К содержанию
РецензированоRU2021

Инновационная организация технологического образования

Maryamxon IBRAGIMOVA · Muxlisaxon USMONOVA · Firdavshon YUSUFXODJAYEVA

Общество и инновации · 3 · 153-157 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о том, что технология, подготовка учащихся к труду на современном этапе учащийся, обучения является одним из важнейших вопросов в трудиться, обучении и воспитании подрастающего поколения. воспитать, практическая деятельность, трудовые навыки и умения, психологическая подготовка. Tabiat va jamiyat talablarini bilish maqsadida ta’lim mazmunini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari bilan boyitish ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining rolini oshirish va bolalarni tarbiyalash uchun ota-onalarining, demak, pedagogik jarayon avlodlarimiz tajribasini o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirishi va ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini ta’minlab beruvchi jarayon hisoblanadi. Pedagogik jarayon o‘qituvchilarda keng qamrovli tushunchalar, shaxsiy xislatlar va insoniy fazilatlar shakllanishiga hamda ularning dunyoqarashining rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Bu, o‘z navbatida, mehnat ta’limi oldiga murakkab va mas’uliyatli vazifalar qo‘yadi. Vujudga kelgan imkoniyatlardan mehnat tarbiyachisi shaxsining har tomonlama rivojlanishi uchun to‘liq imkoniyatini beradi. Mehnat ta’limi mutaxassis tayyorlashni o‘z maqsadi qilib qo‘ymaydi, balki u o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uchun vositasi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasasidagi mehnat ta’limi tarbiyasi va ma’lumoti, umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan mehnat asosining namoyon bo‘lishi va uning o‘zagi bo‘lib, u bolalarning bilimi, ishlab chiqarish faoliyati o‘z-o‘ziga xizmat qilishi, o‘zaro yordam ko‘rsatish, estetika va jismoniy rivojlanish jarayonidagi mehnat, kuch-g‘ayratlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo‘lib, o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalash, o‘quvchilarning aqliy o‘sishida eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish, o‘quvchilarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumiy o‘rta ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim tizimi xodimlarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’limining hozirgi bosqichida o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir. Texnologiya ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O‘quvchilarni mehnat qilishga tarbiyalash va ularni bo‘lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat ko‘nikma va malakalarni egallashlarini 154 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 ta’minlaydi, ularnimehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi. Texnologiya ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlari shakllanishida yordam beradi. O‘quvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa ularda do‘stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Shu bilan bir qatorda, bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantiradi. O‘quvchidalarga innovatsion ta’lim berish jamoada ishlash, o‘zaro do‘stona yordamni berish, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishi, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir. O‘quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilarning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlarni tarkib toptirish, o‘quvchilarning mehnat malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilarni mehnat qilishga amaliy tayyorlash oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘rilay olish xislatlarini tarkib toptirishdan iborat. Texnologiya ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo‘lgan materiallarga ishlov berish, qo‘llaniladigan oddiy asbob va moslamalardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. Maktabda o‘quvchiga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli umumiy o‘rta ta’lim barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, o

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о том, что технология, подготовка учащихся к труду на современном этапе учащийся, обучения является одним из важнейших вопросов в трудиться, обучении и воспитании…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о том, что технология, подготовка учащихся к труду на современном этапе учащийся, обучения является одним из важнейших вопросов в трудиться, обучении и воспитании… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technology, учащийся, tarbiyalash, трудиться, education, psixologik tayyorlik, психологическая подготовка, технология, work, psychological training, practical activity, work skills and abilities, трудовые навыки и умения, воспитать, amaliy faoliyat, o‘quvchi, практическая деятельность, texnologiya, mehnat ko‘nikma va malakalari, mehnat qilish, student
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники