К содержанию
РецензированоRU2021

Интермодальные перевозки в международном частном праве

Izzatulla MURODULLAYEV · Kashkadarya Regional Law College · Keywords: -/© in Science LLC. · Geneva Convention · Export Credit Agency.

Общество и инновации · 3 · 496-503 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: Изучен понятие интермодальной перевозки в интермодальные международном частном праве и ее классификация, перевозки, Женевская конвенция о международных смешанных международные перевозках, исследовательская работа по нормам мультимодальные перевозки, перевозки в Республике Узбекистан, и взгляды и мнения Женевская конвенция, зарубежных ученых по данному вопросу. Предлагаются новые автомобильные и дополнительные предложения и рекомендации по анализу железные дороги, проделанной работы. авиаперевозки, транспортно- логистическая система, импорт-экспорт, транспортные коридоры, Экспортно-кредитное агентство. Xalqaro xususiy huquqda intermodal tashish tushunchasi va uning tasnifi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarning zamonaviy iqtisodiyotining yuzini transmilliy korporatsiyalar aniqlay boshladilar. Shunday qilib, XVIII asrda boshlangan ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayonlari, asosan, XX asr oxiri – XXI asrning boshlarida yakunlandi. Yuklarni tashish uchun intermodal texnologiyaning paydo bo‘lishi XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Turli transport turlaridan foydalangan holda yuklarni multimodal tashish bu butun yuklarni marshrut bo‘ylab tashishda ishtirok etadigan transport turlari majmui bo‘lib, ba’zi xorijiy manbalarda multimodal atamasi intermodal atamasiga to‘g‘ri keladi. Intermodal tushunchasiga turli xil adabiyotlar va xalqaro hujjatlarda ta’rif berib o‘tilgan. “Xalqaro multimodal tashish” atamasining eng ishonchli ta’rifi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1980-yilda “Xalqaro multimodal yuk tashish to‘g‘risidagi konvensiya”sining 1-moddasida keltirilgan: “Xalqaro multimodal transport – bir mamlakatning bir joyidan multimodal transport shartnomasi asosida kamida ikki xil transport turida tovarlar multimodal transport operatori tomonidan boshqa mamlakatda joylashgan joyga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yuk tashish”. Aralash transportda tashish deganda, transportning kamida ikkita turi ishtirok etadigan harakatlarni anglatadi, bunda transport shartnomasi tuzilganligi alohida ahamiyatga ega. Tashish uchun to‘lov yagona tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi va barcha tashish uchun javobgarlik, ko‘pincha, bitta shaxsga, yuklarni tashuvchiga yuklanadi. U multimodal transport operatori deb ataladi, chunki bu transport turi multimodal deb ham ataladi. Transport sohasida ishlatiladigan atamalar juda chalkash va standartlashtirishga muhtoj hisoblansa-da, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1980-yilda “Xalqaro multimodal yuk tashish to‘g‘risidagi konvensiya”sida “kombinatsiyali tashish” va “intermodal tashish” atamalari, ko‘pincha, yuklarni ikki yoki undan ortiq transport turlarida tashishni tavsiflash uchun bir-birining o‘rnida ishlatiladi, deyilgan. Xalqaro multimodal tashishni bitta transport hujjati va bitta transport stavkasi bo‘yicha bitta tashuvchining javobgarligi ostida amalga oshiriladigan bir nechta transport turlaridan tashish sifatida aniqlash odat tusiga kirgan bo‘lib, bugungi kunga qadar, iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda bunday tashish, ko‘pincha, “kombinatsiyalangan”, “aralash”, “intermodal” 497 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 deb nomlanadi. “Intermodal tashish” deganda, “tovarlarni o‘zgaruvchan rejimlarda ishlatmasdan, ketma-ket ikki yoki undan ko‘p transport turlaridan foydalanadigan bitta yuklash birligidagi yoki avtotransportda tovarlarning harakati” tushuniladi. “Kombinat- siyalangan tashish” deganda Yevropa tashishlarining asosiy qismi temir yo‘l, ichki va suv yo‘llari yoki dengiz orqali amalga oshiriladigan va avtomobil yo‘lida olib boriladigan har qanday boshlang‘ich yoki oxirgi tashish imkoniyati bo‘lgan intermodal transport tushuniladi. “Intermodal” atamasi 1980-yilgi “Oksford” inglizcha lug‘atida qayd etilgan bo‘lib, intermodalizm hatto o‘sha paytda ham hozirgi yangi tushunchadan uzoq edi. 1993-yilda bu atama “transport vositasi / konteyner tizimi, va hokazolarni ishlatadigan, moslasha oladigan yoki moslasha oladigan yoki ikki yoki undan ko‘p transport turlarida yetkaziladigan” deb o‘zgartirildi. Ammo 1999-yildagi lug‘at nashrida intermodalizmning ta’rifi “ikki yoki undan ko‘p turli xil transport turlarini o‘z ichiga olgan” , deya batafsilroq tavsif berish orqali yangilandi. Bugungi kunda “intermodal” atamasi yuklarni bir nechta transport turlarida intermodal yuklash punktlaridan eshikdan eshikkacha tashish (door– to–door transportation) tashish sifatida tushuniladi. Quyida intermodal tashishdagi turli xil tushunchalarga to‘xtalib o‘tamiz: Intermodal tashish quyidagi barcha tashish turlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Bunda yuklarni bir nechta transport vositalari orqali tashish deb ta’riflanadi: tashuvchilardan biri yuklarni jo‘natish punkti yoki portidan bitta yoki bir nechta punkt orqali oxirgi manzilgacha barcha tashishni tashkillashtirish majburiyatini oladi. Intermodal tashish – bu yukni (yuklarni) tarkibini qayta yuklamasdan, bitta yuk birligida yoki transpor

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Изучен понятие интермодальной перевозки в интермодальные международном частном праве и ее классификация, перевозки, Женевская конвенция о международных смешанных международные перевозках, исследователь…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Изучен понятие интермодальной перевозки в интермодальные международном частном праве и ее классификация, перевозки, Женевская конвенция о международных смешанных международные перевозках, исследователь… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2022 in Science LLC, intermodal tashish, eksport-kredit agentligi, Geneva Convention, транспортные коридоры, импорт-экспорт, Экспортно-кредитное агентство, import-eksport, транспортно-логистическая система, Export Credit Agency, international multimodal transport, new roads and railways, air transport, intermodal transport, xalqaro multimodal yuk tashish, авиаперевозки, transport karidorlari, новые автомобильные и железные дороги, yangi avtomobil va temir yoʻllar, международные мультимодальные перевозки, Jeneva konvensiyasi, transport-logistika tizimi, import-export, transport corridors, интермодальные перевозки, Женевская конвенция, aviaqatnovlar, transport and logistics system
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники