Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Совершенствование процедуры непосредственной проверки доказательств
Kamoliddin MAVLANOV
Общество и инновации · 3 · 121-126 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена изучению принципа доказательство, непосредственного и устного исследования доказательств судебное расследование, в уголовном процессе. В статье рассматриваются понятие и исследование правовая основа доказывания, значение данной доказательств, теория доказательств, процедуры в уголовном судопроизводстве, порядок доказывание, непосредственного исследования доказательств, фактические сведения. последствия несоблюдения, понятие тщательного, всестороннего, полного и беспристрастного исследования доказательств. Данная статья анализируется на основе действующего законодательства, научных исследований, учебников, статей, брошюр и зарубежного опыта в данной области и разработаны научно обоснованные и практически значимые предложения. JPKda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari kerakligi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shartligi belgilangan. Bundan koʻrinadiki, ekspertiza xulosasi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatuvlari kabi eshitilishi kerak, tergov harakatlari bayonnomalari kabi oʻqib eshittirilishi kerak emas. Shu normada bir-biriga mazmunan va shaklan juda oʻxshash soʻzlar qoʻllanilgan boʻlib, bir oʻqishda eʼtiborni tortmaydi. Eshittirish – bu maʼlumotni barchaning eʼtiboriga yetkazish demakdir. Bundan xulosa shu boʻladiki, ekspertiza xulosasi eksperti tomonidan oʻqib eshittiriladi. Sud amaliyotida ekspertiza xulosalarini sudyalarning oʻzlari oʻqib beradi, koʻpincha, ekspertlar ham soʻroq qilinmaydi. Bu holat esa dalillarni bevosita usulda tekshirish prinsipini chetlab oʻtadi va tortishuv prinsipiga zid hisoblanadi. Chunki ekspertiza xulosasi ayblovchi yoki oqlovchi dalillar boʻlib, sud xolis taraf sifatida ishda faqat hal qilish vazifasini bajarishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi [1] Qarorining 2-bandidagi ham odil sudlovni taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarning bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi asosida olib borilishi va ish boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal qilishlari lozimligi, ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga koʻra cheklanish hukmni qonuniy emas, deb topishga asos boʻlishi koʻrsatilgan. Mazkur hujjat ham yuqorida tahlil qilingan masalaning jiddiy ekanligini koʻrsatadi. Bugungi kunda jinoyatlarni ochish amaliyotida bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Jumladan, jinoyat sodir etilgan hudud atrofida fuqarolar bilan yetarlicha soʻrov suhbatlari tashkil etilmaydi, ochish chora-tadbirlarini tashkil qilishda muayyan kamchiliklarga yoʻl qoʻyiladi, xususan, tadbirlar pala-partish, tartibsiz olib boriladi. Bu holat jinoyatni issiq izidan fosh etish imkoniyatlarini yoʻqqa chiqaradi. Qolaversa, jinoyatni fosh etishda ilmiy yutuqlar, ekspertlarning imkoniyatlari va texnologiyalardan yetarli foydalanilmaydi. Masalan, fonoskopik ekspertizalar ovoz va tovushlar boʻyicha oʻtkaziladi. Ammo talonchilik jinoyatlarini ochishda bunday ekspertiza bir marta ham 122 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 tayinlanmagan, masʼullar tomonidan bu borada tegishli choralar koʻrilmagan [2]. Yoki portret ekspertizasi oʻtkazilishini ham koʻpchilik xodimlar bilmaydi, binobarin, amalda undan foydalanilmaydi. Shuningdek, talonchi voqea joyida oʻzining yozuvlari aks etgan qogʻozni tushirib qoldirgan boʻlsa, matnning yozilishiga eʼtibor berish kerak. Zero, matnning tuzilishi va mazmuniga qarab uni yozgan shaxsning ruhiy holati va maʼlumot darajasini aniqlash mumkin. Yoxud jinoyatchining kiyim-kechagi, buyumlari va boshqa joylarda tushirib qoldirishi mumkin boʻlgan mikrozarralarni olib, uni topishda, qolaversa, jinoyatni isbotlashda dalil sifatida ishlatish mumkin. Biroq amalda ushbulardan foydalanilmaydi. Amaliyot tahlili shuni koʻrsatdiki, baʼzan tergovchilar voqea joyini koʻzdan kechirish tergov harakatining muhimligini yetarli baholamaydilar. Voqea joyini koʻzdan kechirishda yoʻl qoʻyilgan shoshqaloqlik amalga oshirilgan hujumning yuzaki baholanishiga, izlar notoʻliq aniqlanishi va olinishiga, tergov harakatining samaradorligi keskin tushib ketishiga olib keladi. Ochiq joylarda talonchilik jinoyatlari sodir etilganida voqea joyini koʻzdan kechirish tergov harakati, jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangan- aniqlanmaganidan qatʼi nazar, har qanday hollarda oʻtkazilishi zarur [3]. Chunki aynan ushbu tergov harakati jinoyatni isbotlovchi dalillarni toʻplashda, jinoyatning koʻzga tashlanmagan holatlarini aniqlashda, voqea guvohlarini topishda alohida ahamiyatga ega. Xuddi shunday dalillarni tekshirish bilan bogʻliq muammolar sud amaliyotida ham kuzatiladi. Bu amaliy misol bilan koʻrishimiz ham mumkin. Jumladan, j
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена изучению принципа доказательство, непосредственного и устного исследования доказательств судебное расследование, в уголовном процессе.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена изучению принципа доказательство, непосредственного и устного исследования доказательств судебное расследование, в уголовном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- evidence, textbooks, articles, brochures and foreign experience and offers, theory of evidence, доказательство, доказывание, фактические сведения, судебное расследование, dalil, judicial investigation, sud tergovi, dalillarni tekshirish, factual information, proof, isbotlash, faktik ma’lumotlar, research of evidence, теория доказательств, dalillar nazariyasi, исследование доказательств
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025