Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Понятие краудфандинга и актуальность его правового регулирования
Aminjon KALANDAROV
Общество и инновации · 3 · 229-234 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается сущность общественное краудфандинга, его происхождение, популярные финансирование, краудфандинговые площадки и их правовые нормы в краудфандинг на основе зарубежных странах, важность и необходимость правового пожертвований, краудфандинг на основе регулирования краудфандинга в Республике Узбекистан. вознаграждений, краудфандинг на основе кредитования, краудфандинг на основе акций, стартапы, Кикстартер. Bugungi kunda innovatsiyalar jamiyat hayotining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning dvigatelidir. Ma’lumki, innovatsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalardir. Byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish davlatning innovatsion siyosatiga, uning maqsadlari va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjetdan tashqari mablag‘lar innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan mustaqil ravishda jalb qilinadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida moliyalashtirish ham davlat, ham xususiy investorlar tomonidan parallel ravishda amalga oshiriladi. Hozirda moliyalashtirishning kraudfanding shakli keng ommalashib borayotgan usullardan biri hisoblanadi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga taʼsir qiladigan asosiy faktorlaridan biri bu moliyaviy yoxud daromad manbasiga yo‘l topish sanaladi. Mazkur holatlarda ko‘pchilik kichik va o‘rta biznes vakillari investitsiya jalb etish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ortda qoldirish uchun o‘zlarining iqtisodiy o‘sishlarini taʼminlash maqsadida moliyalashtirishning muqobil manbalari (ASF – Alternative sourсes of finance)ga murojaat qiladilar [1]. Mana shu muqobil manbalarning bir turi sifatida kraudfanding so‘nggi yillarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Iqtisodiy faoliyatning turli sohalaridagi loyihalarni jamoaviy moliyalashtirishning yangi modeli sifatida kraudfandingning paydo bo‘lishi va tez o‘sishiga axborot texnologiyalari, internetning keng rivojlanishi, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish texnologiyalarining paydo bo‘lishi va jadal rivojlanishi sabab bo‘ldi. Kraudfanding atamasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “crowd – xalq, omma”, “funding – moliyalashtirish” degan maʼnoni anglatadi. Kraudfanding (crowdfunding) odamlarning boshqa odamlar va tashkilotlar tomonidan boshlangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z resurslaridan foydalanadigan jamoaviy hissasi sifatida ta’riflanishi mumkin. Iqtisodchi N.Rasulov fikricha, kraudfanding bu innovatsion loyihalar va g‘oyalarni jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mablag‘lar orqali moliyalashtirish bo‘lib, daromad olish ehtimoli mavjud bo‘lishi yoki mutlaqo bo‘lmasligi ham mumkin. Bunda yo‘nal- tirilgan mablag‘ evaziga kraudfander tomonidan mahsulot yoki xizmat mukofot tariqasida taqdim etiladi [2]. 230 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 Zamonaviy dunyoda bu jarayon internet yordamida amalga oshiriladi. Internetda juda ko‘p sonli saytlar mavjud bo‘lib, ularda har qanday internet foydalanuvchisi o‘z loyihasini muhokama qilish uchun qo‘yishi mumkin, so‘ngra loyihani va uning maqsadini tavsiflaydi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorni va uni to‘plash muddatini ko‘rsatadi. Shuningdek, hamma uchun ochiq bo‘lishi kerak bo‘lgan mablag‘ yig‘ish haqida ma’lumot beradi. Sayt uchinchi shaxs sifatida ishlaydi, u hech kim oldida javobgar emas, faqat loyihani ommaga taqdim etishga yordam beradi va yig‘ilgan mablag‘larni boshqaradi. Kraudfanding platformasi innovatsion jarayonlarni xalq tomonidan moliyalash- tirishdagi zamonaviy mexanizm sifatida namoyon boʻladi. U nega aynan innovatsion jarayonlarni moliyalashtirishda qoʻl kelishi mumkin? Sababi, u jismoniy shaxs tomonidan mavjud boʻlmagan mahsulot yoki xizmatni moliyalashtirishda yuqori tavakkalchilikka qoʻl uradi. Natijada, yaratilishi mumkin boʻlgan mahsulotni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq etish ehtimolligi koʻp hollarda isteʼmolchi (xalq)ga bogʻliq boʻlib qoladi. Shuningdek, yuqori tavakkalchilikka yo‘l qo‘yilgan loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchray- digan bo‘lsa, loyihaga pul kiritgan omma zarar ko‘radi. Ammo boshqa moliyalashtirish instrumentlaridan (usullaridan) farqli jihati shundaki, kraudfanding moliyalashtirishda tomonlar ko‘rgan zarar katta bo‘lmaydi, chunki yig‘ilgan mablag‘ kichik summalardan tashkil topadi va bu kraudfanding loyihasini kichik mablag‘lar bilan moliyalashtirgan investorlarga katta zarar yetkazmaydi. Demak, yuqoridagi fikrlardan kraudfanding tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Kraudfanding – bu yangi biznes tashabbusini moliyalashtirish uchun ko‘p sonli jismoniy shaxslarning kichik miqdordagi kapitalidan foydalanish. Kraudfanding investorlar va tadbirkorlarni birlashtirish uchun ijtimoiy media va kraudfanding veb- saytlari orqali odamlarning keng tarmoqlariga oson kirish imkoniyatidan foydalanadi va investorlar pulini an’ana
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается сущность общественное краудфандинга, его происхождение, популярные финансирование, краудфандинговые площадки и их правовые нормы в краудфандинг на основе зарубежных стра…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается сущность общественное краудфандинга, его происхождение, популярные финансирование, краудфандинговые площадки и их правовые нормы в краудфандинг на основе зарубежных стра… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- public finance, kreditga asoslangan kraudfanding, equity-based crowdfunding, startaplar, donation-based crowdfunding, краудфандинг на основе акций, краудфандинг на основе кредитования, общественное финансирование, Kikstarter, ommaviy moliyalashtirish, краудфандинг на основе пожертвований, xayriyaga asoslangan kraudfanding, lending-based crowdfunding, mukofotga asoslangan kraudfanding, reward-based crowdfunding, aksiyalarga asoslangan kraudfanding, краудфандинг на основе вознаграждений, Кикстартер, стартапы, startups
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024