Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Виды конфликтов, возникающих между руководителем и педагогическим коллективом в общеобразовательных школах
Asliddin SAIDOV (general schools)
Общество и инновации · 3 · 212-217 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информaция о видах «конфликт», конфликтов, возникающих между педагогическим агонистический коллективом общеобразовательных школ. Также описана (компромиссный), информaция о конфликтах и их различиях. Конфликт – это антагонистический (бескомпромиссный), естественное явление, и правильный подход к конфликту трудовой коллектив, считается одной из предпосылок при человеческом педагогический конфликт, развитии и в его становлении. Известно, что каждый руководитель, конфликт имеет свои особенности. В данной статье работник. приведены более подробные примеры видов конфликтов, возникающих между учителями общеобразовательных школ. Dunyo ta’lim tizimida global o‘zgarishlar natijasida erkin fuqaro shaxsini tarbiyalashga bo‘lgan e’tibor insonlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llash, gumanizm, tolerantlik, ijtimoiy intellekt, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativlik kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilmoqda. Ta’lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba orttirishi uchun ulardagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, shaxslararo munosabatlarda kirishimlilik, madaniyatlilik, kengfe’llik, xushmuomalalikni maromiga yetkazish prinsip- lariga amal qilish, mazkur sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalarni ishlab chiqishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosa- batlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz [1, 49]. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir inson o‘zini komil ishonch bilan ziddiyatli vaziyatlardan muhofaza qilinganman, deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o‘z hayoti davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talab- laridan biridir. Konfliktlar keyinchalik oilada, yaqinlar, do‘stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o‘rtasida, kasbiy faoliyatda, shuningdek, pedagogik faoliyatda ham vujudga kelishi mumkin. “Konflikt” atamasi “nizo” tushunchasining dastlabki ekvivalenti sanaladi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki, jamiyatning kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, Oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z “men”ini qattiq hurmat qilishga odatlangan o‘quvchi va talabalar orasida konfliktli munosabatlarning bo‘lishi tabiiy hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarning vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin [2, 32]. 213 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-1415 Pedagogika va psixologiya fanlari pedagogik konfliktni bir-biri bilan uzviy holda o‘rganadi va hal qiladi. Ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni – insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz auditoriyaga kirishi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur. Shaxsning shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda kattadir. Chunki ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar inson ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. O‘qituvchi shularni hisobga olgan holda bolalarning psixikasini va xarakterini o‘rganishi hamda shu asosda o‘qitishning aniq va izchil tizimini ishlab chiqishi lozim. Psixologiyadagi mavjud 4 temperamentni pedagog yaxshi bilishi zarur, chunki ana shu tushunchalar ta’lim tizimidagi pedagogik ziddiyatlarning oldini olishdagi asosiy omildir. Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo, o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi – umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan, insonparvar, adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim. Pedagogik konfliktning yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi nozik psixolog va mohir pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktab va undan tashqaridagi birgalikdagi faoliyatni mohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информaция о видах «конфликт», конфликтов, возникающих между педагогическим агонистический коллективом общеобразовательных школ.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информaция о видах «конфликт», конфликтов, возникающих между педагогическим агонистический коллективом общеобразовательных школ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- conflict, between teachers in secondary schools, ziddiyat, конфликт, pedagogik ziddiyat, руководитель, agonistic (compromising), antagonistik (murosasiz), mehnat jamoasi, manager, worker, работник, antagonistic (uncompromising), агонистический (компромиссный), антагонистический (бескомпромиссный), labor collective, agonistik (murosaga keladigan), xodim, rahbar, трудовой коллектив, педагогический конфликт, pedagogical conflict
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026