Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль национальных игр в осуществлении физической подготовленности юных гимнастов
Navruz MUHAMMADIEV
Общество и инновации · 3 · 180-183 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается специфика гимнастика, использования национальных двигательных игр в воспитание, физическом воспитании детей, занимающихся юношеской тренировка, спортивной гимнастикой, организaция занятий с реабилитация, гибкость, нaциональными подвижными играми, направленными на ловкость, повышение гибкости, чтобы не утомлять и не отвлекать их федерация. от специальных упражнений. В статье выдвигается вопрос и полезные для подготовки юных гимнастов и молодых специалистов. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning biror-bir turi yo‘qki, e’tibordan chetda qoldirilgan bo‘lsa. Barchamizga ma’lumki, har bir davlat va elatlarning dovrug‘ini dunyoga tez tanitadigan va shu bilan birga, mashhur qiladigan faoliyat turlaridan eng mashhuri desak ham mubolag‘a bo‘lmaydigan soha bu jismoniy tarbiya va sport, ya’ni sport musobaqalari jarayonlaridir. Mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, milliy-madaniy merosimizning bir bo‘lagi bo‘lgan milliy o‘yinlarni rivojlantirish va uning boshqa sport turlarini umumjismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini amalga oshirish nechog‘lik ahamiyatli ekanligi haqida bugungi kungacha yеtarlicha ma’lumotlar tayyorlashga e’tibor qaratilmagan edi. Mustaqillik sharofati bilan ajdodlarimizdan meros milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining boy an’analari va qadriyatlarini yanada rivojlantirish borasida birmuncha ishlar amalga oshirildi va shu bilan birga, milliy o‘yinlarimiz ko‘pgina sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun asosiy vositalardan biri bo‘lishi hamda bundan foydalanish sport turlarining samaradorligini ta’minlashiga oid manbalar shakllanib kelmoqda. So‘nggi yillarda yangi O‘zbekiston yangi imkoniyatlar mamlakati tamoyili asosida qadriyatlarimiz, xususan, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada ommalashtirish va dunyoga tanitish hamda ularni umumjahon madaniy merosi durdonasiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 25-may kuni qabul qilingan “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ–259-sonli Qarori qadriyatlarimizning dunyoga bo‘y ko‘rsatishi, qadr topishi yo‘lida muhim dasturulamal bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining ushbu Qarori milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining barhayotligiga zamin yaratdi. Ochig‘ini aytganda, yaqin yillarda xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha bunday tarixiy hujjat qabul qilinmagandi. Bu buyuk ajdodlarimizdan meros milliy o‘yinlarning boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yеtkazish, o‘zbek sporti brendi ostida turli sport turlarining jahon arenalaridagi o‘rnini oshirish, yoshlarning milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 181 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2022) / ISSN 2181-1415 Shu o‘rinda aytish joizki, milliy sport turlari va xalq o‘yinlaridan foydalanish yoshlarning jismoniy tayyorgarliklarini amalga oshirishda muhim vosita bo‘lim xizmat qiladi. Jumladan: – yosh gimnastikachilarning umumjismoniy tayyorgarliklarini tarbiyalashda; – ularning jismoniy sifatlarini turli harakatlar va mashqlar, turli qiziqarli o‘yinlar orqali tarbiyalashda; – bolalarning jismoniy fazilatlarini tarbiyalashgacha bo‘lgan jarayonda o‘yinqaroqlik metodlaridan foydalanishda; – turli sport turlariga, jumladan, yosh gimnastikachilarni tanlash (seleksiya) ishlarida; – yosh gimnastlarning maxsus harakatlarini shakllantirishda; – turli o‘yinlar tashkil etish orqali yosh gimnastlarning maxsus tayyorgarliklaridan qiziqishlarini so‘ndirmaslik singari faoliyat turlaridan foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy manbalarda xalq o‘yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli hikoyalar, voqealar mavjud. Ularni ilmiy tomondan yanada kengroq o‘rganish, tadqiq etish yuqorida biz birgina gimnastika misolida olgan ko‘plab sport turlarining rivolanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlarning ta’kidlashicha, xalqimizga xos milliy o‘yinlarning paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri keladi. Buni arxeologik, etnografik, folklor va boshqa manbalar to‘la-to‘kis tasdiqlaydi. Xususan, saklar, massagetlar va boshqa qabilalardagi o‘yinlar, musobaqalar bugun ham xalqimizning eng sevimli urf-odatlari sirasiga kiradi. Otlar bilan bogʻliq musobaqalar, kurash, oq suyak kabi o‘yinlar shular jumlasidan. Bugungi kunda yurtimizga yakkakurashning qator turlarini o‘zida mujassam etgan bir qancha xalqlarning milliy sport turlari va o‘yinlari kirib kelgan bo‘lib, biz bular ta’sirida yakkakurash sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdik. Ularni ommalashtirmoqdamiz va musobaqalar o‘tkazmoqdamiz. Xususan, armrestling, sirim kabilar shular jum
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается специфика гимнастика, использования национальных двигательных игр в воспитание, физическом воспитании детей, занимающихся юношеской тренировка, спортивной гимнастикой, о…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается специфика гимнастика, использования национальных двигательных игр в воспитание, физическом воспитании детей, занимающихся юношеской тренировка, спортивной гимнастикой, о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gymnastics, professionals, education, anpilituda, тренировка, fediratsiyai, flexibility, training, воспитание, федератсия, реабилитатсия, egiluvchanlik, rehabilitation, Gimnastika, reabilitatsiya, federation, ловкость, gimnos, tarbiya, гибкость, dexterity, гимнастика, ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025