К содержанию
РецензированоRU2021

Институт медиации при прекращении трудового договора: нацоинальный и зарубежный опыт

Dilfuza ABDULLAYEVA (Institute of mediation upon termination of an employment)

Общество и инновации · 3 · 113-118 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются роль института медиации в трудовое трудовых отношениях, вопросы института медиации при законодательство, расторжении трудового договора, а также изучалось опыт трудовые отношения, регулирования данного института в других зарубежных работники, медиация, странах, проанализирована специфика института институт медиации, медиации. стороны, трудовые споры. Mehnat qonunchiligining asosiy tamoyil va muhim vazifalaridan biri – mehnat munosabatlari sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, bu munosabatlar chogʻida ijtimoiy adolatni qaror toptirish va pirovard natijada sogʻlom muhit asosida mehnat samaradorligini oshirishdan iborat hisoblanadi [1]. Mehnat kodeksining 8-moddasida har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanishi , bu himoya mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mehnat nizolarini koʻruvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi qayd etib o`tilgan[2]. Ayniqsa, mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bogʻliq nizolarni qonuniy hal qilishda sud organlarining oʻrni muhimdir. Mamlakatimizda sud-huquq tizimining bosqichma-bosqich isloh etilishi, sud orqali himoyalanish kafolatlarining kuchaytirilishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqaro va tashkilotlarning sudlarga murojaatlari soni ortib bormoqda. Sudlarga murojaatlarning ortib borishi sudlar ish yuklamasining koʻpayishiga sabab boʻlayotgan omillardan biridir. Sudyalarning ish hajmini kamaytirish orqali sudlov samaradorligi va sifatini oshirishning muhim usullaridan biri fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullarini rivojlantirishdir [3]. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning huquqiy tizimida nizolarni sudgacha olib bormasdan muqobil yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya instituti, yaʼni yarashtiruv jarayoni alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Mediatsiya” soʻzi lotin tilidagi “mediare” soʻzidan olingan boʻlib, “vositachilik qilish”, “kelishtirish maqsadida aralashish” degan maʼnolarini bildiradi. Shuning uchun yuridik adabiyotlarda mediatsiya va vositachilik tushunchalari sinonim hisoblanadi. BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi sifatida tan olingan. Shuningdek, Yevropa parlamenti va kengashining 2008-yilgi 52-direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif beriladi: “Taraflar boshlab bergan yoki sud tomonidan tayinlangan yoxud milliy qonunchilik bilan belgilanganidan qatʼi nazar, ikki yoki undan ortiq nizolashuvchi taraflarning nizoni hal qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishish maqsadida uchinchi shaxsga murojaat etish jarayonidir” [4]. Oʻzbekiston Respublikasida mediatsiya tushunchasi ilk bor 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida” gi Qonunida qoʻllanilgan boʻlib, ushbu Qonunning 3-moddasida fuqarolik huquqiy munosabatlarda, 114 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-1415 shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek, yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga, mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan. Shuningdek, ushbu Qonunning 4-moddasida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan: Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli [5]. Demak, mediatsiya nizolashuvchi taraflarning nizoni ularga maqbul boʻlgan shartlar asosida hal etishga qaratilgan faoliyatdir. Albatta, ushbu faoliyatni amalga oshirishda maʼlum bir mutaxassislikka ega boʻlgan shaxs, yaʼni mediator boʻlishi lozim. Qonunning 4-moddasida mediator mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs sifatida taʼriflanadi. Qonunda mediatsiya ishtirokchisi sifatida taraflar va mediator koʻrsatilgan. Albatta, mediatsiya ishtirokchisi hisoblangan taraflar va mediator oʻziga yashara huquq va majburiyatlarga egadirlar. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasida mediatsiya taraflarining huquq va majburiyatlari koʻrsatilgan. Mediatsiya taraflari: – mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga; – mediatordan voz kechishga; – mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga; – mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqli. Mediatsiya taraflari oʻz oʻrtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart. Mediatsiya taraflari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin [6]. Mediatsiya ishti

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются роль института медиации в трудовое трудовых отношениях, вопросы института медиации при законодательство, расторжении трудового договора, а также изучалось опыт трудовые отношен…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются роль института медиации в трудовое трудовых отношениях, вопросы института медиации при законодательство, расторжении трудового договора, а также изучалось опыт трудовые отношен… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp113-118, трудовое законодательство, labor disputes, трудовые отношения, медиация, mehnat munosabatlari, mehnat qonunchiligi, mediatsiya instituti, taraflar, labor law, parties, employees, стороны, mediatsiya, mediation, xodimlar, mediation institute, labor relations, mehnat nizolari, трудовые споры, работники, институт медиации
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники