Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Институт пробации – опыт зарубежных стран
Gulnoza YUSUPDZHANOVA (Probation Institute – the experience of foreign countries)
Общество и инновации · 3 · 158-162 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Приоритетным в законодательстве зарубежных стран условное осуждение, является понимание под пробацией уголовного надзора, назначение наказания, применяемого в отношении исполнения наказаний, не отсрочка наказания, связанных с лишением свободы, в сочетании с социальной пробационный контроль, испытательный срок, реабилитацией и реинтеграцией лиц, подвергнутых виды пробации, уголовному преследованию. Изучено определение термина лишение свободы. «пробация», которое подразумевает в разных странах разное понимание. В некоторых странах пробация считается как вид уголовного наказания, но не связанное с лишением свободы, а в других, считается как уголовный надзор с испытательным сроком, адаптация, защита прав лиц, подвергнутых уголовному преследованию в комплексе с контролем за их поведением. So‘nggi yillarda mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida mahkumlarni axloqan tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida ko‘plab chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida Probasiya xizmati tashkil etilib, 2019-yilning 1-yanvaridan o‘z faoliyatini boshlagan. Probasiya institutini qo‘llash bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mazkur institut kriminologik retsidiv bilan bog‘liq takroriy jinoyatlarni kamaytirish orqali umumiy jinoyatlarning samarali oldini oladi, jinoyatchi shaxsini yanada jinoiylashtirishni cheklaydi, “qamoqxona aholisini” kamaytirishga samarali ko‘mak berib, davlat penitentsiar (lotincha “poenitentiorius” – tuzatish), ya’ni davlatning jazo orqali tuzatish tizimini xarajatlarini kamaytiradi. Probasiya xizmati 1887-yilda Angliyada ilk bor joriy etilgan bo‘lib, “sinov” degan ma’noni anglatadi. Xalqaro amaliyotda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazolarning ijro etilishini ta’minlash va nazoratini olib borish bilan shug‘ullanadi. Probasiya institutini qo‘llash bo‘yicha eng katta tajriba Buyuk Britaniyada to‘plangan, bu yerda mazkur institut muqobil jazo choralarining asosi sifatida rivojlangan va o‘tgan asrning 30-40-yillarida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishgan bo‘lib, jinoyatchilarning taxminan 30%ga nisbatan probasiya qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda probasiya xizmati faoliyati 1991-yilda qabul qilingan Jinoiy adliya to‘g‘risidagi Qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, bir nechta funksiyalarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. Birinchi funksiya bu shaxsni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijrosi bilan bog‘liq, bunda ommaviy jazo va shartli hukm qilish nazarda tutiladi. Probasiya rejimi tayinlanganda mahkum probasiya xizmatining nazoratiga o‘tkaziladi, uning muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lishi mumkin. Nazorat sud hukmi o‘qilgandan keyin yoki undan oldin ham kuchga kirishi mumkin, lekin faqatgina huquqbuzarning shaxsini ijtimoiy-huquqiy o‘rganilib, uning shaxsini tavsiflovchi maxsus hisobot tayyorlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Probasiya xodimlarining fikriga ko‘ra, bunday tadqiqot shaxsni reabilitatsiya qilish imkoniyatlari masalasini hal qilish uchun zarurdir. Probasiyaning yana bir funksiyasi jinoyatdan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishdir. H. Rivzning o‘z tadqiqotlarida yozishicha, probasiya xizmatlari xodimlari 159 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolaridan "ular jinoyatchining ozodlikda ekanligidan qanchalik xavotirda ekanliklarini” aniqlashlari kerak [1]. Jabrlanuvching bu masaladagi tashvishini o‘rganishdan maqsad, agar huquqbuzarlik qurboni huquqbuzarning yashash joyi, ishi, uning mamlakat bo‘ylab harakatlanishi va boshqa omillardan xavotirda bo‘lsa, probasiya xizmati xodimi belgilangan holatlar bo‘yicha probasiya nazoratiga olingan shaxsga ma’lum cheklovlarni o‘rnatishi darkor. Probasiyaning yana bir funksiyasi probasiya xizmati xodimlarining mediatsiya jarayonlarida (tomonlarning yarashuvida vositachilik qilish) ishtirok etishlari va huquqbuzarlarning xatti-harakatlarini psixologik tuzatish dasturlarini qo‘llashidir. Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, Buyuk Britaniyada probasiya xizmati jinoyat sodir etilishining oldini olishda juda samarali vosita hisoblanadi. Zamonaviy ingliz jinoiy qonunchiligiga ko‘ra, probasiya instituti ozodlikdan mahrum qilishning muqobil shaklidir. Qonun chiqaruvchi probasiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni belgilaydi, bu esa jinoyatning kam ahamiyatliligi, yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligi, jinoyatchining ijtimoiy xususiyatlari (uning yoshi, sog‘lig‘ining holati va oldingi turmush tarzi) bilan bog‘liq bir qator asoslar mavjud bo‘lganda ushbu jinoyatlarni sodir
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Приоритетным в законодательстве зарубежных стран условное осуждение, является понимание под пробацией уголовного надзора, назначение наказания, применяемого в отношении исполнения наказаний, не отсрочк…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Приоритетным в законодательстве зарубежных стран условное осуждение, является понимание под пробацией уголовного надзора, назначение наказания, применяемого в отношении исполнения наказаний, не отсрочк… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- probation, considered as criminal supervision with a probationary period, отсрочка наказания, shartli jazo turlari, испытательный срок, deprivation of liberty, sentencing, ozodlikdan mahrum qilish, jinoyatchining xulq-atvori, sinov muddati, types of probation, nazorat, probasiya, лишение свободы, виды пробации, shartli hukm qilish, назначение наказания, пробационный контроль, probation control, trial period, deferment of sentencing, условное осуждение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014