К содержанию
РецензированоRU2021

Семантическая характеристика слова «ОТЕЦ» среди слов, обозначающих отношение в узбекских народных сказках

Hamid BOZOROV

Общество и инновации · 3 · 217-221 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируются особенности некоторых духовность человека, семантических критериев слов, которые обозначают коммуникативное родство в узбекских народных сказках, связанных с поведение, употреблением слова «ОТЕЦ». В статье изучена сфера родство, кровное родство, применения лексемы ОТЕЦ среди слов, обозначающих общинное родство, родство в сказках. Рассматривался значение народных отец, сказок в духовном обогащении и воспитании человека. устное народное творчество, культурная ценность, профессия отца, страна отца. Globallashuv jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy o‘zgarishlar inson omilining muhim o‘ringa chiqishini ta’minladi. Insonning ongli mavjudot sifatidagi jihatlarini oliy maqom darajaga olib chiqish barcha fanlarning asosiy mezoniga aylandi. Shunga e’tiboran tilshunoslikning bugungi kundagi rivoji ham ko‘p jihatdan strukturaviy emas, balki antroposentrik tamoyilga asoslanayotganligi bejiz emas. Sababi, bugungi kunda inson qalbi va jismini egallab olishga bo‘lgan harakatlar, inson tafakkuriga bo‘lgan hujumlar soni kundan kunga ortib boryapti. Shuni nazarda tutgan holda bugungi kun ilm- fanida inson omili san’atning ko‘plab turlari bilan bir qatorda adabiyot, xalq og‘zaki ijodida bevosita inson madaniyati va ma’naviy dunyoqarashida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Insonning insoniyligini, o‘zligini anglashiga ko‘mak beruvchi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, shuningdek, hissiy-estetik ta’sir etuvchi manbalarga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Inson ma’naviyatini ijobiy qarashlar bilan boyitish va egallangan boy xazinani namoyon etish shaxsning muloqot xulqida o‘z aksini topadi. “Muloqot xulqi muammosini milliy xarakter, millat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an’analarini hisobga olmasdan turib mutlaqo o‘rganish mumkin emas. Chunki MX millat xarakterining uzviy bir qismi bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir” [1; 36]. Inson ma’naviyatini boyitishda, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni kattadir. Xalq og‘zaki ijodi, ayniqsa, ertaklar inson omilini ro‘yobga chiqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ertaklar inson ongida xalq hayoti haqidagi tushuncha va bilimlarini boyitadi, ruhiyatiga ta’sir etadi, qalbida turli his-tuyg‘ular uyg‘otadi. O‘zbek xalq ertaklari qahramonlarining antroposentrik tadqiqida inson tasviri, uning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish, xalq ertaklarimiz qahramonlaridagi xislatlari, odamiylik fazilatlari, boy etikasi va estetikasi manbai ekanini matndagi so‘zlarning semantikasi orqali ko‘rsatish bugungi kun tilshunosligi oldida turgan dolzarb masalalardan biri sanaladi. 218 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 Xalq ertaklarini har bir xalqning o‘ziga xos milliy mentalitetining, madaniyatining ifodachisi, desak bo‘ladi. “Madaniyatning milliy xarakteri tillarning va turli xalqlarning madaniyatini birgalikdagi harakatini, ularning jahon madaniyati fundamenti hamda butun bashariyatning muvaffaqiyatlari asosida ilgari qaror topgan o‘zaro boyishini nazarda tutadi. Har qanday o‘ziga xoslikdan va bir tomonlamalikdan xoli bo‘lgan maqsadli mustaqil hayot butun insoniyatga tarqaladi, bir-biridan ma’naviy oziqlanadigan turli madaniyatlar bilan aloqaga kirishadi. Madaniy qadriyatlarning har tomonlama hisobga olinishi va saqlanishi hamda yangilarining shakllanishi millatga hayotni va uning tilda qanday aks etishini bir xilda tushunishga imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy hayotning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi umumbashariy qadriyatlarning almashinuviga bir necha bor olib kelgan. Bu jarayon hech qachon tugamaydi, u til vositalarini – chuqur ijtimoiy mazmunni tarqatuvchi so‘z va iboralarning ishlatilishida o‘z ifodasini topadi” [2; 26]. Bu ifodalar o‘zbek xalq ertaklaridagi leksemalar tarkibida azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan qon-qarindoshlikni ifodalovchi terminlarda ham o‘z aksini topgan. Bu so‘zlarning qo‘llanish jarayoni, verbal va noverbal jihatini ham har tomonlama tadqiq etish zarur. Ma’lumki, har qanday terminlar, shu jumladan, qavm-qarindoshlik terminlari ham qanchalik turg‘un bo‘lmasin, zamon o‘tishi, jamiyatning o‘zgarishi, oila, nikoh formalarining yangi shakllari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi bilan ishlatilib kelinayotgan qavm-qarindoshlik terminlarining ma’no doirasi ham kengayadi, yangi turlari paydo bo‘ladi [3; 9]. Bunday holatni I.A. Ismoilov “Turkiy tillarda qavm- qarindoshlik terminlari. (O‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tillari materiallari asosida” lug‘atida quyidagi turlarga bo‘ladi: Hozirgi zamon o‘zbek va uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlari o‘zlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko‘ra, asosan, uchta katta gruppaga bo‘linadi: I. Qon-qarindoshlik terminlari. II. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari. III. Yaqinlik nomlari. Izoh sifatida: I. Qon-qarindoshlik terminlariga o‘zbek va uyg‘ur tilida, shuningdek, boshqa

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируются особенности некоторых духовность человека, семантических критериев слов, которые обозначают коммуникативное родство в узбекских народных сказках, связанных с поведение, употребле…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируются особенности некоторых духовность человека, семантических критериев слов, которые обозначают коммуникативное родство в узбекских народных сказках, связанных с поведение, употребле… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
human spirituality, lexeme father in Uzbek folk tales. It was considered that the role, ota yurt, father, cultural value, ota kasb, культурная ценность, духовность человека, qarindosh-urug‘chilik, ota, communication behavior, father’s country, профессия отца, inson ma’naviyati, xalq og‘zaki ijodi, father’s profession, community kinship, устное народное творчество, родство, страна отца, отец, muloqot xulqi, madaniy qadriyat, кровное родство, qavm-qardoshlik, folk oral creativity, коммуникативное поведение, общинное родство, blood kinship, qon-qardoshlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники