- o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish ta’lim sifatini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarida informatika o‘qituvchisini tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida turli ixtisosliklar o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, informatika o‘qituvchisini kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalarini o‘qitish tizimida “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” o‘quv modulining o‘qitilayotganligi pedagog kadrlarning zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishlari, ta’lim amaliyotida o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil rivojlantirib borish ko‘nikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratib qolmay, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi: – innovatsion ta’lim texnologiyalarining funksiyalari; – innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari va qo‘llanilish sohalari; – innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik-psixologik va metodik shart-sharoitlari; 155 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2022) / ISSN 2181-1415 – innovatsion ta’lim texnologiyalarini loyihalash qoidalari; – innovatsion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case-study (keys-stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologiyalarining mohiyati; – pedagogik kompetentlik asoslari va sifatlari; – pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish yo‘llari, shakl va metodlari; – pedagogik kompetentlik potensiali va undan oqilona foydalanish shartlari; – pedagoglarning kasbiy faoliyat (o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish)ga kreativ yondashishlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; – aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini shakllantirish; – interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash va rejalashtirish; – shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish; – talabalarning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish; – interfaol ta’lim texnologiyalari (amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case-study (keys-stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologiyalari)ni oliy ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini egallashi; – innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini “jonli”, ijodiy tashkil etish; – innovatsion faoliyatni tashkil etish; – innovatsion tafakkur yuritish orqali ta’lim jarayonida ijodiy muhitni yaratish; – innovatsion ta’lim texnologiyalarini oqilona tanlab olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar j

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В условиях развития нашего общества, воспитание педагогическое молодежи исходя из требований времени является одной мастерство, из важнейших задач.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В условиях развития нашего общества, воспитание педагогическое молодежи исходя из требований времени является одной мастерство, из важнейших задач. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss7/S-pp154-159, izlanuvchanlik, reproduktiv, creative innovation, ijodiy novatorlik, ko‘nikma, kompetentlilik, репродуктивное, компетентность, исследовательское, pedagogik mahorat, mahorat, skill, творческое новаторство, research, competence, pedagogical skill, педагогическое мастерство, reproductive
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники