Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Звуки дойры
Dilmurad ISLAMOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Uzbekistan state institute of arts and culture)
Общество и инновации · 3 · 142-145 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: Ударные инструменты, особенно дойра, занимают искусство дойры, особое место в узбекской национальной музыкальной народная музыка, культуре. Единственный способ удар дойры определить исторические миниатюры, темп и ритм мелодии. стили исполнения, музыкальное наследие, В данной статье рассказывается значение исполнения традиции наставник- дойры в национальном искусстве и культурной жизни ученик. нашего народа, а также приводится исторические сведения об этом инструменте. Urma zarbli cholg‘ular kuyning o‘ziga xos ritm qatorini tashkil etib, alohida о‘rin egallaydi. Kо‘plab dunyo xalqlarida kuy-qо‘shiqlar urma zarbli cholg‘ular ritmi asosida ijro etiladi. О‘zbek milliy musiqa madaniyatida keng qо‘llaniluvchi cholg‘ulardan biri doiradir. Barchamizga ayonki, kuy-qо‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor yoki doira cholg‘usi bо‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini о‘z hayotida sezmasdan yashaydigan inson yurtimizda bо‘lmasa kerak. Doira xalqimizning ma’naviy boyligi, xalq ijodida asrlar – osha shakllanib, rivojlanib kelgan, maqomlarda asosiy negiz va usul vazifasini bajaradi. О‘rta asrlar kitob bezaklarida (miniaturalarida) turli cholg‘ularda ijro etayotgan sozandalarga jо‘r bо‘lib, chalayotgan doirachilarni kо‘rishimiz mumkin. Doira – aniq tovush balandligiga ega bо‘lmagan urma zarbli cholg‘ulardan biridir. Doiraning gardishi, asosan, tut, о‘rik, yong‘oq, tok daraxtlarining yog‘ochidan aylana shaklida yoki bо‘laklarga bо‘lib, tayyorlanadi. Hozirgi kunda akatsiya, klyon daraxtlaridan ham xomashyo sifatida foydalanilmoqda. Doira gardishшning diametri avvallari 39 sm. dan, 42 sm. gacha kattalikda yasalgan bо‘lsa, hozirda esa uning diametri 36-38 sm.ni tashkil etadi. Uning bir tomoniga teri qoplanadi. Gardishning teriga tutashgan ichki tomoni tovushni bо‘g‘masligi uchun biroz yo’nilgan bо‘lishi lozim. Doira cholg‘usi uchun, asosan, buzoq, tuya, toychoq terilaridan foydalaniladi. Bunda avvaldan ishlov berilgan va ivitilgan teri gardishga maxsus yelim (sirach) yordamida yopishtiriladi. Doira gardishning ichki tomoniga 50 tadan 75 tagacha maxsus metall halqachalar (shing‘iroqlar) о‘rnatiladi. Cholg‘u silkitib ijro qilinganda ushbu halqachalar yoqimli tovush hosil qiladi. Doirani quruq joyda saqlash tavsiya etiladi. Sababi, unga qoplangan teri namlik ta’sirida bо‘shashib, о‘zining jarangdor tovushini yо‘qotadi. Bu holatda doirani oftobda, olovda yoki maxsus prajektorlarda ehtiyotkorlik bilan toblab, quritish zarur. Ushbu jarayonda avval doiraning gardishi, keyin esa terining gardishga tutashgan qismi quritilib, asta-sekin toblanadi. Sо‘ngra doiraning teri qoplangan qismi qizdiriladi. Doira ritmik va dinamik usul imkoniyatlariga juda boy cholg‘u bо‘lib, unda ikkala qо‘lning barmoqlari va shapaloq bilan ijro qilinadi. Doira cholg‘usi yillar mobaynida ayrim qadimiy tasvirdagilarga nisbatan ba’zi о‘zgarishlarga uchragan. Masalan, hozirgi doira gardishida kichkina lappaklar о‘rnatiladigan teshiklar yо‘q. Ularning о‘rnini gardishning ichki tomonidan osilgan maxsus temir halqachalar, ya’ni “shing‘iroq”lar egallagan. Mazkur cholg‘u shuningdek, tojik, uyg‘ur xalqlarida ham keng tarqalgan. Doirada ijrosidagi usullar tizimi qadimdan shakllangan bо‘lib, ustozlar tomonidan “bum”, “bak”, 143 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 3 (2022) / ISSN 2181-1415 “bakko” yoki “bakka”, Xorazmda “gup”, “taq”, “taqqa” atamalari bilan yuritilgan. Bunda “bum” nisbatan past tovush bо‘lib, bunda tо‘rtta barmoqni birgalikda zich juftlab, membrana (teri) о‘rtasiga urib ijro etiladi. “Bak” ham membrana о‘rtasiga, faqat barmoqlarni kergan holda urib, ijro qilinadi. Doira cholg‘usi xalq orasida “childirma”, “chirmanda” nomlari bilan ham ataladi. Doira cholg‘usi qadimdan xalqimizning madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Tarixga nazar tashlasak, xoh u harbiy yurishlar bо‘lsin, xoh xonlar saroyidagi bazmlar, tо‘y-tomoshalar, bayramlar, turli tantana va marosimlar bо‘lsin, ularning hech biri doira ishtirokisiz о‘tmagan. Bu davrlarda doiraning asosiy vazifasi raqsga melodik cholg‘ular va ovozga jо‘r bо‘lishdan iborat bо‘lgan. Odatda, ansambllarda bir yoki bir necha doirachilar qatnashishgan. Markaziy Osiyo hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida olingan ma’lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi zamonlarda doiraga, asosan, ayollar jо‘r bо‘lgan. Ularning doira usullariga mos qо‘shiq aytish va raqsga tushishi о‘sha davrlarda shakllanib, asrlar -osha rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Bugungi kunda ham Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Namangan va boshqa bir qator viloyatlarda doiraga jо‘r bо‘lib qо‘shiq aytadigan, raqsga tushadigan ayollardan iborat xalq dastalarini uchratish mumkin. Jо‘rnavoz va yakka zarbli soz sifatida ommalashgan doira о‘zining rivojlanib kelayotgan milliy ohanglarga boy zarb va usullari bilan xalqning hurmat-e’tiborini qozongan. Ma’lumki, doira va barcha zarbli cholg‘ula
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Ударные инструменты, особенно дойра, занимают искусство дойры, особое место в узбекской национальной музыкальной народная музыка, культуре.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Ударные инструменты, особенно дойра, занимают искусство дойры, особое место в узбекской национальной музыкальной народная музыка, культуре. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2022 in Science LLC, искусство дойры, исторические миниатюры, national music, performance styles, традиции наставник-ученик, milliy musiqa, doyra art, стили исполнения, musiqiy meros, musical heritage, ustoz-shogird an’analari, народная музыка, teacher-student traditions, tarixiy miniaturalar, музыкальное наследие, ijrochilik uslublari, ustoz doirachilar, historical miniatures, doira san’ati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024