К содержанию
РецензированоRU2021

Понятие искренности в межличностном общении

Sadokat MIRZAKAMOLOVA

Общество и инновации · 3 · 17-21 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: Самая элементарная функция любого общения – общение, обеспечение взаимного понимания собеседниками друг межличностное друга. Он начинается у узбекского народа с искреннего отношение, благородным видом приветствия с. Одной из самых этапы общения, элементарная функция уникальных и особенных черт узбекского народа общения. заключается в том, что когда кто-то входит в дом, то обязательно его встречает с открытым лицом, здороваются, спрашивают как у него дела, самочувствие. Характерно, что такое же прием мы ощущаем, когда идем на соболезнование. В статье рассматривается о концепция искренности в межличностном общении. Muloqot va shaxslararo munosabatlar – ijtimoiy psixologiyaning mavzusidir. Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni – jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot, aslida, juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; d) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; e) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; f) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; g) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni”. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida, har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi – suhbatdoshlarning o‘zaro bir- birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham 18 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta, ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, hol-ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakl- lantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilab ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, “mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluv- chanlik, hadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach, ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Самая элементарная функция любого общения – общение, обеспечение взаимного понимания собеседниками друг межличностное друга.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Самая элементарная функция любого общения – общение, обеспечение взаимного понимания собеседниками друг межличностное друга. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communication, discusses the concept of sincerity in interpersonal, элементарная функция общения, общение, этапы общения, muloqotning elementar funksiyasi, muloqot bosqichlari, shaxslararo munosabat, interpersonal relationships, stages of communication, muloqot, elementary function of communication, межличностное отношение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники