К содержанию
РецензированоRU2021

Онлайн медицинские услуги и их особенности

Jaloliddin ASKAROV

Общество и инновации · 3 · 293-300 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье были проанализированы понятие медицинские услуги, медицинской услуги и ее основные аспекты, а также телемедицина, изучены взгляды ученых. Также были определены онлайн право, сервисы и их виды, являющиеся современной формой цифровизация, здравоохранение граждан. оказания медицинских услуг, и определены их основные характеристики. Были изучены эффективность онлайн- медицинских услуг и телемедицины на зарубежных платформах, а также на ведущих сервисных платформах. Было обнаружено, что существует глобальная потребность в медицинских услугах вовремя Covid-19 и за его пределами. Определены основы правового регулирования онлайн-медицинских услуг и даны авторские заключения. Internet texnologiyalari sog‘liqni saqlash sanoati rivojiga katta yordam bermoqda. Ayniqsa, IT tizimlari zamonaviy sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatishda hayotiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, dunyo aholisining doimiy o‘sishi, turli kasalliklar, pandemiya oqibatlari ham tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning yanada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, 2011-yilda dunyo aholisi 7 milliardga yetgan bo‘lsa, 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich deyarli 7,9 milliardni tashkil etmoqda. Dunyo aholisi 2030-yilda 8,5 milliardga, 2050-yilda 9,7 milliardga va 2100-yilda 10,9 milliardga o‘sishi kutilmoqda. Bu keskin o‘sish, asosan, reproduktiv yoshga qadar omon qolgan odamlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, tug‘ilish ko‘rsatkichlarining katta o‘zgarishi, urbanizatsiya va migratsiyaning tezlashishi bilan birga kechmoqda. Bu tendensiyalar kelajak avlodlar uchun katta ta’sir ko‘rsatadi [1]. Shu sababli tibbiy xizmatlarga ehtiyoj har doimgidan ko‘ra ko‘proq yuzaga kelishi tabiiy. Ayniqsa, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini so‘nggi 2019-yilgi Covid-19 kasalligining tarqalishi va 2020-yilga kelib dunyo miqyosida pandemiya [2] darajasiga chiqishi an’anaviy xizmat ko‘rsatish metodlaridan farqli ravishda onlayn platformalar, internet tarmog‘idagi faol dasturiy ta’minotlar va sun’iy intellekt asosida amalga oshirish jarayoni jadallashdi. Albatta, xizmat ko‘rsatish va uning asosiy elementlariga oid munosabatlar xususiy huquq tartibga soladigan predmet hisoblanib, uning turlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining asosiy institutlaridan hisoblangan shartnomalarda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi mavjud bo‘lib, asosiy jihatlari xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Shartnomaning predmeti ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatdir, ya’ni muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, muayyan bir ixtisoslikka, malakaga ega bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir[3, 32- b]. Mazkur shartnomaning asosiy elementi xizmat bo‘lganligi uchun uning o‘ziga xos jihatlarini va bugungi onlayn xizmat bilan bog‘liqligini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Bilamizki, xizmat iste’mol birliklarining holatini (iste’molchining o‘zi yoki unga tegishli 294 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-1415 bo‘lgan narsalarning jismoniy yoki intellektual holatini) o‘zgartirish yoki mahsulot yoki moliyaviy aktivlar almashinuvini rag‘batlantirish maqsadida iste’molchining talabiga muvofiq buyurtma asosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir [4]. Mazkur ta’rifga ko‘ra, eng muhim jihat ishlab chiqarish natijasi bo‘lib, natija bir tomonning buyurtmasi asosida amalga oshirilishi belgilab berilgan. Iqtisodchi olim Genri Asselning fikriga ko‘ra, [5] xizmatlar iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan nomoddiy tovarlardir. Ularning maqomi mulk bilan bog‘liq emas. Amerikalik olim T. Hill [6] esa xizmatga bu boshqa iqtisodiy birlikning faoliyati natijasida yuzaga keladigan har qanday iqtisodiy birlikka tegishli bo‘lgan shaxs yoki tovarning holatini birinchisining oldindan roziligi bilan o‘zgartirish deb ta’rif bergan. E’tiborli jihati shundan iboratki, ushbu tariflarning barchasi o‘zida klassik xizmat va uning barcha asosiy jihatlarini ko‘zga tutgan. Bundan tashqari, D. Dolgov [7], А. Korol va S. Xlinovlar [8] xizmatlarning turlarini turli mezonlarga asoslanib tasniflab chiqishgan. Bu mezonlardan misol sifatida xizmatlarning legitimligiga ko‘ra, qonuniy va xufiyona; iste’mol xususiyatiga ko‘ra, ommaviy, jamoaviy va xususiy ekanligini keltirish mumkin. Shunga qaramasadan, xizmatlarni tasniflashda elektron xizmatlar yoki onlayn xizmatlar mavjud emasligini ko‘rish mumkin. Fikrimizcha, olimlar tomonidan onlayn xizmatlarning kiritilmaganligi ularning o‘sha davrda ommalashmaganligi yoki xizmat ko‘rsatishga nisbatan talab va ishonchlilik offlayn shakldagi xizmatlardaligi bilan bog‘liq. Shuni qayd etish kerakki, bugungi ehtiyojlar va takliflarning xilma-xilligi tadbirkor- larning yangicha ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirdi va hatto bunga majbur qildi deyi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье были проанализированы понятие медицинские услуги, медицинской услуги и ее основные аспекты, а также телемедицина, изучены взгляды ученых.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье были проанализированы понятие медицинские услуги, медицинской услуги и ее основные аспекты, а также телемедицина, изучены взгляды ученых. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
medical service, and beyond. The fundamentals of legal regulation of online, huquq, telemedicine, raqamlashtirish, health care of citizens, digitization, здравоохранение граждан, tibbiy xizmat, медицинские услуги, право, law, fuqarolar sog‘ligini saqlash, телемедицина, teletibbiyot, цифровизация
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники